Termiz muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat va kimyo texnologiyalar fakulteti «kimyoviy oziq ovqat texnologiyalar» kafedrasi


TEXNOLOGIK QURILMALARI STRUKTURASI SINFLANISHI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI



Yüklə 52,4 Kb.
səhifə2/8
tarix08.11.2022
ölçüsü52,4 Kb.
#68038
1   2   3   4   5   6   7   8
17.Хасанова Пастеризатор

TEXNOLOGIK QURILMALARI STRUKTURASI SINFLANISHI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
Sut sanoati korxonalari qo‘l mexanatini mexanizatsiyalashtirish va uni boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiladigan uskunalar bilan jixozlangan. Sut xom ashyosini oziq – ovqat va texnik mahsulotlarga qayta ishlashdagi operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish uskunalari texnologik deb ataladi.
Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik – mexanik va boshqa xossalarini saqlagan holda faqat shaklini, o‘lchamlarini va shunga o‘xshash jixatlarini o‘zgartiradigan texnologik qurilma mashina deb ataladi. Mashinaning konstruktiv jixatdan ajralib turishi–mahsulotga mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi xarakterlanadigan ishchi organlarining borligi.
Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik–mexanik, biokimyoviy xossalarini yoki agregat xolatini o‘zgartiridigan texnologik uskuna – apparat deb ataladi. Apparat konstruksiyasining o‘ziga xosligi – mahsulot xususyatlarin o‘zgartirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan reaksion bo‘shliq (xajm) yoki ishchi kameraning (rezervuar) mavjudligi.
Bundan tashqari apparat faoliyat ko‘rsatishi uchun issiqlik va sovuqlik tashuvchi har xil suyuqliklardan (issiq suv, sovuq, yaxna suv, bug‘ va boshqalar) foydalaniladi.
Ishchi suyuqlik va ishlov berilayotgan mahsulot apparat ichida bir – biri bilan bevosita kontaktda yoki yoki kontaktsiz holda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holda, aksariyat o‘zaro ta’sir ajratib turuvchi yuza (qism) orqali (metal devor) amalga oshiriladi.
Uskunalar strukturasi (tarkibi)
Har bir texnologik uskuna birligi qo‘yidagi qismlardan iborat: staninalar (korpuslar, ramalar va b.x.k.), mahsulot soladigan (bo‘shatiladigan) moslama yoki qism, ximoya (blokirovka), uzatish va ish mexanizmlar, ishchi bajaruvchi organ va nazorat – o‘lchov asboblari. Uskuna texnik tasnifini belgilovchi asosiy qismlar uzatish qismi, ish mexanizm va ishchi organlarining o‘zaro (bog‘liqlikdagi) faoliyatidir.
Stanina uskunaning barcha qismlarini mahkamlash uchun, shu jumladan qushimcha moslamalarni (transportirovka qiluvchi, ko‘taruvchi va x.k.) mo‘ljallangan. Ba’zi bir uskuna turlarida (separatorlar va boshqalar) stanina asosiy vazifadan tashqari ishchi mexanizmni moylash uchun mo‘ljallangan moy turadigan moslama (karter) vazifasini ham o‘taydi.

Yüklə 52,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin