Test
Ismli sonlar yozilgan qatorni ko‘rsating.
75sm 9mm, 6km 20m, 4t 750kg, 50468, 3soat 35min;
75sm 7mm, 16km 25m, 4t 750kg, 508mm, 3soat 35min
75711, 16km 25m, 4t 750kg, 508l, 3soat 35min;
75sm 7mm, 16km 25m, 475036, 508l, 3soat 35min;
|
Muammoli vaziyat
1-sinf matematika darsi edi. O‘qituvchi darsni boshladi va tashkiliy qismdan keyin uy vazifasini tekshirdi. Yangi mavzu “9” sonini hosil qilishni o‘qituvchi tushuntirdi. Mavzuga doir misollarni bajarish uchun ikkita o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni xattaxta yoniga chiqardi. Qolganlar topshiriqni daftarlarida bajarishlarini aytdi. Sinfdagi Akbar ismli a’lochi bola topshiriqni tezda bajarib bo‘ldi va sinfda tartibsizlik keltirib chiqara boshladi. O‘qituvchi unga tartibsizligi uchun tanbeh berib, daftarini tekshirdi. Topshiriq risoladagidek bajarilgan edi. O‘qituvchi boshqalar vazifani bajarguncha jim o‘tirishini tayinladi. Sal o‘tmay bu holat yana takrorlandi. O‘qituvchi “tur o‘rningdan tartibsizliging uchun xona gullarining changini art” dedi. Akbar bu holatdan norozi bo‘ldi “hammadan yaxshi bajarganim uchun jazolanishim kerakmi?” degan fikrga bordi.
Savollar:
Vaziyatga baho bering?
O‘qituvchining jazosi o‘rinlimi?
|