Termiz muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat va kimyo texnologiyalar fakulteti «kimyoviy oziq ovqat texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 52,4 Kb.
səhifə4/8
tarix08.11.2022
ölçüsü52,4 Kb.
#68038
1   2   3   4   5   6   7   8
17.Хасанова Пастеризатор

Tasnif (klasssifikatsiya)
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalari tuzilishi, ishlash prinsipi, bajaradigan texnologik operatsiyalari va ularni amalga oshirish usullariga qarab ajratiladi. Uskunalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan umumiy hususiyatlariga qarab u yoki bu guruhga birlashtirilib tavsiflanishi mumkin: ish sikli xarakteri bilan, ishlab chiqarish tizimiga mosligi bilan, mexanizmlanish va avtomatlashtirish darajasi bilan, funksional vazifasi bilan va boshqalar.
Ish sikli xarakteriga qarab uskunalar davriy va uzluksiz bo‘ladi. Davriy ishlaydigan uskunada mahsulotga ma’lum vaqt davomida ishlov beriladi, so‘ng bo‘shatiladi. Uzluksiz ishlaydigan uskunada mahsulotni yuklash (ortish), ishlov berish va bo‘shatish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Uskunaning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi u bajaradigan asosiy va yordamchi operatsiyalarning nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbatdan elib chiqqan holda uskunalar avtomatlashtirilmagan, yarim avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan turlarga bo‘linadi.
Avtomatlashtirilmagan uskunalarda yordamchi va asosiy operatsiyalarning bir qismi qo‘l mehnati yordamida bajariladi. Yаrimavtomat uskunalarda asosiy operatsiyalarni uskuna, yordamchilarni esa odamlar bajaradi.tomatlarda hamma operatsiyalar uskunada bajariladi.
Texnologik uskunaning ishlab chiqarish tizimidagi tutgan o‘rniga qarab alohida birliklari (bitta operatsiyani bajaradi), agregatlar (ketma-ket xar-xil operatsiyani bajaradi), uskunalar kombinatsiyasi (yakunlangan operatsiyalar siklini bajaradi) va potokli texnologik liniyalar (hamma operatsiyalar uzluksiz potokda bajariladi)
Sut xom ashyosiga ishlov berish usuli va ta’sir ko‘rsatish prinsiplariga qarab uskunalar funksiyasi belgilanadi. Funksional belgisiga qarab uskunalar quyidagi umumiy guruhlarga bo‘linadi: sutni qabul qilish, transportirovka qilish va saqlash uchun; sutga mexanik ishlov berish uchun; sutga issig‘lik ishlovini berish uchun; quyultirish va quritish uchun; sut va sut mahsulotlarini quyish, qadoqlash va upakovka qilish uchun. Funksional alomatlariga qarab tasniflash uskuna ish prinsipini mexanika, gidromexanika, issiqlik fizikasi, fizkimyo, biokimyo va mikrobiologiya qonunlari bilan maxkamroq bog‘lash imkonini beradi.
Bundan tashqari sut mahsulotlarining konkret turlarini ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan uskunalardan (sariyog‘ tayyorlovchi, sariyog‘ hosil qiluvchi, frizerlar, sыr uchun presslar) ham foydalaniladi)

Yüklə 52,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin