Termiz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi


§ Tajriba sinov ishlarini tashkil etish etish……………………………………64



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix25.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#135080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Botirov Sardor Soatmuratovich 111111111 (78(1) (1)

§ Tajriba sinov ishlarini tashkil etish etish……………………………………64 
3.2-§  Tajriba sinov ishlari natijalari tahlili……………………………………….73  
Umumiy xulosa va tavsiyalar……………………………………………………..76 
Adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………………………... 78 



Kirish. 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha 
mashg'ulotlar bolaning shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu sohada olimlar va psixologlar tomonidan olib borilgan barcha 
tadqiqotlar, ijodiy qobiliyatiga ega bo'lgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda 
atrofda sodir bo’layotgan hodisalarga kreativ yondashishi va o’rtoqlari hamda 
begona shaxslar bilan muloqotga kirishishlari oson bo’lishi isbotlangan. Bundan 
tashqari yanada barqaror ruhga ega ekanligi hamda do’stlari bilan tez muloqotga 
kirishishi isbotlangan. Kichik yoshda kompleks rivojlanishga, ya'ni maktabgacha
yoshdagi bolalarning adabiy, badiiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga 
alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. San’at orqali ijodiy qobiliyatlarni 
rivojlantirish eng samaralisidir.
Tasviriy san’atga oid mashg’ulotlar tarbiyalanuvchilarni ma’naviy 
dunyoqarashni, g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U 
fikrlash qobiliyatini, ko‘rish xotirasini, ijodiy tasavvurni, badiiy didni, estetik 
hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim tasviriy san’at mashg‘ulotlarining har 
bir turi (narsaning o‘ziga qarab rasmini chizish, mavzu asosida rasm chizish, 
tasviriy san’at haqida suhbat) tarbiyalanuvchilarni ijodiy qobiliyatininig o‘sishiga, 
dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama 
kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik 
xususan badiiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya - bu tarbiyalanuvchilarning 
hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, jamiyatdagi go‘zalliklarini to‘liq idrok etish 
qobilyatini tarbiyalashdir. Go‘zallik kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir 
etib, ma’naviy dunyoqarashini boyitadi. Estetikaning isonlarning ijodiy 
faoliyatlaridagi roli benihoya kattadir. Hayotga estetik munosabatda bo‘lish 
ilhomning asosi hisoblanib ma’naviy zavq olishga yordam beradi. Estetik tarbiya 
jarayonida kishilarning qarashlari, diqqati, his-tuyg‘ulari, didi shakllanadi.



Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan 
biri tarbiyalanuvchilarda borliqni faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va 
qobiliyatni shakllantirishnigina emas, balki ularda go‘zallik qonunlari asosida 
borliqni qaytadan qurish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson 
qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra 
bilishi va tushuna bilishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash 
maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go’zallikni, shakllarning turli-tumanligini 
ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan 
tasvirlab bo‘lmas rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. 
Tabiat manzarasini, daraxt shoxlarini, barglarni, gullarni o‘ziga qarab 
rasmini chizish, ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish orqali bolalar tabiatga 
ko‘proq qiziqadigan bo‘ladilar. Bunday darslar bolalarga dunyoni keng va 
atroflicha ko‘ra olishga, shuningdek ko‘rish orqali olgan taassurotlari doirasini 
kengaytirishga, narsalar haqida aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam 
beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, mutanosibligi
fazodagi holatlari, rangi va och-to‘qlik nisbatlarini diqqat bilan o‘rganadilar. 
Maktabgacha ta’lim tizimi yanada yuksalishi uchun Davlatimiz Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev Miromonovich tashabbuslari bilan bir qator farmonlar, qarorlar,
farmoyishlar, buyruqlar qabul qilinganligi barchaning e`tiboridadur. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 sonli “O‘zbekiston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta`lim 
tizimini 
2030 
yilgacha 
rivojlantirish 
konsepsiyasi’’ 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi
1
PQ 2707-sonli, 
2017 yil 30 sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi PQ 3261-sonli qarori, shuningdek
Maktabgacha ta`lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1 mh sonli Ilk va 
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada 
taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi nutqidan 



maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari’’ hamda 
Ilk qadam’’ maktabgacha ta`lim muassasasining Davlat o`quv dasturini amalda 
joriy etish kabi davlat xujjatlarida bu sohaga oid masalalarni hal etish nazarda 
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy 
maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin
tutadi” deya ta’kidlaydi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
Ta’lim Vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli 
maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni
to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning
o‘rni belgilab olindi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin