Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə11/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Терапия кулланма

paytida yaralanganda, ayniqsa ko’p qon ketganda, yaradorni jang maydonidan tez

olib chiqishning iloji bo’lmaganda kuzatilgan. Urush davridagi pnevmonialar asosan

kichik oshaqlidir. 6-10 % hollarda krupoz pnevmonia aniqlangan. Pnevmonia

yaradorlarda jaroxatlanganlaridan bir necha kun, xatto bir necha soat o’tgach

boshlanadi va ko’pincha bosh, yo’z, ko’krak hamda qoringa shikast yetganida

xuruj qiladi. Keyinroq kelib chiqadigan pnevmonialar qo’l-oyoqlar jarohatlanganda

ko’riladi. Shunga ko’ra barvaqt va kech rivojlanadigan pnevmonia farqlanadi. Bosh

jarohatlanganda kelib chiqadigan pnevmonialar yaralanishdan so’ng bir necha soat

yoki dastlabki kunlarda namoyon bo’ladi. Bunda jarayon asosan har ikkala okpeda

kichik oshaqli pnevmonialar yo’zaga kelishi bilan kechadi. Okpe eshitib ko’rilganda

uning orqa pastki bo’limlarida nafas pasayib, mayda pufakli xirillashlar eshitiladi.

Okpe sohasi barmoqlar bilan urib ko’rilganda bo’g’iq ovoz eshitilmasligi ham

mumkin. Tana harorati keskin oshmasdan, ba'zan subfebril bo’ladi. Okpe

rentgenda ko’rilgandan so’ng kasallik aniqlanadi. Tana harorati koteriliwi jarohat

hisobiga ham bo’lishi mumkin. Qon tarkibini o’rganish pnevmoniani aniqlashda har

doim ham yordam bermaydi. Chunki jarohatlanish oqibatida qonda leykositlar soni

oshib, eritrositlarning chukish tezligi oshadi, leykogramma chapga suriladi. Jaxon

urushi yillaridagi bosh jarohatlanishidan kelib chiquvchi pnevmonia bilan og’rigan

bemorlarning ko’pchiligi sog’ayib ketishgan. Yuz va jag’ sohasidagi jarohatlar

tufayli paydo bo’lgan pnevmonialar og’ir kechib, yaralanishdan so’ng 5-7 kun o’tgach

boshlangan. Klinik belgilari aniq namoyon bo’lgani uchun diagnoz oson qo’yilgan.

Kasallik boshlanishida tana harorati juda ko’tarilib, yo’tal paydo bo’ladi. Bemor

yo’talganida shilliq yiringli balg’am ajraladi. Yo’talganda jarohatda og’riq turishi

sababli, bemor yo’talni bosishga intiladi. Qon tarkibida leykositlar oshib,

eritrositlar chukish tezligi ko’tariladi. Leykogramma chapga suriladi. Pnevmonia

cho’zilib, plevralar yiringlashidan noxush asorat berishi mumkin. Urush yillari yuz

va jag’ jarohatlanishidan kelib chiquvchi pnevmonialar oqibati hamisha ham yaxshi

bo’lavermagan. Ko’krak sohasi jarohatlanishidan yo’zaga keladigan pnevmonialar

zararlangan okpe tomonida 38,8 %, sog’lom okpe tomonida esa 83,8 %ni tashkil

etgan. Jarohatlanishning dastlabki kunlari ko’pincha yaralanmagan okpeda

pnevmonia kelib chiqqan. Keyinchalik jarohat tomondagi okpeda ham shamollash

belgilari namoyon bo’lgan. Shikastlangan okpeda avval pulmonitlar yuzaga kelib,

uning zaminida pnevmonia boshlangan. Boshqacha aytganda, okpe jarohatlanishi

tufayli okpe to’qimasiga qon quyilib, atelektazlar paydo bo’ladi. Atelektazlarga

esa pulmonit sohasidan infeksiya tushadi. Ba'zan mualliflar (N. S. Molchanov, M.

S. Bovsi, T. S. Istamanova) fikricha, jarohatlanmagan okpeda reflektor yo’l bilan

pnevmonia kelib chiqadi. Ayni vaqtda yaradorlarda okpe shamollashi ko’p jihatdan

yil fasllariga ham bog’liq. Yu. I. Dimshis ma'lumotlariga ko’ra 1942 yilning yozida

17% pnevmonia qayd qilingan bo’lsa, o’sha yilning qish oylariga kelib bu ko’rsatkich

53% ni tashkil etdi. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda okpe shamollaganligining

aniqlash ba'zan mushkuldir, chunki u okpega qon quyilishi, plevraning

shikastlanishi, ko’krak qafasiga qon quyilishi (gemotoraks) bilan birga kechadi.

Lekin tana haroratining juda balandligi, hansirash, okpedan kichik pufakli ho’l

xirillashlar, barmoq bilan okpe usti urib ko’rilganda bo’g’iq tovush eshitilishi

kasallikni aniqlashga yordam beradi. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda kelib

chiqadigan pnevmonia ikki guruga bo’linadi:

a) kichik oshaqli pnevmonialar

b) katta va qo’shilgan oshaqli pnevmonialar

Katta oshaqli va bir-biriga qo’shilgan oshaqli pnevmonialarni krupoz pnevmoniadan

farqlash qiyin. Kichik uchoqli okpe shamollashlari tana harorati 39 darajagacha

ko’tarilib, leykoz soni ham juda oshmasdan kechsa, yirik oshaqli pnevmonialarda

tana harorati yana ham ko’tariladi, qonda leykositoz soni keskin ko’payadi. Ko’p

qon yuqotgan, ko’krak sohasi jarohatlanganlarda boshlangan pnevmonia og’ir kechib,

o’lim hollariga sabab bo’lgan. Ko’pincha ko’krak sohasi jarohatlanganidan 11 kun

o’tgach, pnevmonia boshlanib (bu 75% hollarda kuzatilgan), urush yillari

ko’zatishlariga ko’ra 10-20 kun davom etgan. Yirik uchoqli pnevmonialarda bu

muddat uzoqroqdir. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda (ayniqsa, og’ir

yaradanganlarda) pnevmonia ko’pincha fojiali tugagan. Yirik oshaqli va qo’shilgan

oshaqli pnevmonialarga qaraganda o’lim hollari uch marta ko’p kuzatilgan. Bu

albatta faqat pnevmonia turiga emas, balki jarohatning ham nechoqlik og’irligiga

bog’liq bo’lgan. Qorin sohasi jarohatlanishidan kelib chiqadigan pnevmonia belgilari

dastlabki uch kun ichida namoyon bo’ladi. Birinchi jahon va Qrim urushi paytida

asosan qorin sohasidan jarohatlanganlar xalok bo’lishgan.

Vatan urushi davrida tibbiy ko’chirish joylarida tegishli yordam ko’rsatish, yangi

emlew usullarini qo’llash tufayli ahvol yaxshilandi. Lekin qorin sohasi

jarohatlangan har uch kishining bittasida pnevmonia belgilari ham yirik va kichik

oshaqli pnevmoniadagidek bunda ham okpe usti barmoqlar bilan urib ko’rilganda

bo’g’iq tovush chiqadi, okpening orqa va pastki qismida ho’l xirillashlar

eshitiladi. Odatda qorin sohasi jarohatlanganda ichaklar shikastlanishi, ba'zan

peritonit qo’shilishi bilan kasalliklar har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Lekin

pnevmonia qo’shilishi bilan tana harorati keskin ko’tarilib, bemorning umumiy ahvoli

og’irlashadi, ko’karib hansiraydi, yo’tal tutadi. Ko’pincha pnevmonia qo’shilgach,

yaraning bitishi yomonlashadi. Bunday pnevmonia uzoq cho’zilib, ba'zan bemor

o’limiga sabab bo’ladi. (Umurtqa pog’onasi jarohatlangandan so’ng kelib

chiqadigan pnevmonialar jarohatlangandan so’ng 10-14 kun o’tgach boshlanadi.

Bu kasallikka asosan yaradorlarning qimirlamasdan uzoq yotishlari sabab

bo’ladi. Kasallikni aniqlash qiyin, lekin sinchiklab tekshirilganda perkutor

tovushning bo’g’iqligi, okpeda yakkam-dukkam ho’l va quruq xirillashlarni

eshitish mumkin. Tana harorati asosan subfebril ko’rinishda bo’ladi. Kasallik uzoq

davom etib, ko’p hollarda o’lim bilan tugaydi. Kovak suyaklar va bo’g’imlar

jarohatlanganida pnevmonia 2-3 haftadan so’ng boshlanib, bunga ham bemorning bir

xil holatda uzoq yotishi sabab bo’ladi. Bundan tashqari, kasallik paydo bo’lishida

yara sepsisi va yiringli - rezorbtiv isitma muhim ahamiyatga ega. Kasallikning

birinchi kunlarida uni aniqlash qiyin. Pnevmonia belgilari keyinroq namoyon bo’la

boradi. Tana harorati koteriliwini jarohat sepsisi bilan tushuntirilsada, rentgen

okpeda shamollash borligini ko’rsatadi. Lekin pnevmonia keyinchalik, absesslar

paydo bo’lganda sezilishi mumkin. Shuni aytish kerakki, pnevmoniaga o’z vaqtida

to’g’ri davo qilinsa, yarador soqayib ketadi. Afsuski ba'zi hollarda pnevmonia

cho’zilib surunkali turga oi’tishi, okpe abssessi va gangrenasiga olib kelishi

mumkin. Pnevmonia qo’shilishi yaraning bitishini yomonlashtiradi.

OKPEDAGI YIRINGLI JARAYONLAR

Okpega jarohat orqali mikroblar tushishidan unda yiringli jarayonlar boshlanadi.

Ayniqsa, o’q yoki snaryad parchasi okpe to’qimasiga sanchilib qolganda

abssesslar ko’p paydo bo’ladi. Bunday yiringli jarayonlar rivojlanishida okpe

to’qimasining ezilishi, unga qon quyilishi, yot jismlar tushishi muhim ahamiyatga

ega. Faqatgina okpe jarohatlanishidan so’ng emas, balki yuz, jag’ shikastlanishi,

yaralar gazak olishidan keyin ham okpeda yiringli jarayonlar ko’zatiladi.

Abssesslar jarohatlangandan ancha vaqt o’tgach boshlanadi. Abssessning klinik

manzarasida ikki davr ko’zatiladi:

1) abssessning bronx yoki plevra bo’shliqiga yorilishgacha bo’lgan rivojlanish

davri

2) abssessning yorilib, yiringli bo’shliqni bronxlar bilan tutashtirish davri.



Birinchi davrda bemor ahvoli og’irlashib intoksikasiya belgilari namoyon bo’ladi,

quruq yo’tal tutib, abssess bor tomonda og’riq turadi. Tana harorati oshib, bemor

suv bo’lib terlaydi, varaja tutib, madori ketadi.

Ikkinchi davrda absses bronx bo’shliqiga yorilib, yiringli bo’shliqning bronxlar

bilan tutashuvi bemor ahvolini yaxshilaydi. Shu vaqtdan boshlab (agar yiringli

bo’shliq bronxlar bo’shlig’i bilan yaxshi tutashgan bo’lsa) sog’ayish boshlanadi.

Ko’krak qafasi jarohatlanishi oqibatida plevra kasalliklari yuzaga keladi. Ko’krak

qafasining teshilishi - kukrak sohasidagi eng ko’p uchraydigan jarohatlardandir.

Bunday jarohatlar ochiq pnevmotoraks holati bilan kechib, uning belgilari

anchagina. Plevra bo’shliqi tashqi havo bilan tutashib, bunda plevra

bo’shliqiga tushgan havo plevra - okpe shokiga olib keladi. O’q tegib o’tgan

ko’krak qafasidagi ochiq pnevmotoraksda quyidagi alomatlar ko’zatiladi: bemor

hansirab, ko’karib ketadi, qon bosimi pasayadi, tomir urishi juda tezlashadi. U

bukchayib qoladi, qattiq bezovtalanib ahvoli keskin og’irlashadi. Kasallik zo’rayib,

bemor o’lib qolishi mumkin. O’q tegishi natijasida paydo bo’ladigan ochiq

pnevmotoraks urushdagi eng og’ir jarohatlardan biri hisoblanib, yaradorga zudlik

bilan maxsus tibbiy yordam ko’rsatilmasa, u qisqa vaqt ichida halok bo’lishi

mumkin. Bunday yaradorlarga birinchi tibbiy yordam batalon saralash tibbiy

punktida yoki polk tibbiy punktida ko’rsatiladi. Bu yordam yaradan plevra

bo’shlig’iga havo o’tishini to’xtatishdan iborat. Buning uchun yara atrofi

odatdagidek tozalanib kleenka, leykoplastir, sellofan va b. q. matolar bilan

bog’lanadi. Ana shundan so’ng yaradorni alohida tibbiy batalon yoki gospitalga

olib borish zarur.

(Gemotoraks - plevraga qon quyilashi ko’krak qafasi yopiq jarohatlanganida

qovurg’alar sinishi yoki okpe to’qimasining shikastlanishi bilan kechib, odatda bir

necha marta plevra bo’shlig’idagi qon shpris bilan olinadi va shu tariqa plevra

yiringlashiga yo’l qo’yilmaydi. Plevra bo’shliqidan qon olib tashlangach,

antibiotiklar yuboriladi. Agar plevra yiringlasa (empiema), bemorning

ahvoli keskin yomonlashadi. Tana harorati 39°C dan oshib ketadi, qon

ko’rsatkichlari shamollashdan darak berib, leykogramma chapga suriladi,

eritrositlar chukish tezligi soatiga 40 mm dan oshadi. Bemor ozib ketadi,

hansirash paydo bo’ladi. Auskultatsiyada eshitib ko’rilganda nafas past eshitiladi.

Plevra bo’shliqi teshilganda undan yiring chiqadi.

YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI

Yurak va tomirdagi kasalliklar jarohat olgan zahoti va bir qancha vaqt o’tgach

namoyon bo’lishi mumkin. Jarohatlangan paytdagi yurak urishi tezlashishi, yurak

sohasida og’riq turishi va hansirash ko’proq uchraydigan belgilar hisoblanadi.

Ba'zi hollarda yurak urishi soni va maromi buziladi. Ko’pincha yurak urishi

tezlashishi yurakda kuchli og’riq turishi bilan kechadi. Og’ir yaradorlarda kollaps

va shok holati kuzatiladi. Yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bir qatorda

tomirlar ta'sirlanishi belgilari namoyon bo’ladi: yarador o’zini qizib ketganday

his qiladi, yo’zi qizarib ter bosadi. Bosh va umurtqa pog’onasi jarohatlanganda

yurak urishi sekinlashadi. Ko’krak qafasi jarohatlanganda esa hansirash

boshlanadi, yurak sohasida og’riq turib, yurak urishi tezlashadi, rangi keskin

oqarib, ba'zan yurak faoliyati izdan chiqadi. EKG da tishlar voltaji pasayib,

sinus taxikardiyasi, o’tkazuvchanlik bo’zilganligi belgilari ko’zatiladi.

Emlew jarayonida yaradorlardagi (yuqorida ko’rsatilgan) belgilar yuqolib,

miokardit tuzala boradi. Lekin ancha vaqtgacha taxikardiya, yurak chuqqisida

birinchi tonning bo’qiqligi, yurak sohasidagi og’riqlar saqlanib qoladi. Agar

jarohat yuqumli asoratlar bilan kechsa, yurak mushaklari distrofiyaga uchrab, bu

bemorning hansirashi, yurak urishi tezlashishi, tomirlar tonusi bo’zilishida

namoyon bo’ladi. Bemorning umumiy ahvoli og’irlashib tana harorati oshadi, qon

tarkibida leykositoz, eritrositlar chukish tezligi kuchayadi.

Miokardit asosan jarohatlangandan, so’ng ancha vaqt o’tgach boshlanadi.

Miokarddagi yalliqlanishga oid o’zgarishlar uchoqli yoki yoppasiga bo’lishi

mumkin. Yoppasiga (diffo’z) zararlanishda asosan yurakning ishchi mushaklari

zarar ko’rib, buning oqibatida bemorda yurak faoliyati izdan chiqadi, o’tkazish

majmuasi zarar ko’radi. Oshaqli miokarditda ko’pincha impulslar ishlab

chiqaruvchi majmualar zararlanadi, shu tufayli bemorda yurak urishi maromining

bo’zilishi ko’zatiladi. Shuni aytib utish kerakki, yaradorlarda miokardit yara sepsisi

bilan kechadi va bu tana harorati ko’tariliyush, qon tarkibida sepsis holatiga mos

o’zgarishlar (leykosiyo’z, EChT kuchayishi) bilan kechadi. Jaxon urushi yillarida

oyoqlar va ko’krak qafasi jarohatlangan yaradorlarning ko’pchiligida endokardit

kuzatildi. Odatda u yaraning. gazak olishidan paydo bo’luvchi septik jarayon

asorati hisoblanadi. Sepsisning umumiy belgilari (tana harorati oshishi, varaja

tutish, terlash) bilan bir qatorda yurak qopqoqlari zararlanishi (aorta va mitral

qopqoqlar) ham aniqlandi. Endokard isiniwi o’tkir va qaytma endokarditlar

ko’rinishida kechadi. Perikardit ham sepsis asorati sifatida uchraydi. Lekin ko’krak

qafasi jarohatlanganda yurakning bevosita shikastlanishi va perikardga yuqumli

mikroblar tushishi natijasida ham perikardit rivojlanishi mumkin. Kasallikning

kechishi ko’proq sepsisning qanday o’tishiga bog’liq. Agar perikard suv yig’ilishi

bilan kechsa, yurak kattalashadi, barmoqlar bilan yurak sohasiga urib ko’rilganda

bo’g’iq maydon kattalashgani seziladi. Perikard quruq kechayotgan bo’lsa,

yurakda perikard ishqalanishi shovqinini tinglash mumkin. Perikard uzoq davom

etadi, ba'zan perikardning kuks oraliqiga yopishib qolganini ko’rish mumkin.

BUYRAK KASALLIKLARI

Yaradorlarda jarohatlanishdan so’ng tez orada reflektor ravishda siydik tutilishi

mumkin. 1-2 kun o’tgach siydik chiqarish faoliyati asli holiga keladi. Jarohat

infeksiyasi zamirida ko’p hollarda yuqumli toksik nefropatiya kuzatiladi. U

jarohatlanishning dastlabki kunlaridayoq boshlanib, buyrakdagi kichik o’zgarishlar

(siydikda bitta-yarimta gialin va donachali tuberkwlezndrlar, biroz oqsil paydo bo’lishi)

bilan ifodalanadi. Kasallik bir oycha davom etadi va jarohatdagi yuqumli asorat

ketishi bilan buyrak faoliyati tiklanadi. Nefritlar odatda jarohatlanishdan so’ng

ancha vaqt o’tgach kuzatiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bemor shishib

ketadi, qon bosimi ko’tariladi (sistolik bosim 200 mm s. u., diastolik bosim 100-

120 mm. s. u.). Siydik tarkibida oqsillar, qon hujayralari, ko’plab gialin tuberkwlezndrlari,

donachali tuberkwlezndrlar uchraydi. Ba'zan buyrak yetishmovchiligi (uremiya) bemor

o’limiga sabab bo’ladi. Jahon urushi davrida nefritlar buyrak xastaligi bilan

og’rigan yaradorlarning taxminan yarmida ko’zatilgan. Nefrozlar kamroq (buyrak

kasalliklarining 6,4 %) uchraydi. U ko’proq yiringli osteomielit bilan og’rigan

yaradorlarda ko’zatiladi. Bemorda turli darajadagi shishlar paydo bo’ladi. Siydik

tarkibida oqsillar, gialin, donador va mumsimon tuberkwlezndrlar ko’payadi. Gematuriya

nefrozlarda uchramaydi. Ba'zi yaradorlar buyragida tosh hosil bo’lishi tufayli

ularning buyragi sanchib og’riydi. Bu hol urush sharoitida ko’p kuzatilgan. Buyrak

kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash, yaradorlarning tezroq safga qaytishlariga imkon

berishi shubhasiz.

ME'DA - ICHAK KASALLIKLARI

Ikkinchi jahon urushi yillari terapevtlar yaradorlarda gastrit, kolit, me'da yarasi

kabi me'da-ichak kasalliklarini ham aniqladilar. Gastritlar kechishi odatdagiday

edi. Bunda yaradorlar to’sh suyagi ostida og’riq turishi og’izda bemaza ta'm sezish,

ich qotishi, ko’ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyat qiladilar. Jangovar jarohatlar

oqibatida surunkali gastrit qo’zg’aladi. Gastritni me'da yarasidan farq qilish kerak,

chunki har ikkalasi ham jarohatlanishning birinchi haftasidayoq yo’zaga keladi.

Kolitlar shikastlanishdan ancha keyin paydo bo’lishi mumkin. Bunda qorinda

og’riq turishi, meteorizm, ich ketishi, ba'zida tana harorati koteriliwi kuzatiladi.

Kolitlarni ichburug’, ichak tuberkwlezdan farqlash kerak.

QON TUZILISHIDAGI O’ZGARISHLAR

Jarohatlangan zahoti, qon yuqotish tufayli kamqonlik yo’zaga kelishi mumkin.

Odatda kamqonlik yirik tomirlar jarohatlanganida ro’y berib, vaqtida (ayniqsa, qish

faslida) tibbiy yordam berilmasa, yarador o’limiga sabab bo’ladi. Qorin sohasi

shikastlanganda ichga qon ketib, kamqonlik yo’zaga kelganligi darhol sezilmaydi.

Keyinchalik yaraga yuqumli asoratlar qo’shilishi bilan kamqonlik surunkali

kechishi mumkin. Yaradorlarda keyinchalik kelib chiqadigan kamqonlikni

o’rganish shuni ko’rsatadiki, bunda asosan eritrositlar yetilishi zarar ko’rar ekan.

"Kechki anemiyalar" kelib chiqishiga asosan anaerob ikfeksiya sabab bo’ladi. Bu

mikroorganizmlarning qon tarkibini buzuvchi zaharlar ishlab chiqarishi bilan

tushuntiriladi. Ko’p qon yuqotishdan o’lish hollarini urush yillari ko’plab olimlar

o’rgandilar. Ayniqsa, shifokor Blyalik juda ko’p kuzatishlar olib bordi. Uning

ma'lumotlariga kura qon yuqotishdan o’lish 40 % ni tashkil etgan. Ko’proq Ishki

qon ketish, kamroq tashqi qon ketishdan o’lim sodir bo’lgan. Ko’p qon yuqotish

so’nggi kamqonlik va kollaps belgilaridan iborat. Yarador boshi aylanib, hushidan.

ketadi, tomir urishi juda zaiflashadi, sovuq ter bosadi, ko’karib ketadi. Qon

tarkibida eritrositlar kamayib, to’qimalarni kislorod bilan ta'minlash keskin

yomonlashadi (gipoksiya). Bu holatga nerv sistemasi ayniqsa sezgirdir: bemor tana

holati salgina o’zgartirilganda uning boshi aylanadi, ko’z oldi jimirlab, ko’z

ko’rmay qoladi (bu vaqtincha holat), yurak urishi tezlashadi. Qon yuqotishdan

so’ng uning tarkibidagi eritrositlar ko’p chiqib ketganiga qaramasdan, eritrositlar

soni va gemoglobin miqdori tekshirilganda avvaldagidek bo’ladi. Buning sababi

qon yuqotilgach jigar, taloq, mushaklar, teri osti yoq to’qimasi tomirlarga qon

chiqishidadir. Bu reflektor tomir to’ldirish davri bo’lib, bundan so’ng gidremik

to’ldirish davri boshlanadi. Tomirlarga ko’p miqdorda to’qima suyuqligi - limfa

chiqadi. Oqibatda eritrositlar va gemoglobin miqdori kamayadi. Oradan 4-5 kun

o’tgach retikulositlar krizi (suyak iligini to’ldirish) davri boshlanib, qizil qon

donachalari qon tarkibida yana ko’paya boshlaydi. O’z vaqtida yordam

ko’rsatilganda (poliglyukin, reopoliglyukin, eritrositlar massasi, qon quyish)

eritrositlar va gemoglobin miqdori 2-3 qaftadan so’ng asl holiga qaytadi.

YARADORLARDA ISHKI A'ZOLAR KASALLIKLARINI EMLEW

VA OLDINI OLISH

Yaradorlarda turli kasalliklar kelib chiqishining tiykargi sababi jarohat turi,

oqirengilligi, urni va qushimcha sharoitlarga (shikastlango’nga qadar soqligi

qandayligi, stress holatlar va h. k.) bog’liq. Jarohat butun inson organizmi va uni

boshqaruvchi sistemalar holatiga yomon ta'sir etadi. Yaradorlarda Ishki a'zolar

kasalliklarini oldini olish va emlewni mumkin qadar kechiktirmaslik zarur.

Yetuk jarrohlik yordamini ko’rsatish, jang maydonidai yaradorlarni o’z vaqtida

olib chiqish (ayniqsa, qish paytida) hal qiluvchi ahamnyatga ega.

Shuningdek yaradorlarni tibbiy xodimlar ko’zatuvida shifoxonalarga jo’natilishini

to’g’ri tashkil etish, ularni vitaminlarga boy ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash,

yuqumli asoratlarga qarshi kurashish, turli sog’lomlashtiruvchi mashqlar o’tkazish

muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tibbiy ko’chirish bosqichlari yaradorlarni isitish,

issiq ovqat berish, yurak tomirlar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar yuborish

urush yillarida keselliklerdin oldini olishda keng qo’llanildi. Bosh va ko’krak

qafasi jarohatlanganda A. V. Vishnevskiy usuli bo’yicha vagosimpatik blokadadan

foydalanildi. Bosh va yuz shikastlanishida reflektor yoyini o’zishdan tashqari,

aspirasiyaking oldipi oluvchi choralar ham ko’riladi. Bemor dastlabki kunlari yuzi

yerga qaratib yotqizilsa, keyinchalik esa yarim o’tirish holati beriladi.

Jarrohlikning birlamchi tozalash muolajasi ko’riladi, imkon boricha yot jismlar

to’la olib tashlanadi. Pnevmoniaga sabab bo’luvchi, Ishki jarohatlanishlarda

kasallikiing oldini olish uchun bemorga antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari

beriladi. Okpe yalliqlanishini emlew tadbirlari u aniqlagan bosqichdayoq

boshlanadi. Bunga jarohatni emlew, organizm chidamini oshiruvchi va

okpedagi patologik jarayonni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar kiradi. Imkoni

boricha, bemorlar yotqizib davolanadi, ularga vitaminlar va oqsilga boy ovqat

beriladi, qayta-qayta qon va eritrositlar massasi (kamqonlikda) quyib turiladi.

Pnevmoniani emlewda keig ko’lamli antibiotiklar ishlatiladi. Yurak tomirlar

faoliyati bo’zilganda kofein, glyukoza bilan qo’shib strofantin tayinlanadi,

gipoksiya holatida kislorod beriladi. Birinchi kunlardanoq nafas mashqlari

o’tkaziladi. Antibiotiklarni to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Pnevmonia deb,

taxmin qilinayotgan og’ir yaradorlarni kuchsiz antibiotiklar, masalan, penisillin

bilan emlew yaramaydi. Bunday bemorlarga klofaran 1g dan kuniga 3 marta, ana

shunday miqdorda sefamizin kunga 2 marta, tarivid - 200 tayinlanadi. Bu

antibiotiklar keng ko’lamli bo’lib, yaradorlarda stafilokokk, streptokokk va boshqa

ko’plab mikroorganizmlar paydo qilgan pnevmoniani dazolashda foyda beradi. Qon

ketish hollari yuz berganda 5% li aminokapron kislota, priopresipitat, yangi

muzlatilgan plazma qo’llaniladi. Mahalliy qon ketishni to’xtatish uchun esa fibrin

bulut va fibrin pardasi ishlatiladi. Jarohatlanish natijasida sillasi qurib, ozib

ketgan yaradorlar tomiriga oqsil gidrolizatlari, yoq emulsiyalari,

aminokislotalar aralashmasi yuboriladi.

PORTLASH TO’LQINI TA'SIRIDA ISHKI A'ZOLARDA KELIB

CHIQADIGAN KASALLIKLAR

Rossiya - Turkiya urushi davridayoq shifokorlar portlash ta'sirida Ishki a'zolarda

kelib chiqadigan o’zgarishlarga e'tibor berishgan. Bu o’sha vaqtda jang maydonida

kuchli artilleriya snaryadlari qo’llanilishi bilan bog’liq edi. "Karaxtlik"

("konto’ziya") iborasi shu yillari kelib chiqdi. Snaryad yoki avia bombasi

portlaganda havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi va portlash ta'siri tugagan

joyda bosimning kamayib ketishi odamlarga jarohat yetkazadi. Birinchi navbatda

portlash quloqqa ta'sir etib, quloq pardasini yorishi, o’rta va Ishki quloqni

shikastlantirishi mumkin. Portlash payti chiquvchi kuchli tovush impulslari ko’p


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin