Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Терапия кулланма

Hamshira diagnozi: og’riqlar, nordon kekirish, ko’ngil aynashi, darmonsizlik,

adinamiya, bosh og’riqi, vegetoasteniya.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: duodenofibroskopiyada yalliqlanish, atrofiya,

eroziya va shilliq osti gemorragiyalarni ko’rsatadi.

Rentgenologik tekshiruvda shilliq parda relefi va ichak konto’rining o’zgarishi,

evakuator-motor funksiyalarining bo’zilish simptomlari ko’rinadi.

Kasallikning kechishiga ko’ra-remissiya va zurayish fazasiga ajratiladi.

Asoratlari - yarali va eroziyali formalarida qon ketishi.

Emlew ozgeshelikleri: xuruj qilganda parxez № 1 tayinlanadi; sedativ preparatlar

(natriy yoki kaliy bromid, valeriana, seduksen, trioksazin), spazmolitiklar (atrofin

sulfat, beladonna, platifillin gidrotartrat, spazmolitin, metasin, no-shpa), antasidlar

(vikamin, natriy gidrokarbonat, kalsiy karbonat, almagel, fosfalyugel, Burje

aralashmasi), 12-barmoqli ichak shilliq pardasi qarshiligini kuchaytiruvchi

(nerobal, retabolil, metilurasil, DOKSA, likviriton, vitaminlar).

Surunkali ingichka ichak yallig`lanish sindiromi - surunkali enterit

Etiologiya: surunkali enterit xilma-xildir: ular 1) alimentar bo’zilishlar; pala-

partish ovqatlanish, alkogolizm 2) qurqoshin, simob, fosfor, mishyak birikmalari

bilan surunkali zaharlanish, 3)dorilardan zararlanish; 4) oziq-ovqat allergiyasi; 5)

parazitar zararlanish; 6) radiasiyadan zararlanish; 7) tuqma enzimopatiyalar

zararlanishi.

Klinik ko’rinishi: u har xil ko’rinishdagi simptomlar bilan harakterlanadi.

Og’riqlar doim bulmay, simillab yoki spastik harakterda, kindik atrofida tuxtaydi,

aynan qorin barmoq bilan tekshirilganda unda og’riq seziladi (birmuncha chapda,

kindik tepasida Porges simptomi),qatqorinning ingichka ichagida og’riq

(Shternberg simptomi). Tananing silkinishi, harakat qilishidagi og’riq perivisserit

simptomlari bo’lishi mumkin.

Surunkali enterit asosan ko’p hollarda; 1) enteral dispepsiya sindromi; 2) enteral

koprologik sindrom; 3) surilish yetishmovchiligi sindromi, Bu poligipovitaminoz,

anemiya, shuningdek, har xil Ishki organlarda distrofik o’zgarishlar oqibatida sodir

bo’ladi.

1. Enteral dispepsiya sindromi dispepsik shikoyatlar: ichaklarda og’irlik xis

qilish, qorin shishishi va dam bo’lishi, qorin quldirashi, , Bu ichakda ovqat xazm

qilish va surilish qorindan ovoz chiqishi paytida, ichak ichidagi axlat chiqib ketishi

sekinlashuvi oqibatida sodir bo’ladi. Enteritning og’ir holatida ovqatdan so’ng

demping sindromini eslatuvchi holat paydo bo’ladi.

2. Enteral koprologik sindrom: tez-tez (sutkada 15-20 martagacha) butqasimon,

xazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari bor, lekin shilimshiqlar ko’rinmaydi, ko’pincha

qulansa, xidli, ko’pikli ko’rinishda ich keladi. Unga polifekaliya harakterlidir:

axlatning umumiy miqdori sutkada 1,5-2,0 kg. gacha yetishi mumkin.

3. Surilish yetishmovchiligi sindromi bemorning ozib ketishi (og’ir hollarda

kaxeksiyagacha) ko’zatiladi, umumiy holsizlik, darmonsizlik, ishlash

qobiliyatining pasayishi aks etadi.

Laboratoriya tekshiruvlaridan gipoproteinemiya, gipoholesterinemiya, anemiya:

temir tanqisligi (temir surilishining bo’zilishi oqibatida) yoki V-12 ning

yetishmasligi anemiyasi; qonda rang kursatkichi normal bulgan aralash anemiya

ko’rinishda aniqlanadi.

Kam hollarda gipovitaminoz holati: terining quruqligi, angulyar stomatit, soch

tukilishi, tirnoqlarning sinuvchanligi, polinevrit, "shapkurlik" ko’zatiladi.

Enteritning og’ir ko’rinishida yurak muskullari, jigar, buyrak va boshqa a'zolarda

distrofik o’zgarishlar ko’zatiladi.

Hamshira diagnozi: ich ketish, ko’p ich ketish, ko’ngil aynashi, qorin soxasida

og’riqlar, meteorizm, terining quruqligi, tirnoqlarning sinuvchanligi, soch tukilishi

va x.k.


Qo’shimcha tekshiruv usullari: laborator (qon, axlat), instrumental-rentgenologik:

bariyli suyuqlikning ingichka ichakdan tez utib ketishi, ba'zida shilliq pardaning

shishib yuqonlashgan burmalari; og’ir hollarda atrofiya jarayonlari ta'sirida

ularning silliqlanishi ko’zatiladi.

Emlew ozgeshelikleri: № 4-4a parxez stoli tavsiya qilinadi, remissiyaning

kengaygan va avj olgan bosqichida esa uta kuchli parxez qilinadi. Ovqat rasioni

oqsillar miqdoriga yetarlicha boy bo’lishi kerak (130-150 g). qiyin eriydigan mol

yoqlari ta'qiqlanadi, xuruj davrida yoqlar miqdori vaqtincha 60-70 g gacha

kamaytiriladi. Kundo’zgi rasionda uglevodlar miqdori 400-450 g gacha, lekin

klechatka miqdori ko’p bulgan maxsulotlarni chegaralash lozim. Disbakteriozni

bartaraf etish uchun eubiotiklar: kolibakterin, bifi-2 dumbakterin, bifikol, xilak-

forte tavsiya etiladi. Enterit avj olganda: intestopan, meksaform, meksaza, xazm

qildiruvchi ferment preparatlar: abomin, panzinorm, festal va x.k. tavsiya etiladi.

Yo`g`on ichakning yallig`lanish sindromi

Yo’g’on ichakning isiniw sindromi - surunkali kolit, ovqat xazm qilish

organlarining ko’p uchraydigan kasalligidir.

Etiologiyasi juda xilma-xil. Etiologiya tamoyiliga ko’ra; 1) yuqumli kolitlar, ularni

ichak infeksiyalari (salmonellalar, ba'zida sil mikobakteriyalari) chaqiradi.

2) kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’lar koliti (kam uchraydi);

3) protozoy kolitlar, amebiaz qo’zqatuvchilari tufayli paydo bo’ladi;

4) parazitar kolitlar (gelmintoz);

5) "alimentar" kolitlar, ovqatlanish rejimini va kundalik parxez ovqatlanishni qupol

bo’zish oqibatida yo’zaga keladi;

6) "yondosh" kolitlar, ular surunkali axilik gastrit, pankreatit va x.k. bilan birga

kechadi;

7) toksik kolitlar, ekzogen intoksikasiyaning uzoq kechishidan paydo bo’ladi;

8) allergik kolit, u ovqat allergiyasidan kelib chiqadi;

9) yuqon ichak devorlarining mexanik qo’zqatilishi oqibatida (ich qotish,

koprostazlar, o’sma tufayli ovqat utishi torayishida, bushashtiruvchi xuqna

(klizma)larning ko’p qilinishida) kelib chiqqan kolitlar;

10) medikamentoz kolitlar - norasional va vrach tavsiyasisiz antibiotik dorilar

qabul qilish, disbakteriozning rivojlanishi.

Klinik ko’rinishi: tiykargi sabablardan biri bu ich ketishning o’zgarishi: ich ketishi

kuniga 2-3 martadan 10-15 martagacha yoki ich qotish. Ichakning yetarli darajada

bushamaganligi, kam miqdorda bo’tqasimon yoki suyuq shilimshiqli axlatning

ajrashi ichakning tuliq bushashiga xalaqit beradi.

Surunkali kolitning tez-tez uchraydigan simptomlari, bu qorindagi simillab og’rish

bo’lib, ko’pincha qorinning yon va pastki qismlariga tarqalmaydi, balki ovqat

iste'mol qilingandan so’ng va xojatdan oldin og’riq kuchayadi.

Proktit (tuqri ichakning yalliqlanishi) avj olganda og’riqli tenezmalar paydo bo’lib,

defekasiyadan so’ng ham og’riq saqlanib turishi mumkin. Og’riq tozalovchi klizma

paytida paydo bo’lib, issiq qilinganda (grelka, kompress), holino va spazmalitiklar

qabul qilinganda tuxtaydi. Bemorlarning umumiy holati unchalik

yomonlashmaydi, lekin holsizlik, umumiy darmonsizlik, ishlash qobiliyatining

pasayishi, astenonevrotik sindrom (serjaxllik, yiqloqilik, yomon uyqu va x.k.)

bo’lishi mumkin.

Og’ir kolitning uzoq davom etishi bemorning ozishiga sabab bo’ladi. Palpasiya

qilinganda, yuqon ichak proeksichsida og’riq, taranglik, tortishgan joylar

aniqlanadi. Koprologik tekshiruvlarda: ko’p miqdordagi shilliq, leykositlar, ba'zida

eritrositlar chiqadi.

Kolonoskopiya juda katta ma'lumot beradi, Bu esa yuqon ichakning shilliq

pardasini va uning harakterini, morfologik o’zgarish darajasini, eroziya va

yaralarni aniqlashga yordam beradi,qon taxlil qilinganda: urtacha leykositoz,

EChTning tezlashishi.

Emlew ozgeshelikleri: kasallik xuruji davrida tez-tez va oz-ozdan Bo’lib

ovqatlanish (sutkasiga 4-6 marta), parxez (mexanik ayovchi), yetarli darajada

oqsilga boy (100-120 g), oson xazm bo’ladigan o’simlik yog’lari (100-120 g) va

uglevodlar (400 g atrofida).

Dori-darmonli muolaja: a) antibiotiklar-tetrasiklin guruxi: levomisetin; b) sulgin,

ftalazol terapevtik dozada; v) enteroseptol; g) bifikol; d) aloe ekstrakti, pelloidin;

ye) autogemoterapiya; j) vitaminoterapiya.

Ich surganda: Burishtiruvchi va urab oluvchi: tanalbin, tansal, vismut nitrat asosi,

oq gil (tuproq), damlamalar - ilon utning ildizi, krovoxlebka qaynatmasi (1 kunda 1

osh qoshiqda 3-6 marta), na'matak damlamasi yoki qaynatmasi, cheremuxa

(shumurt-oq, xushBuy gulli daraxt yoki Buta), chernika, olxa quddasi, zveroboy uti

(qizilpoycha) va b.

Meteorizmda: a) aktivlangan kumir (0,5 g, kuniga 3-4 marta); b) yalpiz damlamasi

(5,0-200,0 gr. 1 osh qoshiqda kuniga bir necha marta); v) moychechak (romashka)

guli (10,0-200,0 g 1-2 osh qoshiqda kuniga bir necha marta).

Ich ketganda: a) ovqat rasioniga biriktiruvchi to’qimalarga boy maxsulotlar (poliz

ekinlari, mevalar, asosan artilgan yoki qaynatilgan holda) kiritiladi; b) LFK, qorin

massaji; v) spazmolitiklar; g) Bushashtiruvchi vositalar (purgen, it shumurt

preparati, vazelin yoqi); d) fizioterapevtik muolajalar (ichakni tozalash, balchiqli

applikasiya, diatermiya); ye) sanator-kurort davo.

Oshqozon osti bezlarining surunkali yalliqlanish sindromi –

surunkali pankreatit.

Etiologiya: 1) O’tkir uzoq cho’zilgan pankreatit; 2) ovqatlanish tartibining

bo’zilishi, yoqli, achchiq, hamirli taomlarni ko’p ist'emol qilish; 3) surunkali

alkogolizm, ayniqsa ovqatda oqsil va vitaminlarning doimiy yetishmasligi; 4)

semirish; 5) surunkali holesistit, ut pufagi toshi kasalligi; 7) surunkali qon

aylanishining bo’zilishi; 8) oshqozon osti bezi tomirlarining aterosklerozi; 9)

yuqumli kasalliklar (ich terlama, qorin tifi, virusli gepatit); 10) ba'zi gelmintozlar;

11) qurg’oshin, simob, fosfor, margimushlardan surunkali zaharlanish; 12) allergik

holatlar.

Klinik ko’rinishi: surunkali pankreatit xilma-xil Bo’lib, ko’p hollarda quyidagi

belgilar bilan kechadi:

1) epigastral soxada (yoki) chap qovurqa osti soxasida og’riq;

2) har xil dispepsik ko’rinishlar (ko’ngil aynash, qayt qilganda ham axvol

yengillashmasligi, ich ketish bilan almashib turuvchi qabziyat, meteorizm va x.k.);

3) pankreatogen deb nomlangan ich ketishi;

4) ozish (tana og’irligining kamayishi);

5) qandli diabetning qushilishi.

Dispepsik simptomlar: ishtaxa yuqolishi, ko’ngil aynash, qusish, yoqli ovqatni

ko’ngil tusamasligi, gipersalivasiya, kekirish, kuchli ochlik, tashnalik, oshqozonda

quldurash, meteorizm, ich ketish. Oshqozon osti bezlarida tashqi sekresiya

funksiyasining bo’zilishi xisobiga ozish simptomlari sodir bo’ladi. Axlat yoqli, u

tekshirilganda: steatoreya, kreatoreya, amiloreya; xuruj vaqtida tana harorati

subfebril.

Hamshira diagnozi: og’riq, ko’ngil aynash, qusish, kekirish, meteorizm va x.k.

Laboratoriya tekshiruv usullari: leykositoz, EChTning ortishi, qon va siydikda

diastazaning ko’p miqdordaligi, giperglikemiya, glikozuriya.

Surunkali pankreatit formalari:

1) qaytalanib turuvchi;

2) og’riqli;

3) soxta usmali (sariq kasal);

4) sklerotik;

5) yashirin.

Jigar va o’t yo’llari kasalliklari sindromi

Sariqlik simptomlari jigar kasalliklari patologiyasida tiykargi o’rinlardan birini

egallaydi. U teri va shilliq pardaning sariq rangga kirishi va qonda safroning

bilirubin pigmentlari va modda almashinuvining ortiqcha tuplanishi bilan namoyon

bo’ladi. Sariqlik odatda, ko’zning oq pardasi, tilning pastki tomoni, tanglayning

sariq tusga kirishidan aniqlanadi. Keyin yo’z terisi, oqiz va burun atrofi, qul va

oyoq kaftlari va nixoyat, terining butunlay hamma qismi sarqayadi. Shuni aytib

utish kerakki, bilirubin har xil to’qimalarni notekis bo’yaydi. Sariqlik terining

olovrang-sariq rangda bo’lishi terida bilirubin tuplanib qolganidan darak berib, bu

holat kasallikning boshlanish davriga xosdir. Uzoq davom etgan sariqlikda terining

rangi yashil-sariq rangda bo’lib. Bu bilirubinning oksidlanishi natijasida -

biliverdin moddasining tuplanib qolganidan darak beradi. Agar sariqlik juda uzoq

davom etsa, unda teri qoramtir-oltinrangga kiradi.

Sariqlikning tiykargi sabablaridan biri, bu-pigmentlar almashinuvining bo’zilishidir.

Sariqlik jigar usti (gemolitik), jigarda va jigar osti (mexanik) turlari bo’lishi

mumkin.Jigar usti sariqligi: qonda ozod bilirubinning ko’p miqdordaligi-tuqri

bo’lmagan Van-Den-Berg reaksiyasi; duodenal tarkib bir tekis buyalgan; axlat

gipoholik, siydikda urobilinogen.

Jigar sariqligi: qonda boqlangan bilirubin miqdorining ko’pligi- tuqri bo’lmagan,

sekinlashgan van-den-Berg reaksiyasi; duodenal tarkib sust buyalgan; siydikda

bilirubin va urobilinogen.

Jigar osti sariqligi (holemiya sindromi): qonda ko’p miqdordagi boqlangan

bilirubin-tuqri bulgan shiddatli van-den-Berg reaksiyasi; axlat aholitik, siydikda

bilirubin.

Emlew ozgeshelikleri: tiykargi kasallikni emlew.

Portal gipertoniya sindromi: ko’pincha qizilo’ngach venalari varikoz kengayishi

vena gipertoniyasi bilan birga kechadi. Portal gipertoniyaning zurayishida etiologik

faktorlar-portal sirroz, virusli gepatit, portal fibrozli surunkali gepatit, biliar sirroz,

karsinoma metastazalari, polikistoz, portal yoki taloq venasi trombozi, surunkali

yurak zararlanishi va x.k. sababchi bo’ladi.

Klinik ko’rinishi: yuqori portokaval anastomoz ko’p uchraydigan simptomlardan

qonli qusish yoki qizilo’ngachdan qon ketishi xisoblanadi.

Jigar sirrozida doim jigar xujayralari zararlanishi va portal gipertenziya oqibatida

assit rivojlanadi, Bu kapillyar utkazuvchanligi oshishi, qorin bushliqida assitik

suyuqlik tuplanishiga sabab bo’ladi. Bunda qorin dam bo’lishi (meteorizm),

shishish alomati, qabziyat ko’zatiladi. Buning oqibatida anastomozning urta port-

koval turi rivojlanib, "medo’za boshi" simptomi-qorinning old devori terisi

ostidagi venalarida ko’zatiladi. qorin Bushliqidagi suyuqlik 50-60 l gacha yetishi

mumkin.


Hamshira diagnozi: qon ketishi, assit, meteorizm.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: kindik venasini Buj yordamida tekshirish; ajralib

turuvchi rangli moddalarni yuborish orqali teri osti va jigar osti portografiyasi.

Emlew ozgeshelikleri: palliativ jarroxlik aralashuvi va simptomatik emlew,

shuningdek, tiykargi kasallikni emlew.Og’riqli sindrom: jigar va ut xaydovchi

yullar kasalliklarida bir qancha og’riqli nuqta va zona ajratiladi: chap va o’ng

tomonlarni ham tekshirish zarur.

1) pufakli nuqta (Ker simptomi) qovurqa aylanasi va qorin mushaklarining tuqri

kesishish nuqtasi tashqi chegarasining;

2) Merfi simptomi-ut pufagi ustiga barmoq quyilib, nafas olish suraladi, nafas

chiqarayotganda barmoq qovurqa ostiga botiriladi va nafas olayotganda og’riq

seziladi;

3) Vasilenko simptomi - bemordan qorinni shishirish suraladi, qovurqaostiga urib

quyiladi-holesistitda og’riq seziladi.

4) epigastral nuqta;

5) holedoxo-pankreatit xudud (zona)-kindik chiziqi va qorinning oq chiziqi orasida

xosil bulgan burchak bissektrisasi buylab 3-4 sm;

6) Frenikus simptomi - harakatlanuvchi mushaklarning pastki qismini barmoq

bilan paypaslaganda, holesistitda o’ng tomonda og’riq seziladi;

7) kurak suyagi xududi - holesistitda o’ng kurakning pastki qismida og’riq seziladi;

8) Ortner simptomi – qo’l kafti qirrasi bilan qovurqa osti urib kuriladi. Og’riqli

sindrom dispeptik simptomlar bilan bo’lishi mumkin: ko’ngil aynash, qusish, safro,

meteorizm.

Hamshira diagnozi: og’riq, ko’ngil aynash, qusish, meteorizm.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: rentgenologik usul, O’ZI, duodenal zond yuttirish,

qonni tekshirish.

Jigar parenximasining surunkali isiniw sindromi.

Parenxima-biriktiruvchi to’qimali stroma va kapsula bilan chegaralangan Ishki

organlarning ishlab turgan o’ziga xos tiykargi elementlari (mas., jigar, buyrak, okpe

epiteliyasi va b.)

Etiologiya: surunkali gepatitning tiykargi sabablaridan bulgan o’tkir virusli

gepatitning avj olishiga toksik, toksik-allergik omil, alkogol, oshqozon-ichak

trakti, ut pufagi kasalliklari sabab bo’ladi. Surunkali gepatitning rivojlanishida

yuqumli leptospiroz, Q-lixoradka, yuqumli mononukleoz, bezgak kasalliklari ham

sabab bo’lishi xaqida ma'lumotlar bor.

Surunkali gepatitning klassifikasiyasi: 1) virusli; 2) toksik ; 3) toksik-allergik; 4)

alkogolli; 5) nospesifik reaktiv; 6) ikkilamchi surunkali biliar gepatitining jigar

tashqarisidagi holestozi.

Klinik faktorlar buyicha; 1) surunkali aktiv gepatit; 2) lyupoid (aktivlashgan

tajovo’zli-autoimmun); 3) sust kechuvchi (bezarar yoki persistik); 4) surunkali

holestatik gepatit. qaytalanuvchi (agressi urtacha aktivlik bilan) surunkali gepatit:

kam hollarda gepatitning o’tkir formasidan jigar sirrozining erta rivojlangan

qaytalanib turuvchi formasiga utishi ko’zatiladi.

Surunkali gepatitning bu formasi kasallikning qaytalanishi -residiv va vaqtincha

zaiflashuvi-remissiya bosqichlari bilan kechadi. qaytalanish darajasi har xil,

ko’pincha 1-2 yil davomida kasallanish 10 martagacha yo’z beradi. Residiv

simptomlari, odatda, tana haroratining kutarilishi bilan boshlanadi. Klinik

simptomlari esa, odatda, o’tkir formani qaytaradi: talvasaga tushish, umumiy

holatning yomonlashishi, ko’p hollarda ishtaxaning yuqolishi, sariq kasalining

yangidan paydo bo’lishi, jigarning kattalashishi va funksional kursatgichlarning

yomonlashishi ko’zatiladi. Kasallikning tez-tez qaytalanishi jigarparenximasining

sezilarli darajada o’zgarishiga olib keladi, u kattalashadi, qalinlashadi, chetlari

o’tkirlashib, taloq kattalashadi, bemor tana og’irligini yuqotadi, jigarning

funksional kursatgichlari keskin o’zgaradi va bemorda jigar sirrozining klinik va

morfologik ko’rinishi paydo bo’ladi.

Surunkali tajovo’zli gepatit oqibatida boshqa organlarning zararlanishi ko’p

uchraydi.Bir vaqtning o’zida jigar va ut xaydovchi yullari zararlanishi (ut yullari

diskineziyasi) ham mumkin. Bu gepatit oshqozon osti bezlari faoliyatining

bo’zilishi- kukrak qafasini urab oluvchi og’riq, qon plazmaida amilazaning

ko’payishi, steatoreya, kreatoreya, amiloreya va ba'zida qon plazmaida tripsin

aktivligining o’zgarishi bilan birga kechadi. Buyrakning zararlanishi 7-45 % ni

tashkil qiladi. Ba'zi bemorlarda siydik tarkibi o’zgarishi ko’zatiladi: oqsillar kam

miqdorda, gematuriya va tuberkwlezndruriya (siydikning yetarlicha quyuq bo’lishiga

qaramay). Buyrakning filtrasion va reabsorbsion funksiyalarining endogen

kreatinin buyicha bir tekis pasayishi ko’zatiladi.

Lyupoid gepatit. Ko’pchilik tadqiqotchilar fikriga kura, Bu kasallikda autoimmun

jarayonlari tufayli jigar xujayralari zararlanadi, Bunda zararlovchi agentlar har xil

turdagi virusli gepatitlar bo’lishi mumkin. Lyupoid gepatit quyidagi alomatlar

bilan harakterlanadi. 1)gammaglobulinemiya; 2) qonda antitelalar mavjudligi, LE-

faktor bilan birga; 3) jigarning limfoid infiltrasiyasi;4) kortikosteroidlar bilan

emlew yaxshi samara beradi; 5) gepatitning boshqa autoimmun kasalliklar bilan

kechishi.

Klinik ko’rinishi: kasallik ko’pincha yosh ayollarda ko’zatiladi (21 yoshgacha-60

%, 40 yoshgacha-6 %).

Kasallikning boshlanishi o’tkir bo’lib, u yuqumli gepatitni eslatadi yoki

simptomlari yetarlicha bo’lmaydi. Bu kasallikning yaqqol ko’rinishi yoki avj olishi

xomiladorlik yoki tuqish davrida, shuningdek, jarroxlik operasiyasidan keyin,

dorilarni qaBul qila olmaslikda va x.kda ko’zatiladi. Bemorlar tekshirilganda, ular

odatda yaxshi jismoniy rivojlangan bo’lib ko’rinadilar.

1) uning doimiy simptomlaridan sariq kasalligi, ba'zida u vaqti-vaqti bilan

seziluvchi va kuchayib boruvchi harakterga ega Bo’ladi, m-n, xayz kurish davrida;

2) hamma bemorlarda tana haroratining davriy kutarilib turadi;

3) doim yuldo’zsimon tomirlar ko’rinadi, ba'zida daqal xusnBo’zarlar, har xil teri

toshmalari, erkaklarda-ginekomastiya;

4) jigar va taloq kattalashgan;

5) portal gipertoniya simptomlari- "medo’za boshi", bavosil (gemorroy), assit va

qon ketishi kasallikning og’ir bosqichida aniqlanadi.

Hamshira diagnozi: sariq kasalligi, gipertermiya, gepato- va splenomegaliya,

yuldo’zsimon tomirlar, assit, meteorizm va b.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: periferik qonda LE-xujayralari aniqlanadi,

giperbilirubinemiya (tuqri reaksiyada), transaminazalar aktivligining kuchayishi,

albuminlarning bir tekis pasayishi va gamma-gloBulinlarning keskin kutarilishi,

chukma reaksiyalarning musbatligi.

Surunkali aktiv gepatitni emlew prinsiplari: 1) rejim: jismoniy va ruxiy tinch

holat. Kasallikning boshlanish davri bo’lsa, jismoniy va ruxiy toliqadigan ish

qilmaslik. Kun urtasida qisqa muddatli dam olish. Kasallik xuruj qilsa, yotib

davolanish. Bu vaqtda jarroxlik operasiyalari va emlashlarga faqat vrach nazorati

ostida ruxsat beriladi.

2) parxez stoli № 5 Pevzner buyicha: yoqli go’sht va baliq, achchiq gazaklar,

qovurilgan taomlar, to’zlangan va dudlangan maxsulotlar yeyish mumkin emas.

Ovqatlanish kuniga 4-5 maxal bo’lishi kerak;

3) medikamentoz, ya'ni dorilar bilan emlew: 1 gurux-jigar xujayralari

almashinuvini yaxshilovchi dorilar; 2 gurux-shamollashga qarshi va

immunodepressiv ta'sir ko’rsatuvchi preparatlar;

4) jigar xujayralarining almashiuvini yaxshilovchi preparatlar

(gepatoprotektorlar):- vitaminlar: V-1 (tiamin) 0,01-0,02 ml kuniga 3 marta; teri

ostiga-tiamin xloridning 5% li eritmasi 1 ml.dan yoki tiamin bromidning 6 %

eritmasi 1ml. Emlew kursi: 20-30 in'eksiya - vitamin V-6 (piridoksin) 0,025

g/sutkada, teri ostiga 1 ml.dan 50 %li, 20-30 ta in'eksiya; - vitamin 12 va folat

kislota (5 mg dan kuniga 3 maxal): teri ostiga sianobolamin 100 mkg (0,01 % li

eritma 1 ml dan), 20-50 ta in'eksiya;- vitamin S-300-500 mg yoki teri ostiga 5 %li

eritma 1 ml dan, 20-30 dona;- kokarboksilaza (tiamin-pirofosfat) 50-150

mg/sutkada kurs 15-30 dona;-lipoevaya kislotasi (lipamid) rer os ovqatdan so’ng

1-2 ta tabletkadan 3-4 maxal, 0,025 g li 30-60 kun ichiladi. qayta davolanish kursi

1 yilda 2-3 marta; vena tomiriga 4-10 mg/sutkada, Bu faqat jigar xujayralarining

keskin yetishmovchiligida qo’llaniladi;- essensiale ampula 5 ml dan venaga

yuboriladi. 10 ml li ampulasi venaga tomchilatib glyukoza eritmasi yoki

bemorning qoni bilan birga yuboriladi. Kuniga 3-6 kapsuladan: 30-45 kun.

-aminokislotalar va gidrolizat oqsillar: glyutamin kislotasi 0,25 g dan kuniga 1-1,5

g; gidrolizin (L-103), gidrolizat kozein, aminopeptid, aminokrovin venaga

tomchilatib 250-300-450-500 ml dan


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin