RASM
Mahsulot miqdori
Ishlab chiqarish funksiyasi
Yollanma ishchilar soni
Umumiy
xarajat
(a) Ishlab chiqarish funksiyasi
(b) Umumiy xarajat egri chizigʻi
Umumiy xarajat egri chizigʻi
Mahsulot miqdori
(a) cxizmadagi ishlab chiqarish funksiyasi yollangan ishchilar miqdori va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi. Bu yerda yollangan ishchilar miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvalda va birinchi ustunda berilgan va yaratilgan mahsulot miqdori (vertikal kesimda) ikkinchi ustunda berilgan. Ishchilar miqdori oshgan sari ishlab chiqarish jarayoni tekislanib boradi, bu qoʻshimcha mahsulot kamayishini aks ettiradi. (b) chizmadagi umumiy narx elastikligi yaratilgan mahsulot miqdori va umumiy ishlab chiqarish xarajati oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi. Bu yerda yaratilgan mahsulot miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvaldagi ikkinchi ustunda berilgan va umumiy xarajat (vertikal kesimda) oltinchi ustunda berilgan. Chekli mahsulot kamayishi tufayli, umumiy xarajat elastikligi yaratilgan mahsulot ortishi bilan koʻtarilib borgan.
Firmaning ishlab chiqarish funksiyasi va umumiy-xarajat egri chizigʻi
Endi chizma (b) dagi umumiy xarajat egri chizigʻi bilan chizma (a) dagi ishlab chiqarish funksiyasini taqqoslab koʻramiz. Bu egri chiziqlar tanganing ikki tomoniga oʻxshaydi. Ishlab chiqarish hajmi ortganda, umumiy xarajat egri chizigʻi koʻtariladi, undan farqli ravishda ishlab chiqarish funksiyasi pasayadi. Bu oʻzgarishlar bir xil sababga koʻra sodir boʻladi. Yuqori ishlab chiqarish firma ishchilar bilan toʻla ekanligini bildiradi, chunki har bir qoʻshilgan yangi ishchi kamayib boruvchi chekli mahsulot evaziga ishlab chiqarishga kamroq hissa qoʻshadi. Bundan shuni koʻrish mumkinki, umumiy xarajat kamayib boruvchi chekli mahsulotga nisbatan teskari bogʻliqlikda boʻladi. Shu sababli ishlab chiqarish funksiyasi nisbatan tekisroq. Endi bu mantiqni atroflicha koʻrib chiqamiz: firma ishchilar bilan toʻlgan boʻlsa, qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish qoʻshimcha mehnat talab etadi va bu juda qimmat. Shu sababli, qachonki ishlab chiqarish hajmi yuqori boʻlsa, umumiy xarajat ham yuqori boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |