Texnologiya darslarini tashkil etish


Kasbga yo`naltiruvchi maqsad



Yüklə 360,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix18.12.2023
ölçüsü360,34 Kb.
#184175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Texnologiya darslarini tashkil etish

Kasbga yo`naltiruvchi maqsad; 
o`quvchilarni modelyer, bichuvchilik 
kasblariga qiziqtirish. 
Darsning vazifasi;
o`quvchilarga yubkalarni farqlashni va tanlashni o`rgatish. 
Dars tipi;
yangi bilimlar berish. Darsning turi; nazariy va amaliy. 
Darsda qo`llaniladigan metodlar;
subhat, bahs-munozara, tushuntirish,kichik 
guruhlarda ishlash, klaster va “nima uchun”usullari. 
Darsning jihozi;
yubka chizmasi, andoza,gazlama,santimetrli 
lenta,chizg`ich,bo`r,qalam,mavzuga oid rangli rasmlar,plakatlar. 
Fanlararo bog`lanish; chimachilik,tibbiyot,kimyo,iqtisod. 
Darsning borishi; 
1.Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 
 “Kimning ipi ignadan o’tadi”
deb nomlanadi. Mazkur metodda sinf qizlari 
ikki guruhlarga 6-6 ta o’quvchilarga bo’linadi. Doskada igna hamda ip ushlab 
olgan qiz rasmi qo’yiladi ikkala guruhga ham alohida-alohida, ipga mavzular 
bo’yicha savollar qo’yilgan bo’ladi . Guruhlardan bittadan o’quvchilar chiqib 
birin –ketin savollarga javob beradilar. Bu savollar shu o’rinda tuguncha 
vazifasini ham bajaradi.O’quvchilar savollarga javob topsalar tugunchalar 
yechilib ip ignadan o’ta boshlaydi,savollarga javob topilmasa tuguncha 
yechilmaydi guruh ignadan ipni o’tkiza olmaydi. 


Savollar;
1. Modellashtirish nima?
2. Modellashtirish qanday chizma asosiy amalga oshiriladi? 
3. Modellashtirishda yubkaga qanday o`zgarishlar kiritiladi?
4. Yubka uchun qanday bezak materiallaari ishlatiladi?
5.yubka chizmasini chizish uchun gavdadan qanday o`lchamlar olinadi?
6. Bo`ksa chizig`I qanday aniqlanadi?
7. Yubka kengligi qaysi o`lcham orqali aniqlanadi?
8. Yubka chizmasini chizishda qanday chiziqlar ishlatiladi? 
3.Yangi mavzuni bayon qilish; Reja; 
1.Yubka chizmasini tekshirish. 
2.Andoza va gazlamani bichishga tayyorlash. 
Nazariy ma`lumot. Hurmatli o`quvchilar! Biz o`tgan darsda sizlar bilan to`g`ri 
ikki chokli yubka chizmasini chizib, o`rgandik. Endigi vazifa-yubka chizmasini 
tekshirib olishimiz kerak. Buning uchun bel kengligini,bo`ksa chizig`ini, bo`ksa 
kengligini va vitochkalarni o`rnini, chuqurligini formulalar orqali bir qator 
tekshirish chiqamiz. Yubka chizmasini tekshirib bo`lganimizdan so`ng andoza va 
gazlamani bichishga tayyorlaymiz. 
Amaliy ish. Andozani bichishga tyyorlash. Bu quyidagi 24-rasmda 
ko`rsatilgan. 

Yüklə 360,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin