Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 
1- guruhga. Rezyume metodi
 
2- guruhga. 
Klaster 
metodi 
3- guruhga. BBB metodi 
Bilaman 
Bildim 
(mavzudan 
olingan 
yangi 
ma’lumotlar) 
Bilishni istayman 
(qiziqtirgan savollar) 
11-AMALIY MASHG’ULOT 
 
11-mavzu: Urug’. Bir va ikki pallali o’simliklar urug’ining tuzilishi. Meva 
tiplari. (2-soat) 
Kerakli asbob va materiallar: Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum oynasi, 
qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna. 
Ishni bajarish tartibi. 
 
Bug’doy doni tuzilishini o’rganishda eng avval bug’doy doning tashqi tuzilishi bilan tanishiladi. 
Donga lupa orqali qaralsa, uch tomonida tukchalar, ikkinchi uchida murtak joylashganligini 
ko’rish mumkin. G’alladosh o’simliklarning (ivitilgan bug’doy sholi, arpa) doni uzunasiga 
ikkiga bo’linib tarkibida oqsil, kraxmal ko’p bo’lgan endospermning borligi lupa orqali 
tekshiriladi. Bu urug’lar tashqi po’st endosperm va murtakdan iborat. Murtak ichida ildizchasi, 
bo’yinchasi yoki birlamchi poyachasi bo’ladi. Bo’yincha boshlang’ich poyaning 2-4 ta 
boshlang’ich bargchalari bilan o’ralgan. Joylashishiga ko’ra birinchi bo’lgan boshlang’ich barg 
qalpoqchaga o’xshaydi, hamda barglarni o’rab turadi. Uning uchi yo’g’on va o’tkir bo’ladi. Don 
unib chiqayotganida ana shu uchi bilan tuproqni yorib yer betiga chiqadi. G’alladoshlar doning 
qalpoqchasi, odatda, fiziologik vazifasi o’zgargan urug’palla hisoblanadi. Urug’ ikkiga bo’linadi 
va marjon daraxt o’zagi orasiga olib, mahkam ushlab, ustarada bir necha yupqa kesma 
tayyorlanadi. Kesmalardan bittasi buyum oynasiga joylashtirilib, mikroskopning kichik 


ob’ektivida tekshiriladi. Don unayotgan vaqtda qalpoqchaning hujayralari shiddat bilan bo’lina 
boshlaydi va endosperm massasi ichiga kirib, uning zaxira oziq moddalarini olib o’sayotgan 
murtakka o’tkazadi. Boshlang’ich ildizcha kurtakning qarama qarshisiga jamlanadi. U 
murtakning ichki alohida ildiz g’ilofi bilan himoyalangan asosiy ildizchasi hisoblanadi. Don una 
boshlaganda asosiy ildizcha urug’ning tashqi po’stini yirtadi va shu vaqtning o’zida uning 
asosidan don ildizchalari chiqa boshlaydi. Shuning uchun don unayotganda, undan birdaniga bir 
nechta yon ildiz chiqadi. Asosiy ildiz qurib qoladi. Yon ildizchalarning rivojlanishi bilan bir 
vaqtda boshlang’ich poyacha ham o’sa boshlaydi. Bunda birinchi barglar paydo bo’ladi va 
o’simta o’sa boshlaydi. Don o’sa boshlaganda, kurtakning yashil bargchalarini qoplab nayza 
shaklini olishini aniqlab, rasmlari chizib olinadi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin