5. Oddiy soyabon
- markaziy o’q qismi qisqarib, barcha gul bandlari deyarli bir hil uzunlikda
bo’ladi. Shu sababli hamma gullar bir tekisda joylashadi (piyoz, olma, olchada).
6. Boshcha
- markaziy o’q qismi qisqargan, ikkinchi tartiblarni ham qisqa, gullari bandsiz, zich,
bir
-biriga taqalib joylashgan (sebarga, bedada).
7. Savatcha
- markaziy o’q qismi kengaygan, shakli likopcha simon, cheti o’rama barglar bilan
qoplangan, ichkari qismida ko’plab bandsiz gullar joylashgan bo’ladi (kungaboqar,
sachratqi,
bo’tako’z).
Simoz
- simpodial yoki sohta dixotmok shohlanuvchi to’pgullarning uchki qismidagi gullari
dastlab ochila boshlashi olan xarakterlanadi. Gullash tartibi yuqoridan pastga ko’rinishda
bo’ladi. Simoz to’pgullar monoxaziy, dixaziy va preyoxaziy ko’rinishlarda bo’ladi. To’pgul
morfologik tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy to’pgul gulyon bargchalar
qo’ltig’ida joylashadi yoki to’pgulning uchki shoxlarida joylashgan bo’ladi. Masalan, oddiy
boshoq, soyabon va boshqalar. Murakkab to’pgulning gullari qoplag’ich bargchalar qo’ltig’ida
to’p
-to’p bo’lib va to’pgul.1 shoxchalarining uchki qismida joylashadi. Murakkab to’pgulning
quyidagi xillari bor: murakkab boshoq-monopodial shoxlangan asosiy o’q qismida ko’plab oddiy
boshoqchalari bor.
Masalan arpa, bug’doy, javdarda. Murakkab soyabon -soyabonning har bir
gul bandi takror soyabonchalarga ega bo’ladi. Masalan, sabzi, kashnich, ukropda. Murakkab
shingil
-ro’vak asosiy o’q qismi uzun: unda ikkilamchi o’qlar
hosil qilib, mayda shingilchalari
bor. Bunga siren, uzum misol bo’ladi. Murakkab qalqoncha -bir tenglikdagi gul bandiga ega
bo’lmagan aralash to’pgul bo’lib, asosiy o’q
qismi oddiy qalqon, yon o’qlari esa savatcha
ko’rinishida qavariqbo’ladi. Masalan, Marjon daraxt butasi (buzina) va oqboshda.
Dostları ilə paylaş: