Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Endospermsiz urug’larni tekshirish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Endospermsiz urug’larni tekshirish. Danakli o’simliklar, loviya, no’xat, mosh, urug’i olinib 
tuzilishi takshirilib, ikkiga ajratiladi, unda endosperm bor-yo’qligi tekshiriladi. Endosperm 
yo’qligi zaxira oziq moddalarning urug’pallalarda to’planganligini ko’rsatadi. Masalan, loviya 
urug’i olib qarasak, odatda, bo’yraksimon shaklda bo’lib, usti urug’ning ichki to’qimalarini 
himoyalovchi qalin po’st bilan o’ralganligini ko’ramiz. Urug’ning ichki botiq tomonida 
urug’band izi bo’lgan kichik chok bo’ladi. Chokning yonida kichik teshik-urug’ yo’li (mikropil) 
bo’ladi. Agar loviya urug’ning tashqi po’sti olinib tashlansa u osongina teng ikki pallaga 
ajraladi. Bu pallalarning ichki tomoni tekis tashqi tomoni bo’rtgan bo’ladi. Tekis tomoni bilan 
bir-biriga yondashgan urug’palla ko’rinadi. Urug’pallalar bir uchi bilan bir-birga bog’langan 
bo’ladi, ular orasida o’simta bo’ladi. Bu o’simta murtak ildizchasi deb ataladi. Bundan tashqari 
urug’palalar orasida murtak ildizchasi yaqiniga murtak kurtakchasi joylashgan. O’sish 
jarayonida murtak ildizchasi o’sib, pastga egiladi va o’simtaning asosiy ildizini hosil qila 
boshlaydi. Unda yon ildizlar hosil bo’ladi. Ayni vaqtda, murtakning kurtakchasi ham uyg’ona 
boshlaydi. Bundan urug’pallalar ajralib, kurtakning bo’yi uzayadi va undan bargli poya chiqadi 
va ikkita boshlang’ich barg hosil bo’ladi. Urug’pallalar avval tuproq ostida bo’ladi va poya
o’sgani sari urug’palla yer betiga chiqib, birmuncha baland ko’tariladi, keyin u yashil rangga 
kirib fotosintez jarayonida ishtirok etadi. O’simlik ildizi, ildiz tukchalari hamda urug’palla ostida 
ostki poya yoki gipokotil va urug’palla ostida ustki poya epikotil hosil bo’ladi. 
Ishni bajarish tartibi. Bir urug’li va ko’p urug’li quruq mevalarni tekshirish. 
Pistacha, don, yong’oq va qanotli mevalar bir urug’li quruq mevaga kiradi. Pistacha bitta urug’i 
bor bir uyali meva bo’lib, ikkita meva bargdan hosil bo’lgan meva qati bilan qo’shilib o’sadi. 
Bunga kungaboqar pistasi misol bo’ladi, donlarning meva qati urug’ga qo’shilib o’sadi. 
Masalan, bug’doy, arpa va sholi doni yong’oq mevasining qati (po’chog’i), qattiq yog’ochsimon 
bo’lib, urug’ uning ichida erkin turadi. Masalan, yong’oq, nasha va boshqalarning mevasi. 
Qanotli mevalar pistacha bo’lib, ularning meva qati bitta yoki bir necha ingichka qanotsimon 
o’simtadan iborat. Ba’zan pistacha qo’shilib o’sib, qo’shqanotli meva hosil qiladi (masalan, 
zarang mevasi). Ko’p urug’li quruq mevalarga ko’sak, qo’zoq, qo’zoqcha, dukkak kiradi. 
Ko’sak bir-biri bilan qo’shilib o’sgan bir nechta meva bargidan hosil bo’ladi, ba’zan mevaning 
uchidagi qopqoqchasi ajraladi (masalan, mingdevonadan). Qo’zoq ikki uyali cho’ziq meva bo’lib 
ikkita quruq meva bargining qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. Urug’i mevaning o’rtasidan 
o’tgan soxta pardaning chetlariga yopishib turadi. Bu meva ikki pallaga ajralib otsqiladi, 
qo’zoqcha qo’zoqqa o’xshaydi, ammo bo’yi eniga nisbatan 2,5 barobardan yuqori bo’ladi. 
Dukkak bir uyali meva bo’lib, bitta meva bargdan hosil bo’ladi. U odatda, ikkita chokdan 
ajraladi. Urug’i pallalarga yopishib turadi (masalan, no’xatda). Ayiqtovondoshlar bir uyali ko’p 
urug’li bo’lib, qorin chokidan ajralib ochiladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin