3-qism
Quyidagi g`azalni o`qing va 35-40 –savollarga javob bering
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko‘zni muddao Uvaysiyman,
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
35-savol
Diqqat! Javob variantlarida bir nechta to`g`ri javob ham bo`lishiu mumkin
A. G`azalda talmeh san`ati qo`llangan
B. G`azalda mumtoz adabiyotda sabr –toqat ramzi bo`lgan payg`ambar nomi keltirilgan
C. G`azal hasbi hol ruhdagi g`azal sanaladi
D.G`azaldan shoiraning dunyo tashvishlari, manfaatlari, boyliklari, orzu-havaslaridan butkul voz kechgani , umidini faqat Ollohga bog`lab unga tavakkal qilgani anglashiladi
36-40 –savol. Quyidagi baytlar va mos keladigan izohlarni moslashtiring
36-savol
1-bayt
|
A) g `azaldan shoiraning dunyo tashvishlari, manfaatlari, boyliklari, orzu-havaslaridan butkul voz kechgani , umidini faqat Ollohga bog`lab unga tavakkal qilgani anglashiladi
|
37-savol
4-bayt
|
B)So`filar maslagi, maskani shoiraga shu qadar ma`qul bo`lib qoladiki, faqir so`filar manzilgohiga kim agar ixlos bilan qadam qo`ysa , unga jonini berishga ham tayyor
|
|
Dostları ilə paylaş: |