Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


-MAVZU:ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə97/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

9-MAVZU:ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
REJA:
9.1.Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
9.2.Doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar
9.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari
9.4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar
Tayanch ibporalar: Umumiy daromad, umumiy xarajat, va foyda, yaqqol xarajatlar, chekli mahsuloti, kamayib boruvchi chekli mahsulot, oʻrtacha doimiy xarajat, oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat, oʻrtacha umumiy xarajat, Oʻsib boruvchi chekli xarajat, Qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar
9.1.Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
Iqtisodchilar odatda yuqori darajada foyda olishni koʻzlab ishga kirishadi va ular koʻp hollarda qobilyatli ishchilar topishga harakat qiladilar.Firmaning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishlaridan kelgan tushumlari yigʻindisini umumiy daromad deb ataladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun resurslarni sotib olishga toʻlanadigan firma toʻlovlari yigʻindisi umumiy xarajat deyiladi. Firma olgan daromad faqatgina uning xarajatlarini qoplashi kerak degani emas, chunki u oʻz ish faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etadi. Foyda bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirmasiga teng:
Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat
Firmaning maqsadi oʻz foydasini iloji boricha koʻproq qilishdir.Firmaning yuqori darajada foyda olishini koʻrib chiqishimiz uchun, biz uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob-kitob qilishimiz kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga koʻpaytirish natijasidir. Agar firma 10000 ta mahsulot ishlab chiqarsa, har bir mahsulotni 2$ dan sotsa, u 20000$ umumiy daromad oladi.
Firma oʻz xarajatlarini hisoblaganda, iqtisodiyotning oʻnta tamoyillaridan birini hisobga olishiga toʻgʻri keladi, yaʼni biror narsaning qiymati unga erishish uchun nimadandir voz kechishdir. Bu mahsulotning muqobil qiymati deb ham nomlanadi, ya’ni bu oʻsha birlikni qoʻshib olish uchun voz kechilishi shart boʻlgan narsalarning hammasi, deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab chiqarish xarajatlari haqida soʻz yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni muqobil xarajatlarini ham inobatga oladilar. Ba’zi firmalarning muqobil xarajatlari ochiq oydin koʻzga tashlanib turadi, boshqalarniki esa, aksincha. Masalan, firma oʻzi uchun zarur boʻlgan mahsulot uchun $1000 toʻlaydi, bu $1000 muqobil xarajat hisoblanadi, chunki firma yana biror narsa sotib olish uchun ushbu $1000dan boshqa foydalanmaydi.
Shuningdek, firma sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun malakali ishchilarni ishlatadi, firma xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi. Firmaning muqobil xarajati firmaning toʻlovlarini toʻlashi uchun kerak boʻladi va bu yaqqol xarajatlar deyiladi.
Taqqoslab qaraydigan boʻlsak, firmaning ba’zi muqobil xarajatlari noyaqqol xarajatlar deb nomlanadi va ular qoʻshimcha toʻlovini talab qilmaydi. Tasavvur qiling, firma xoʻjayini kompyuter mutaxassisi va har bir dastur uchun soatlik toʻlovi 100$ga teng. Har soat uchun firma xoʻjayini oʻzining firmasida ishlaydi, u daromaddan 100$dan hisoblaydi, va bu ham xarajatlarning bir qismi boʻlib hisoblanadi. Firmaning umumiy xarajati yaqqol va noyaqqol xarajatlar yigʻindisidan iborat.
Yaqqol va noyaqqol xarajatlar oʻrtasidagi farq iqtisodchi va hisobchilar biznesni qanchalik darajada tahlil qilishidek muhim tafovut singari hisobga olinadi. Iqtisodchilar firmaning narxlar belgilashdagi qaror qabul qilishga va mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganishga qiziqadilar. Chunki, bu qarorlar har ikkala yaqqol va noyaqqol xarajatlarga asoslanadi, iqtisodchilar firma xarajatlarini hisob-kitob qilishda ikkalasini ham hisobga oladilar. Taqqoslaydigan boʻlsak, hisobchilar firmaga kiradigan va chiqadigan yaqqol xarajatlarni hisoblaydilar. Natijada noyaqqol xarajatlar hioblanmasdan qoladi.
Yuqorida keltirilgan firmani oladigan boʻlsak, iqtisodchilar va hisobchilar oʻrtasidagi farq osongina koʻrinib turadi. Firma xoʻjayini kam pul keltiradigan kompyuter dasturchiligidan voz kechdi, uning hisobchisi buni firma xarajatlarini hisoblashda inobatga olmaydi, chunki, unga toʻlanadigan xarajat firmaning tashqarisiga chiqib ketmaydi. Bu hech qachon hisobchining moliyaviy holatini koʻrsatib bermaydi. Iqtisodchi boʻlsa, har qanday kirim-chiqim xarajatlarini hisoblaydi, chunki bu qaror muhokamasi firmaga katta foyda keltiradi. Misol uchun, firma xoʻjayini kompyuter dasturchining maoshini 100$ dan 500$ga koʻtarsa, u soatiga maoshining anchagina yuqoriligi uchun unumli ishlashi va toʻliq vaqtini kompyuter dasturchiligida davom ettirishi mumkin.Deyarli har bir biznesning muhim noyaqqol xarajatlari bu investitsiya qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning muqobil qiymatidir. Misol uchun, taxmin qilish mumkinki, firma xoʻjayini oʻzining firmasini tashkil qilish uchun oʻz fondidan $300000 ishlatdi. Agar firma xoʻjayini pulini 5foizli omonat qoʻyganida edi, u har yili $15000 dan mablagʻga ega boʻlardi. Uning maqsadi firmasiga xoʻjayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan $15000dan voz kechdi. $15000 firma xoʻjayinining noyaqqol muqobil xarajatlari hisoblanadi.Iqtisodchi va hisobchilar oʻrtasidagi farqni chuqurroq oʻrganadigan boʻlsak, uncha katta boʻlmagan narsalardan boshlaymiz. Tasavvur qilaylik, hozir firma xoʻjayini bu firmani sotib olish uchun $300000 sarflamadi, ammo, oʻrniga $200000ni bankka 5 foizli omonatga qoʻydi hamda $100000ni oʻz shaxsiy jamgʻarmalari uchun ishlatdi. Firma xoʻjayinining faqatgina yaqqol xarajatlarini hisobga oladigan hisobchisi, har yili bank krediti boʻlgan $10000ni hisobladi, ya’ni bu firmaning chiqib ketadigan summasining yigindisi hioblanadi.
Biroq iqtisodchilar fikriga koʻra, biznes boshlash uchun muqobil xarajat haligacha $15000, ya’ni kamida $15000siz biznes boshlab boʻlmaydi. Muqobil qiymat bankdan olingan qarzning foizi $10000 va jamgʻarmadagi mablagʻdan olinishi mumkin boʻlgan foiz $5000 yigindisiga teng. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodchilar va hisobchilar qiymatni har xil oʻlchaydilar, shuningdek, ular foydani ham har xil hisoblaydilar. Iqtisodchi firmaning umumiy daromadidan sotiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarni ayirish orqali firmaning iqtisodiy foydasini hisoblaydi. Hisobchi firmaning foydasini aniqlash uchun firmaning umumiy daromadidan faqatgina yaqqol xarajatlarini ayirib tashlaydi.
9.1-chizma bu farqni koʻrsatadi. Hisobchi noyaqqol xarajatlarni hisobga olmagani uchun u hisoblagan foyda iqtisodchi hisoblagan foydadan koʻproq boʻladi. Iqtisodchi nuqtayi nazaridan qaraganda, biznes daromadli boʻlishi uchun umumiy daromad barcha ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni yaqqol va noyaqqol xarajatlarni qoplashi kerak.
Iqtisodiy foyda bu muhim tushuncha, chunki, u firmani tovar va xizmatlar yetkazib berishga undaydi, koʻrib turibmizki firma ijobiy iqtisodiy foyda qilsagina, biznes dunyosida mavjud boʻladi. U barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi va firma egalarini ragʻbatlantirish uchun biroz foydaga ham ega boʻladi. Agar firma iqtisodiy zarar koʻrsagina (ya’ni iqtisodiy foyda salbiy boʻlsa) biznesmenlar barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetarlicha daromad jamgʻara olmaydilar. Agar bu holat oʻzgarishsiz davom etsa, firma egalari biznesni toʻxtatishadi va korxonani tark etishadi. Biznesda qaror chiqarishni tushunish uchun ba’zida iqtisodiy foydani kuzatib borishimiz zarur.

Iqtisodchilar firmani yuritishda qanday yoʻl tutishadi

Buxgalterlar firmani yuritishda qanday yoʻl tutishadi


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin