rezavor mevalardir. Qovoqlar, ya’ni meva qatining tashqi qismi qattiq bo’lgan
mevalar ham
rezavor mevalardir. (masalan, qovoq,bodring, tarvuz). Meva qatining tashqi seret va ichki qattiq
qismidan hosil bo’lgan olma, nok, behi ham shu mevalarga kiradi. Mevalarni bir biridan ajratib,
ularning qaysi tipga kirishini aniqlab, ularni ho’l
va quruq, soxta, chin meva va rezavor
mevalarga ajratib, rasmlarini daftarga chizib, nomlarini belgilang. Urug’ va ko’saklarga
taalluqli
mevalarning rasmini daftarlarga chizib olinadi. Laboratoriya mashg’ulotida xo’l mevalar
danakli va rezavor mevalarga ajratiladi, olcha va pomidor mevasini tikkasiga ikki pallaga kesib,
ko’rinishi rasm daftarga chizib olinadi.
Xulosa
qilib shuni aytish kerakki, biologik tekshirish metodlari orasida o’simliklarning
gul tuzilishi, meva va urug’ sifatini diagnostikalash (elita navlar) botanika fanining ham amaliy,
ham nazariy masalalarini hal etishda tobora keng qo’llanilmoqda. Talabalar amaliy darsni
o’qituvchining topshirig’iga muvofiq laboratoriyada o’simlikning gullarini o’rganish bo’yicha
olib boradilar. Har bir guruhdagi (4-5 kishidan iborat) talabalar topshiriq
bilan birga asbob va
materiallarni hamda undan foydalanish va ishlatish qoidasini bilib oladilar. Talabalar olingan
ma’lumotlar asosida o’simliklarning changlanish va urug’lanish
jarayonini, meva va urug’
biologiyasini o’rganish zarurligi to’g’risida xulosa chiqaradilar.
Dostları ilə paylaş: