Ish bajarish tartibi:
1.
Teskari tomondan to’g’nog’ich qadab belgilangan joydan ko’klab
qaviq solinadi, chokning oxiri mustahkamlanadi.
2.
Yubkaning qismlari birlashtiriladi.
3.
Yubkaning
tomonlarini birlashtirib, to’g’nog’ich qadaladi va beldan
pastga qarab bo’ksa chizig’ini bir-biriga tushirib sirma qaviq solinadi. Chap
tomonini esa beldan pastga 14-16 sm (zastyojka) tugmalash uchun qoldirib
o’sha joydan pastga qarab sirma qaviq solinadi.
Etak va bel qismini
belgilangan joydan buklab, ochiq buklov chokida ko’klab chiqiladi.
Birinchi kiyib ko’rishni o’tkazishda ko’rilgan kamchiliklar
tuzatiladi. Bunda belga kengroq tasmani taqib, yubkani kiydiriladi, old o’rtasini,
orqa o’rtasini to’g’rilab to’g’nog’ich bilan to’g’nab qo’yiladi. Tekshirish o’ng
tomondan
boshlanadi, to’g’ri kelmagan joyini bo’r bilan belgilanadi. Agar
kamchilik ko’p bo’lsa, ikkinchi kiyib ko’rish o’tkaziladi .Tekshirishda
aniqlangan kamchiliklar to’g’rilanadi (30-31- rasm). Skladka va yon qirqimlari
qanday ishlanadi? Vitochkalarning turishi,
skladkalarning tushishi, etak
qismining bir xil kenglikda qayirilishi, yon choklari va boshqalar ko’rib chiqiladi.
Masalan, vitochkano to’g’ri tikilgan bo’lsa, yana uning o’rnini belgilab qaytadan
tikiladi.
IV.
Mustahkamlash. Savollar:
1. Kiyimlar tekshirishda nimalarga e’tibor beriladi?
2. Vitochka va yon choklar qanday to’g’rilanadi?
3. Qaysiva iqtda ikkinchi marta tekshiriladi?
4. Tuzatib bo’lmaydigan xatolar ham uchraydimi?
Dostları ilə paylaş: