Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Терапия кулланма

3. 2) shamollashga qarshi va immunodepressiv vositalar (glyukokortikoid

gormonlar, delogil, plakvinil va b. immunodepresantlar-azatioprin).

Levamizol (dekaris)-nospesifik immunomodulyator, bo’g’iq fagosit va limfositlar

funksiyalarini normal holatga kelgunicha qayta tiklovchi immunostimullik

xususiyatiga ega. Levamizol tabletka ko’rinishida 50 yoki 150 mg dan ishlab

chiqariladi. U har xil sxemada qo’llaniladi: 1) 150 mg/s dan xaftada 3 kun; 2) 150

mg/s dan kunora; 3) 150 mg/s dan xaftada 1 marta. quvvatlovchi doza xaftasiga

100-50 mg dan. Emlew kursi davomiyligi 1 oydan 1 yilgacha.

Dispanserizasiya. Surunkali aktiv gepatit bilan og’rigan bemorlar dispanser

nazoratida bo’lishlari kerak, unda bemorning jismoniy va emosional zuriqishlarini

nazorat qilish va kasallikning klinik formasini ishlab chiqarish faoliyatini xisobga

olgan holda ishga joylashtirish, preparatlar bilan emlew kurslari 1 yilda 2-3

marta tavsiya qilinadi. Bemorni nazorat qilish va laboratoriya tekshiruvidan

utkazish har 3-4 oyda, immunodepressiya terapiyaning qullanishida esa oyda 1-2

marta.


Surunkali persistik (bezarar) gepatit. Bu kasallik Botkin keselliklerinin o’tkir

formasini eslatuvchi kabi birdan paydo bo’ladi yoki sekin-sekin rivojlanadi, xuddi

dastlabki surunkali kasalliklarga uxshab. Kasallikning avj olishiga har xil omillar;

jismoniy va ruxiy zo’riqishlar, insolyasiya yoki sovib ketish, jarroxlik

operasiyalari, dorilarni kutar olmaslik, interkurrent infeksiyalar, parxezni buzish,

kortikosteroid terapiyaning tuxtatilishi, fizioterapiya, kurort faktorlari,

xomiladorlik va x.k. sabab bo’ladi. SPG kasallikning kam residiv va remissiya

davri bilan harakterlanadi, Bu davrda bemorlar tuliq ishlash faoliyatlarini saqlab

qoladilar.

Ko’zdan kechirish: teri qatlami och kulrang-sarqish tusda bo’ladi, ba'zida

pigmentli doqlar bilan qoplanadi, sariq kasalligi odatda, intensiv Bulmaydi, ba'zida

teri qichishishi ko’zatiladi. Palpasiya: jigar shishgan, chetlari normal yoki

taranglashgan, og’riqli bo’lishi mumkin, usti silliq, taloq barmoqqa kam seziladi.

Hamshira diagnozi: ko’ngil aynash, qusish,oqizda achchiq maza, kekirish, betartib

ich ketish, gepatomegaliya, gipertermiya.

Qo’shimcha tekshirish usullari: UTT, qon-giperbilirubinemiya (tuqri reaksiya).

Jarayon avj olganda: umumiy holati yomonlashishi, kamquvvatlilik, sariqlik

paydo bo’lishi yoki avj olishi, talvasaga tushish, dispepsik buzilishlar, ozish,

meteorizm o’ng qovurqa ostida og’riq, jigarning va, ba'zida, taloqning ham

kattalashishi tipik holat xisoblanadi. Laboratoriya kursatkichlari: transaminazalar

va aldolazalar aktivligining kutarilishi, holinesterazalar aktivligining bir tekis

pasayishi, timol va sulema probasining o’zgarishi, keyinchalik alfa-2 darajasi va

gamma-gloBulin, fibrogenlarning kutarilishi, albumin fraksiyasining kamayishi,

giperproteinemiyaga moyillik aniqlanadi.qon plazmaida temir va bilirubin darajasi

oshadi. Davomiyligi uzoq-20 yilgacha.

Natija - odatda yaxshi tugaydi, lekin ba'zida yoqli distrofiya yo’z berishi mumkin.

Emlew ozgeshelikleri: rejim - yengillashtirilgan va chegaralangan jismoniy va

ruxiy faoliyat. 8-9 soatlik yaxshi uyqu va tinch sharoit. Kasallik avj olganda

stasionar davo. Dieta. Xuruj davrida -parxez № 5 yoki 5-a. Aktiv Bo’lmagan

davrda umumiy stol-parxez №15, alkogol va yoqli gusht ta'qiqlanadi ovqatlanish

4-6 marta. Dori terapiyasi. Aminotransferazlar, timol namunalar aktivligi

oshganida 0,25-0,5 g/s li delagil 20-40 kun davomida qaBul qilinadi. V vitaminlar

guruxi, askorbin kislotasi, kokarboksilaza va b. Davomiyligi 20-30 kundan yiliga

1-2 marta; Legalon (korsil) -kuniga 1-2 drajedan 3 maxal ovqatdan so’ng, 1-3 oy.

Asoratlari: allergiya-teri qichishishi, qichitqi.

Liv-52-kuniga 1-2 drajedan 3 maxal 30-40 kun davomida.

Jigar gidrolizati -ripazol, progenar, seripar, 5-10 ml dan flakonlarda ishlab

chiqariladi, teri ostiga 5 mg/s dan yuboriladi, 20-30 dona. Jigarda aktivlik yoki

dekompensasiya jarayonida qabul qilish man etiladi.

Dispanserizasiya. Har yili vitamin B guruxi 20-30 kun tavsiya etiladi. Dastlabki 2

yilda har 4-6 oyda 1 marta, remissiya davrida yilda 1-2 marta utkaziladi.

Surunkali holestatik gepatit - jigar xujayralarining ut ajratish funksiyasining

bo’zilishi natijasida kelib chiqadigan jigar Ishki holeztazi bilan harakterlanadigan

patologik jarayondir.

Klinika: odatda, holesistit va holangit simptomlari seziladi: o’ng qovurqaostida

og’riq, u o’ng tomon kukrak qafasiga tarqaladi, parxez bo’zilganda kuchayadi

(achchiq, yoqli, hamir ovqatlar), haroratning kutarilishi, dispepsik Bo’zilishlar

(ishtaxaning o’zgarishi, ko’ngil aynash, qusish, ich ketish), sariqlik, qichima

bo’lishi mumkin, nisbatan bezarar kechadi.

Ko’zdan kechirilganda: har xil tezlikda kechuvchi sariq kasalligi, terida taram-

taram tirnalgan izlar ko’rinadi. Paypaslaganda jigar 1,5-3 sm kattalashgani,

og’riqli, qattiq bo’ladi.

Hamshira diagnozi: og’riq, gipertermiya, sariqlik, dispepsik sindrom.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: UZI, laboratoriya usullari: leykositoz, EChTning

ko’payishi, formulaning chapga surilishi. Jigar funksional sinamalari kechroq-

billiar sirrozga utayotganda bo’ziladi. qonda bilirubin kutariladi.

Davomiyligi: 15-20 yil va billiar sirrozga utishi extimoli bor.

Emlew ozgeshelikleri: parxez, ut xaydovchi, spazmolitiklar, avj olganda

antibiotiklar va aktiv gepatitda qullangan tavsiyalar.

Surunkali o’t pufagi yalliqlanishi. Ovqat xazm qilish sistemasi xastaliklari bilan

og’rigan bemorlarga nisbatan surunkali holesistit bilan og’rigan bemorlar 30-38 %

ni tashkil etadi.

Etiologiya: 1) ut-tosh kasalligi; 2) achchiq yoki yoqli ovqat yeyish; 3) og’ir narsa

kutarish; 4) silkinmoq (piyoda va transportda); 5) oshqozon va oshqozon osti

bezlarining yalliqlanishi.

Klinika: og’riq-tiykargi simptom. Og’riqning tarqalish strukturasini, lokalizasiya,

irradiasiya, harakteri va sabablarini batafsil surab bilib olish kerak (qusish,

haroratning kutarilishi, sariq kasalligi, ich ketish). Surunkali holesistitda og’riq

o’ng qovurqaosti, ba'zi hollarda bir vaqtda kukrak osti soxasiga o’tadi. Surunkali

holesistitda dastlab og’riq o’ng kurak, o’ng yelka, o’ng qovurqalar ostida seziladi.

Og’riq o’ng kurakka, umrovga, yelka muskullari, kam hollarda chap qovurqa

ostiga o’tishi mumkin.

Hamshira diagnozi: og’riq, ko’ngil aynash, qusish, kekirish, betartib ich ketish,

talvasa.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: qonda - leykositoz, EChTning oshishi, duodenal

zondlashda -2 ta porsiyada leykositlar miqdorining oshishi kuzatiladi.

Jigar sirrozi

Jigar sirrozi - surunkali jigar yalliqlanishi kasalligi, gepatositlarning o’lishi,

regenerasiya tugunlarining rivojlanishi, biriktiruvchi to’qimalarning tez

rivojlanishi, arxitektonikaning bo’zilishi, jigarda funksional yetishmovchilikka

olib keladi hamda boshqa a'zo va sistemalarni zararlaydi. Jigar sirrozi-jigarning

surunkali rivojlanib boradigan kasalligi. Jigar parenximasining distrofiyasi va

nekrozi hamda uning bir qismini biriktiruvchi to’qimaga almashinishi bilan

ifodalanadi. O’tkir virusli gepatit (jigar yalliqlanishi), alkogol, turli kimyoviy

moddalardan surunkali zaharlanish, oziq ovqatda vitamin va oqsil yetishmasligi,

ba'zi dorilarni ko’p miqdorda iste'mol qilish jigar sirroziga sabab bo’ladi.

Klinika kasallikning kechishi bosqichiga qarab: 1-bosqich-boshlanqich yoki

kompensasiya bosqichi. Minimal ko’rinishda jigar strukturasining o’zgarishi. O’ng

qovurqa ostidagi og’riqdan shikoyat: simillagan og’riq to’lqinsimon tarqaluvchi,

meteorizm, ozib ketish, astenizasiya.

Kurikdan utkazilganda: holati qoniqarli, teri qatlamining rangparligi, palmar

eritema. Palpasiyada: jigar kattalashgan, tarang, bir oz og’riqli, chetlari O’tkir,

portal gipertenziya sindromi simptomlari bo’lishi mumkin: oyoqning pastnozi,

assit (sezilmaydigan), splenomegaliya (sezilmaydigan).

Laboratoriya kursatkichlari: normal.

Davomiyligi: bir necha oydan bir necha yilgacha.

2-bosqich - bunda jigarning tiykargi funksiyalari bo’zilgan. Holsizlik kuchayib,

o’ng qovurqaostida og’riq zurayadi, dispepsik bo’zilish avj oladi, gemorragik

sindrom (burundan, bachadondan, bavosildan, qizilo’ngach venalaridan qon

ketish), teri qichishishi, asteniya (depressiya, serjaxllik, tajovo’zkorlik), endokrin

sistemasi funksiyasining bo’zilishi (dismenoreya, amenoreya, bola tashlash bo’lishi

ham mumkin), talvasa. Jigar kattalashgan, tarang, portal gipertenziya ko’rinishi:

assit, "medo’za boshi", bavosil (gemorroy), oyoqning shishishi, splenomegaliya

mavjud.


Hamshira diagnozi: 1-bosqichda: o’ng qovurqaostida og’riq, tulqinsimon,

meteorizm, ozib ketish, asteniya, gepatomegaliya, splenomegaliya, assit; 2-

subkompensasiya bosqichida: keskin darmonsizlik, o’ng qovurqa ostida og’riq,

dispepsik buzilishlar (ko’ngil aynash, qusish, giporeksiya), gemorragik sindrom

(burundan, bachadondan, bavosildan, qizilo’ngachning kengaygan venalaridan qon

ketishi), teri qichishishi, depressiya, serjaxllik, tajovo’zkorlik, dismenoreya,

amenoreya, sariqlik, palmar eritema, teleangiektaziya, "baraban tayoqchalari"

sindromi, gipertenziya, assit, "medo’za boshi", bavosil, oyoqning shishi,

gepatomegaliya, splenomegaliya. 3-bosqichda: qonning quyulmasligi,

qizilo’ngachdan, bavosildan qon ketishi, splenomegaliya, ich qotish, meteorizm,

anoreksiya, karaxtlik, holsizlik, kundo’zi uyquchanlik, kechasi uyqusizlik, kuchli

teri qichishishi, serjaxllik va x.k.

Laboratoriya kursatkichlari: trombositopeniya, limfopeniya, EChT-50

mm/soatgacha, gamma-globulin miqdorining kutarilishi, barcha chukma

namunalar ijobiy, fermentlar aktivligi 1,5 barobarga oshgan, giperbilirubinemiya.

3-bosqich dekompensasiyada. Parenximatoz sindromi va tomir yetishmovchiligi

tiykargi sindromlardir; portal gipertenziya sindromi-shishi sindromi, assit,

gemorragik sindrom (qonning quyulmasligi, qizilo’ngachdan, bavosildan,

bachadondan, oshqozondan qon ketishi va x.k), bakteriyalar sindromi. Yuqumli

septik alomatlar bo’lishi mumkin. Og’ir jigar nekrozi, jigar-xujayralari

yetishmovchiligi va koma holatlari ham bo’lishi mumkin.

Asoratlari: jinsiy zaiflik: tireoidit, osteomalyasiya, osteoporoz (vitamin D va kalsiy

yetishmasligi oqibatida suyaklar murtlashib, tez sinishi).

Oqibati: o’lim.

Biliar sirroz: jigar ichidagi holestaz tiykargi sababdir. Bu surunkali holestatik

gepatit asosida rivojlanadi.

Klinika: o’ng qovurqa ostida og’riq, ko’ngil aynashi, ut bilan qusish, oqizda

achchiq ta'm, meteorizm, ich surushi, ishtaxaning qochishi, teri qichishishi, talvasa.

Teri va ko’z oq pardasining sarqayishi ko’zatiladi, kasallik avj olganda bu rang

tuqlashadi. Terida taram-taram qashilgan izlar, ksantomalar va ksantelazmalar

ko’rinadi. Palpasiya qilinganda jigar kattalashgan, og’riqli, jigar chetlari o’tkir,

ustki qismi silliq. Taloq ham kattalashishi va portal gipertenziya ko’zatilishi

mumkin.

Hamshira diagnozi: og’riq, teri sariqligi, ko’ngil aynashi, qusish, meteorizm, teri

toshmasi, betartib ich ketish.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: qon leykositoz, EChTning ortishi.

Emlew ozgeshelikleri: surunkali holestatik gepatit singari.

Jigar-xujayralarida yetishmovchilik sindromi

Jigar-xujayralarida yetishmovchilik sindromi (Koma holati). Jigar komasi

jigarning O’tkir va surunkali kasallanishi, xujayralarning yoppasiga nekroz

bo’lishi, shuningdek, jigar xujayralarida boshqa patologik jarayonlarning kechishi

oqibatida sodir bo’ladi.Fosh qiluvchi faktorlar: jigar funksiyasini bo’zuvchi

faktorlar: alkogolni suiste'mol qilish, qon ketishi, har xil dorilarni qabul qilish

(opiatlar, morfin, barbituratlar va x.k.) Og’ir asidozni ammoniy xloridni qabul

qilish keltirib chiqaradi. Dietada oqsillarning keragidan ortiq bo’lishi, ayniqsa,

jigar sirrozi bilan og’rigan bemorlarda dekompensasiya jarayonining portokaval

anastomozlar bilan kechishi koma holatining rivojlanishiga olib keladi.

Klinik ko’zatuvda yana boshqa faktorlar ham ko’zatiladi: asabiy xayajon, yuqumli

kasalliklar, jarroxlik operasiyalar, notuqri ovqatlanish.

Klinika: kichik gepatargiya va katta gepatargiyani ajratish zarur. Gepatargiya-jigar

yetishmovchiligidan kelib chiqadigan klinik sindrom bo’lib, prekoma holati

xisoblanadi. Gepatargiya o’tkir va surunkali gepatit, jigar sirrozi, raki,

organizmning gepatotrop zaharlar (benzol, ftorotan, zaharli zamburuqlar) va ba'zi

bir dori moddallari (parasetamol, antibiotiklar, aminazin) bilan zaharlanishi

oqibatida kelib chiqadi. Jigar xujayralari total nekrozga uchraydi. Bemor

alaxsiraydi, qayt qiladi, boshi og’riydi, terisi sarqayib, yurak urishi tezlashadi. va x.

bemorning axvoli og’irlashib, jigar komasi yo’zaga kelishi mumkin. Uning asosida

organizmni o’z-o’zini zaharlashi; fikrlash qobiliyatining pasayishi, eyforiya, ba'zan

depressiya va apatiya, kayfiyatning o’zgaruvchanligi, uyquning bo’zilishi, ongning

bo’zilishi, qulning bilinar-bilinmas qaltirashi, nutqning bo’zilishi, gallyusinasiya,

kundo’zgi uyquchanlik, keyin katta gepatargiya, es-xushini yuqotish darajasidagi

toliqish(koma)holati. Reflekslar pasayadi, patologik reflekslar paydo bo’ladi.

Harakatlanishda betoqatlik, klonik shaytonlash. Kussmaul nafas tipi ko’zatiladi.

Siydik va axlatni ushlolmaslik. Og’izdan jigar xidi kelishi, keyin gemorragik diatez

belgilari - milklar va burun qonashi, oshqozon-ichak tarktidan qon ketish va x.k.

Jigar kattalashishi yoki kichiklashishi mumkin.

Hamshira diagnozi: eyforiya, depressiya, apatiya, kayfiyatning o’zgaruvchanligi,

uyquning bo’zilishi, qo’l qaltirashi, nutqning bo’zilishi, gallyusinasiya, ongning

xiralashishi, Kussmaul nafasi, og’izdan jigar xidi kelishi, milk, burun, oshqozon-

ichak traktida qon ketishi, sariqlik, anemiya, leykositoz va x.k.

qon tekshirilganda: anemiya, leykositoz, EChTning ortishi, protrombin,

fibrogenlarning kam miqdordaligi, bilirubinning ko’p miqdordaligi, azot chukmasi;

giponatriemiya, gipokoliemiya, o’lim muqarrar.

Buyrak va siydik chiqqaruvchi sistemalarning kasallik sindromi

Buyrak parenximiyasining o’tkir isiniw sindromi.

O’tkir diffuz glomerulonefrit (O’GN) Bu ikkala buyrakning yuqumli-allergik

omilli yalliqlanish bo’lib, bunda nefron apparati koptokchasi zararlanishi bilin

kechadi. Glomerulonefrit- buyrak koptokchalari va to’qimasining yalliqlanishi:

angina, tish kariesi yoki shamollashdan keyin rivojlanadi. Belgilari: belda og’riq

Bo’lib, harorat kutariladi, siydik kam ajralib, rangi o’zgaradi. Badanda shishlar

paydo bo’ladi.

Etiologiya: O’tkir glomerulonefritning kelib chiqishiga ko’pincha angina, tonzillit,

yuqori nafas organlari kasalliklari sabab bo’ladi. Streptokokkning

glomerulonefritdagi roli uning streptokokk kasalliklaridan keyin kelib chiqqan

nefritning paydo Bo’lishini tasdiqlaydi. Lekin streptokokk yagona etiologik faktor

emas. O’GN pnevmoniyadan so’ng ham rivojlanishi mumkin (streptokokk,

pnevmokokk), ich terlama va toshmali terlama, difteriya, brusellyoz. Ba'zi

tadqiqotchilar nefritning virusli etiologiyasini ham kursatadilar. Eng tiykargi faktor

bu organizmning shamollashidir. Odatda, bemor angina, faringit yoki boshqa

yuqumli kasallikdan to’zalgandan keyin o’zini soppa-soq deb xisoblaydi.

Xaqiqatda esa O’GNning yashirin holati vujudga keladi.

Yashirin davrning tugashida bemorda holsizlik, chanqov, siydik ajralishining

kamayishi, ertasi kuni esa yuzlarning bo’rtishi paydo bo’ladi. Ko’pincha bemorlar

bosh og’riqiga, havo yetishmasligi yoki bo’g’ilishdan shikoyat qiladilar, siydik

rangining o’zgarishi "gusht yuvindi rangi"o’xshashi xosdir. O’GNning klinik

ko’rinishini 3 sindromga bo’lish mumkin: shish, buyrak gipertoniyasi, siydik

sindromi 70-90%.

Shishlar kelishi O’DG ning tez-tez uchraydigan simptomi xisoblanadi.

Buyrak gipertoniyasi (70-87%) qon bosimining koteriliwi, odatda, kasallikning

og’irligiga qarab har xil darajada bo’lishi mumkin. Odatda, sistologik bosim180

mm. s.u. gacha kutarilishi, diastolitik esa 115-120 mm s.u. gacha bo’lishi mumkin.

Puls tekshirilganda, bradikardiya, qon bosimining kutarilishi va karotid sinusli

baroreseptorlar reflektor qitiqlanishida kelib chiqadi. Tomir urishi qattiq va tula.

Ko’p hollarda gemodinamik bo’zilishlar, natriy va suvning ushlanib qolishi

natijasida qon sirkulyasiyasi xajmining oshishiga olib keladi, Bu bemorlarda

ortiqcha suyuqlik-shish 7-9 litrgacha bo’lishi mumkin. Bunday hollarda qon

bosimining kutarilishi yurak charchaydi, yurak bushliqining kengayishi va qon

aylanishi doirasida etishmovchilik kuzatiladi. Qon aylanishining buzilishi

natijasida taxikardiya, nafas siqish, sianoz, ortopnoe: okpe auskultasiya qilinganda

nam xirillash ko’zatiladi.

Hamshira diagnozi: har xil darajadagi tana shishishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi,

yurak soxasida og’riq, nafas siqishi, sianoz, gepatomegaliya, taxiakardiya yoki

bradikardiya.

Hamshira rejasi: parvarish va ko’zatishni tashkil etish, shifokor tavsiyalarini

bajarish, mutaxassis maslaxatlari va qo’shimcha tekshiruv usullariga tayyorlash.

Hamshira rejasini amalga oshirish: bemorni ko’zatish va parvarish qilish,

shifokor tavsiyalarini o’z vaqtida bajarish, qo’shimcha tekshiruv usullariga

tayyorlash, dorilarni o’z vaqtida tarqatish, in'eksiya va tomchilarni o’z vaqtida

yuborish, bemorni tor mutaxassislar maslaxatiga tayyorlash.

Rentgenologik tekshiruvda-yurak soyasining chap va o’ngga kengayishi. EKG-

tishchalar voltajining pasayishi, intervalning ko’payishi R-Q (A-V blokadaning 1

darajasi), T tishchalarning zichlashishi va 2 fazaliligi. Ko’z tubi tekshirilganda, qon

bosimi doim oshib yuruvchi bemorlarda arteriyalarning torayishi va ba'zi

venalarning kengayishi ko’zatiladi. Siydik laboratoriya tekshiruvidan

o’tkazilganda: diurez, odatda, kamaygan, lekin zichlashish baland - 1,020 va undan

yuqori. Proteinuriya-kasallikning birinchi kunlaridan seziladi. Oqsil miqdorini 1%

dan yuqori, ba'zida 5-12 %. Oqsilni yuqotish sutkasiga 3 g ni tashkil etadi.

Asoratlari: 1) oligoanuriya kasalligning o’tkir fazasi o’tkir buyrak

yetishmovchiligining rivojlanishi bilan kechadi. Kasallikning birinchi kunlarida:

oligoanuriya qancha uzoq cho’zilsa, qon plazmaida azot va uning fraksiyalari

chukindilarining shuncha ko’p miqdorda bo’lishiga sabab bo’ladi. Agar

oligoanuriya 8 kundan ortiq davom etsa, Bu yomon oqibatlardan darak beradi.

2) O’tkir chap qorincha yetishmvochiligi (yurak astmasi va okpe shishishi):

3) Buyrak eklampsiyasi (ensefalopatiya): yuqori arterial qon bosim, miya Ishki qon

bosimi oshishi, miyaning shishi.

Profilaktika - halqum, bodomsimon bez, sinusit, teridagi yuqumli streptokokklarni

o’z vaqtida emlew, organizmni chiniqtirish.

Emlew:


1) yotoq rejimi

2) parxez № 7 (suv va to’zni keskin chegaralash)

3) medikamentoz terapiya: a) yurak yetishmovchiligida glikozidlar; b) gipotenziv

vositalar (dibazol, papaverin); v) eklampsiyaning boshlanqich simptomlarida qon

chiqarib tashlash, magniy sulfat eritmasi, aminaz eritmasining 2,5 % 25-50 mg li

eritmasi, ganglioblokatorlar, 40 %li glyukoza eritmasini 200-250 ml dan venaga

yuborish, vitaminlar V, Ye, S, R; g) desensibilizasiya terapiyasi (kalsiy glyukonat,

dimedrol, suprastin). Agar arterial qon bosimi 3 oydan yuqori bo’lsa va gematuriya

va protenuriya 6 oy davom etsa kasallik surunkali formaga o’tgan xisoblanadi.

Buyrak parenximasining surunkali isiniw sindromi

Buyrak parenximasining surunkali isiniw sindromi (SGN). SGN - uzoq

davom etuvchi, aktiv, buyrak keselliklerinin ikki yoqlama diffo’z aktiv

immunologik yalliqlanishi bo’lib, natijada koptokchalarning o’limiga olib keladi.

Bunday o’zgarishlar esa buyrak faoliyatining pasayishi, arterial gipertoniyaning

rivojlanishi buyrakning qovjirashi va buyrakning surunkali yetishmovchiligiga olib

keladi.


Etiologiya: ko’p hollarda SGN davolanmasagan tuqri o’tkir glomerulonefritning

oqibatida kelib chiqadi. Bunda makroorganizmning surunkali zaharlanishi

autoimmun o’zgarishlaryo’zaga keladi.

Klinika. SGN ning yetakchi simptomlaridan: shish, buyrak gipertoniyasi, siydik va

buyrak faoliyatining bo’zilishi. Xozirgi vaqtda XGNning quyidagi klinik turlari:

1) nefrotik (albuminuriya, shishlar);

2) gipertonik turi;

3) aralash;

4) latent.

Nefrotik turi: siydikda oqsil miqdorining (giperproteinuriya) ko’pligi bilan

harakterlanadi, plazmada oqsil miqdorining kamayishi (gipoproteinemiya),

holesterin ko’payishi(giperholesterinemiya) (18-25 mmol/l) va umumiy shishlar,

yo’zda, teri osti qavatida, xatto og’iz bo’shliqida ham total shishlar paydo bo’ladi.

Buyrakda yalliqlanish belgilari paydo bo’lishi mumkin: buyrakning filtrlash

funksiyalarining susayishi, arterial qon bosimining kutarilishi ko’zatiladi.

Gipertonik turi: Bunda arterial gipertoniya uzoq davom etuvchi sindrom Bo’lib,

siydik va shish sindromlari kam darajada ko’zatiladi. EKGda chap qorincha

gipertrofiyasi belgilari paydo bo’ladi. Yurak auskultasiyasida 1 tonning yuqori,

baland eshitilishi va aortada 2 ton aksenti eshitiladi. Turqun diastolik bosim juda

ham harakterli belgi xisoblanadi. Okulist kuruvida ko’z tubining sust neyroretinit

ko’rinishi arteriyalarning torayishi bilan bog’liq.

Aralash forma: Bu formada ham nefritik, ham gipertonik formalar ko’zatiladi. Bu

og’ir forma xisoblanadi.

Latent kechuvchi turida: klinik belgilar bulmasdan faqat arterial qon bosim

130/100, 200/120 bo’lishi bemor shikoyatisiz aniqlanadi, siydik sindromining sust

ko’rinishi bilan ifodalanadi.

SBEning terminal formasi: SBEning uremiya ko’rinishida kechadi. Uremiya-

Buyrak faoliyati bo’zilishi tufayli organizmning siydik bilan zaharlanishi.

Uremiyada buyrak suv-to’z almashinishi bo’zilishi natijasida, kislota-ishqor

muvozanatini rostlay olmay qoladi, oqsil almashinuvining zaharli maxsulotlari

tuplanadi, nerv-gumoral regulyasiya ham o’zgaradi, bu esa organizmdagi barcha

organ va sistemalar faoliyatining bo’zilishiga olib keladi.

O’tkir va surunkali uremiya farq qilinadi. Uremiyada bemorni loxaslik,

quvvatsizlik, tez toliqish, bosh og’riqi, uyqu bo’zilishi, ishtaxa yuqolishi, xotira

pasayishi ko’zatiladi, teri qurishib qichishadi, bemor tez-tez tashna Bulaveradi,

ozib ketadi: ayrim organlardan qon ketadi, ko’z xiralashadi, oldi olinmasa uremik


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin