Аннотация:
В статье говорится об эпохе и проблеме человека в романе
Чингиза Айтматова «День века».
Ключевые слова:
Чингиз Айтматов, Манкурт, Сариозак Дашти,
Эдигей Борон, Найман она.
Annotation:
The article talks about the era and the human problem in
Chingiz Aitmatov's novel “Asrga tatigulik kun”.
Key words:
Chingiz Aitmatov, Manqurt, Sariozak Dashti, Edigey Boron,
Naiman Ona.
Valloh a’lam– Alloh bilguvchidir,
Inson esa xato qilguvchidir.
Odil Yoqubov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi
285
Yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani jahon
miqyosidagi shuhratiga yangi shuhrat qo‘shdi. “Asrga tatigulik kun” romani bilan
adib romanchilik pallasiga qadam tashladi. Asar o‘zbek tiliga adabiyotshunos olim
Asil Rashidov tomonidan mohirlik bilan tarjima qilingan. Bu o‘rinda Chingiz
Aytmatovning so‘zlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “Menga ixlos qilib, kitoblarimni
o‘zbek tiliga tarjima qilgan do‘stlarimga, ayniqsa, adabiyotshunos, tarjimon Asil
Rashidovga tashakkur aytmoqchiman. Chunki mening “Oq kema”, “Jamila”,
“Alvido, Gulsari!” kabi bir qancha povestlarimni Asiljon o‘zbekchaga xuddi men
qirgiz tilida yozganday jarangli tarjima qila oldi. Mana shuning o‘zi ham
do‘stlikning kuch-qudratidir”.[1, 244] Darhaqiqat, Chingiz Aytmatov o‘zbek
xalqining tom ma’nodagi chin do‘sti edi. Adibning ushbu romanida esa
do‘stlikning haqiqiy ifodasi sifatida O‘zbekistonning bir qancha joy nomlarining
tilga olinishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Asil Rashidov roman to‘g‘risida:
“Alvido, Gulsari!” va “Oq kema” qissalarini qamrab olgan muhim hayotiy
materiallarning ko‘lami va ularning badiiy yuksak darajada tasvirlab berilishi
jihatidan roman janriga kiritish mumkin edi, biroq yozuvchi hali bunga o‘zini
tayyor deb bilmadi, ijodning murakkab va yuksak cho‘qqilarini egallashda davom
etdi. “Asrni qaritgan kun”(Bo‘ronli bekat) romani orqali esa ana shunday
yuksaklikka ko‘tarila oldi” [1, 167] deb yozadi.
“Asrga tatigulik kun” serqatlam, tadqiqotchilar qayd etganidek, intellektual-
parabolik romandir. Asarning bunday baholanishiga sabab unda turli uslubiy-
struktur qatlamlar mavjudligi, real hayot tasviri mif-afsonalar bilan qorishib
ketganiyu turli jonivorlar roman sahnida harakat qilib, mustaqil nuqtai nazarga ega
bo‘lishi va mazkur nuqtai nazarlarning asar vujudida salmoqli o‘rin tutishidir
deyish mumkin.[2, 4] Garchi roman voqealari atigi yetti oiladan iborat kichik
temir yo‘l bekatida bir kunda bo‘lib o‘tsa-da, unda yetti iqlimni qamrab olgan
muammo, ming yillarga tatigulik xalq dardi, tashvishi ifodalanadi.
Birgina XX asrning o‘zida ikkita jahon urushi yuz berdi. Bugungi kunda
Siriya, Livan, Afg‘onistondagi urushlar natijasida qanchadan-qancha insonlar
qurbon bo‘ldi, qolaversa, bu ayanch ko‘rgiliklar tabiatdagi qurbonliklarga ham
sabab bo‘ldi. Nahotki, inson urushlarsiz, xiyonatlarsiz yashay olmasa? Buyuk ong
qudrati faqat jangu jadallar uchun xizmat qilsa? Bu kabi savollar qalbida insoniy
o‘zlik yashayotgan har bir kishini og‘ir o‘ylarga toldirishi tabiiy. Yozuvchi Chingiz
Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani ayni ana shunday o‘ylar, iztiroblar
mahsuli bo‘lib dunyoga keldi. Ushbu asarda Ch.Aytmatov beadad badiiy tafakkur
olamining, ijodiy xayolotining g‘oyat hayotiy, o‘ta dolzarb va asriy muammolar
tasviri uchun naqadar serqirra jilolanishiga guvoh bo‘lish mumkin. Romanning
bosh g‘oyasi – tinchlik, zaminiy barqarorlik, insoniy barkamollik. Asar voqealari
Inson koinotning ko‘z ilg‘amas ufqlarini zabt etishga qaratgan tafakkur qudrati
286
bilan Yer yuzida asrlarning qonli manzarasiga bois bo‘layotgan jangu jadallarni
to‘xtatish fursati yetganligini anglamog‘i lozim degan fikrga urg‘u beradi.
Asarda milliylik hislari bilan yo‘g‘rilgan dunyoviy dardlar, olamiy
muammolar bo‘y ko‘rsatadi. “Asrga tatigulik kun” romanining o‘ziga xosligi
shundaki, butun boshli bir umrning to‘kis manzarasi, shu umrga bir necha yil
yondosh bo‘lgan insonlarning taloto‘p taqdirlari, tarix qatlaridan saboqli sado berib
ezgulikka undovchi rivoyatu afsonalarning puxta syujeti, qolaversa, olis koinot
qo‘ynidagi sirli voqealar – shularning barchasi bir kun – ertalabdan to kechga
qadar bo‘lgan vaqt oralig‘i ipiga juda mohirona tiziladi. Asar nomi ham shunga
ishora qiladi: “Asrga tatigulik kun”. Chindan ham bu kun o‘zida hayot mazmuni,
tiriklik tayanchi haqidagi zalvorli o‘ylar, olam va odam to‘g‘risidagi, insoniyatning
hatto o‘zi kashf qilgan kuchli texnikalar kompyuteru moslama bilan ham baribir
ruhiyat sirlari oldida ojizligi borasidagi so‘ngsiz iztiroblarni jamlagani bois asr
bilan bo‘ylashgulik qiymat qasb etadi. Roman tarjimoni Asil Rashidov aynan
asarning sarlavhasiga so‘z tanlashda g‘oyat nozik badiiy did bilan yondashganini
ham alohida ta’kidlash lozim.
Romanda Edigey Bo‘ron va uning sinovlarga to‘la hayoti akslanadi, balki
agar har bir inson Edigey kabi mardona, faqat insoniy o‘y-xayollar bilan yashay
olsa, o‘tayotgan umri haqida o‘zini butun borliqqa aloqador deb bilib, mushohada
qila olsa, asrlarga tenglashadigan kunlar ko‘payaveradi degan ilinj, umid yashirin.
Yozuvchining asl niyati ham shu aslida. U insoniyatdan asrga tatiydigan
kunlarning ko‘pini kutadi. Zotan, borliq jonzotlari ichra faqat insongina o‘tmishi,
bugungi, ertasi haqida o‘ylashga, o‘zni, o‘zligini, hayot mazmunini anglashga,
tiriklik va o‘lim haqida tafakkur qilishga qodirdir.
“Asrga tatigulik kun” - bu nom faqat Edigey Bo‘ron hayotigagina tegishli
bo‘lgan kun borasida so‘zlaydi. “Asrga tatigulik kun” – bu nomda har bir odamzot
nasliga beriladigan yashash tilsimini anglash, o‘ziga o‘zi baho berish, inson kabi
fikrlab, insoniy tafakkur qilish va kunlarida asr qudratini his qilish imkoniyati
mavjud.
Ch.Aytmatovning biror-bir asarida epigraf yo‘q. Lekin “Asrga tatigulik kun”
romaniga yozuvchi boshqa asarlaridan farqli o‘laroq epigraf tanlagan:
Bul kitob jismu fig‘onimdir mening,
Bu kalom jonu jahonimdir mening.
X asrda yashagan gruzin shoiri Grigor Narikatsining “Musibatnoma”
asaridan olingan bu ikki misra romanning butun mohiyati va ruhiyatiga to‘la mos
tushgan. Negaki, roman voqealar tizimidagi har bir lavhada inson dardi, qismat
bilan olishuvi, iztirobu fig‘onlari murosasiz tasvirlanadi. Go‘yo shu ikki misra asar
voqealari tegrasida parvoz qilganday, qahramonlar tiliyu dilida sadolanganday
bo‘ladi. Bu esa asarning badiiy ta’sir qudratini yanada oshirishga xizmat qilgan.
287
Ch.Aytmatov bu romanida ham o‘ziga xos ijod usulidan foydalangan: “Oldingi
asarlarimda bo‘lgani kabi bu gal ham o‘tmish ajodlardan bizga meros qolgan
afsonalarga, ertaklarga, rivoyatlarga tayangan holda ish tutdim”.[3, 8] Raymali
og‘a va Nayman ona haqidagi rivoyatlar asosiy syujet chizig‘iga g‘oyat mahorat
bilan ulanadiki, agar bu rivoyatlar asar matnidan olib tashlanadigan bo‘lsa,
romanning salobatli syujet imorati kunpayakun bo‘lishi tayindir. Chunki yozuvchi
ularning asar hodisalari qatiga singdirishga, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi
vobastalikni teran anglashga erisha olgan. Roman bosh voqealari bilan
omuxtalanib ketgan o‘tmish rivoyatlarning mantig‘i, ta’sir kuchi bugungi hodisalar
fonida yanada ortiqroq ahamiyat kasb etadi.
Asarda Sario‘zak, Nevada kosmodromlari, “Paritet” fazoviy kemasi,
insoniyat erishgan taraqqiyotdan ancha ilgarilagan koinotning olis burchagidagi
To‘qayto‘sh sayyorasi bilan bog‘liq tasvirlar alohida syujet – fantastik voqelikka
birlashtirilgan. Albatta, yozuvchining asosiy maqsadi fantastik to‘qimadan
foydalanish emas, balki shu hayotiy bo‘lmagan voqealar orqali zamindagi
chinakam ahvolni ko‘rsatishdan iborat edi. Chingiz Aytmatov garchi bunday syujet
yaratishga birinchi bor uringan bo‘lsa ham, debyut hodisa sifatida hech qanday
kamchilikka yo‘l qo‘yilmagan. Yozuvchi o‘z fantastik to‘qimalarini shu qadar jonli
tasvirlaydiki, kitobxon ularga asl haqiqat kabi ishonadi. Bu esa kitobxonning asar
tasvirlarining biron o‘rnida qoqilmasligiga, romanning yengil o‘qilishiga sabab
bo‘ladi.
Asar voqealari Qozog‘istonning Sario‘zak degan cho‘lidagi “Bo‘ronli”
bekatida bo‘lib o‘tadi. Yozuvchi Sario‘zak cho‘lining tarixi bir necha asrlarga
borib taqalishi haqida bir o‘rinda qisqagina to‘xtalib o‘tadi: “… ellik uchinchi yil
arafasida bo‘ronliklar haqiqiy bayram qildilar. Bayramni Quttiboevlar oilasi
boshlab berdi. Yangi yil tayyorgarligiga Edigey kechroq kelib qo‘shildi. Hamma
narsa Quttiboevlar oilasi bolalarga atab archa yasatmoqchi bo‘lishganidan
boshlandi. Archani qaerdan topishadi? Sario‘zakda dinozavr tuxumi topilsa
topiladiki, archa topilmaydi. Yelizarov geologiya so‘qmoqlarida yurgan
choqlarida bundan million yillar ilgari yashagan dinozavr tuxumini Sario‘zakdan
topib olgan-ku, axir!”.[1, 173] Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Sario‘zak
cho‘lining ham million yillarga tatigulik tarixi borligini yozuvchi keltirib o‘tadi.
Yoki Elezarovning Sario‘zak cho‘li haqida “Sario‘zak cho‘li – tarixning unitilgan
kitobi” deb aytgan jumlalarining o‘ziyoq fikrimizga dalil bo‘la oladi. Chunki
markazdan juda olisda va hech kimning nazariga tushmaydigan bu maskan
umumiy hayot oqimidan chetda qolgan, lekin o‘ziga yarasha ichki bir bo‘ron bilan
yashaydi. Bu yerning jazirama issig‘iga, “Bo‘ronli” bekatining bo‘ronli
izg‘irinlariga (bekatning nomi ham shundan kelib chiqqan) yoki Sario‘zak
cho‘lining quturgan shamollariga chidash uchun odamning joni mingta bo‘lishi
288
kerak.
Chingiz Aytmatov – xarakter yaratishga usta yozuvchi. Chunki u hayotni
sezgirlik bilan kuzatadi. Insoniy fazilatlarni yorqin chizib berishga harakat
qiladigan hayotiy konfliktlarni tanlaydi.
Ayrim shaxslarning ziddiyatli ruhiy kechinmalari, ularning ijtimoiy ong
shakllari bilan, ayni vaqtda, ro‘y berayotgan siyosiy voqealar bilan chambarchas
o‘zaro aloqasi – har bir badiiy asarning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Chingiz
Aytmatov asarlari dolzarbligi, o‘tkir siyosiy muammolarni ko‘tarib chiqqanligi
bilan xarakterlidir. Tasvirlanayotgan voqealarning markazida tarixiy hodisalarning
o‘zi emas, balki shu hodisalar ta’sirida inson ichki dunyosining tarkib topishi
haqida so‘z boradi.[4, 2]
Bu bekatda Sario‘zak dashtining bor injiqliklariga matonat bilan chidab
yashayotgan sakkizta xonadondan iborat temir yo‘l ishchilarining mo‘jazgina
Bo‘ronli qishloqchasi bor. Asar qahramonlari shu bekatga taqdir taqozosi, qismat
mashaqqatlari sabab kelib qolgan oddiy temir yo‘l mehnatkashlari. Ularni shu
temir izlar birlashtiradi va shu temir izlar ajratadi. Yozuvchi yana voqealar
tasvirini bayon qilishda o‘ziga xos betakror usuldan foydalanadi, ya’ni har bir bosh
lavha muqaddimasida quyidagi jumlalarni keltiradi:
“Bu o‘lkalarda poezdlar mashriqdan mag‘ribga tomon, mag‘ribdan
mashriqqa tomon paydar-pay qatnab turadi...
Temir yo‘lning ikkala tomonidan yovshanzor bilan qoplangan hayhotday
dashtlik – Sario‘zak, o‘rtacho‘l yastanib yotadi". Asarning boshidan to oxiriga
qadar 12 o‘rinda ta’kidlangan bu jumlalar roman ohangini paydo qiladi go‘yo. Bu
ohangda poezdning bir maromdagi taraq-turuq va Sario‘zak dashtida esayotgan
kuchli shamolning temir izlarga urinib, bo‘g‘iq ingrashi uyg‘unlashadi. “Asrga
tatigulik kun” ning mungli musiqasi paydo bo‘ladi. Bu kuy asarning har sahifasida,
har misrasida, har so‘zida sadolanib turadi va kitobxon ruhiyatini asardagi
qahramonlar ruhiyatiga yaqinlashtiradi. Bu esa romanning o‘quvchi qalbidan
chuqur joy olishiga, undagi g‘oyalarning o‘quvchi dunyoqarashiga oson singishiga
va ijodkor tuyg‘ularini to‘la anglashiga yordam beradi.
Ushbu romanning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shundaki, yozuvchi asarni
kirish so‘z bilan boshlagan. “Muallifdan” nomi ostida keltirilgan bu kirish so‘zda
Ch.Aytmatov o‘z asarining bosh g‘oyasi, muammolar qamrovi va eng muhimi
bosh qahramon bilan tanishtiradi: "Edigey Bo‘ronni davrimizning charhi olam
mehvariga – o‘zimni hayajonga solayotgan muammolarning markaziga qo‘yib
tasvirlashga intildim".[3, 7] Donishmandlar chinakam baxtga eltuvchi yo‘l bitta, u
ham bo‘lsa, mehnat yo‘li ekanligini ta’kidlashgan. "Asrga tatigulik kun"da ana shu
mehnat yo‘lining zahmatkash yo‘lovchilari qadr-qimmat, baxt izlovchilari bo‘lgan
insonlar taqdiri yoritilgan. Jumladan, Edigey Jongeldin. Asarning dastlabki
289
tasvirlarida oltmish bir yoshga kirgan bo‘lsa ham, hali ancha bardam, umrining
o‘ttiz ikki yili, o‘ttiz ikki bahoru qish bilan yaydoq dashtu temir izlar hukmron
bekatga achchig‘u shirin xotiralar bilan bog‘langan, hayotini mehnatdan ayro
tasavvur qilolmaydigan oddiy temir yo‘l ishchisi sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Kitobxon
bu o‘rinda "yozuvchi oltmishdan oshgan chol bilan nima karomat ko‘rsatmoqchi"
degan o‘yga borishi ham mumkin. Ammo yozuvchi karomat ko‘rsata oladi. Bu
karomat oltmish bir yoshli cholning xotiralari, o‘tmish saboqlari, boshdan
kechirgan kechmishni kitobxon ko‘z oldida gavdalantirish, xulosani o‘quvchi
haddida qoldirishda edi. Voqealar ibtidosidayoq Edigey taqdir tuhfa qilgan noyob
inson – haqiqiy, chin ma’nodagi do‘sti, qalbini, fikrlarini tushuna oladigan,
dunyoqarashini hurmat qiladigan maslakdoshi Kazangapdan doim muzaffar o‘lim
sabab ajraladi. U to o‘lim ajratmaguncha do‘stlik sadoqatini dog‘ tushirmay
saqlagan bebaho do‘st edi. Edigey Kazangapni vasiyatiga ko‘ra Ona Bayit
qabristoniga dafn qilmoqchi bo‘ladi. Dafn marosimi sabab Ona Bayitga tomon
boshlangan yo‘l – Edigeyning xotira yo‘liga aylanadi. Chunki u yo‘l davomida
butun umrini, iztirobu quvonchlarini esga oladi. Ayni shu xotiralar sabab asar
syujeti tiklanadi. Edigey oltmish yillik xotirani ag‘dar-to‘ntar qilib, topganlari va
yo‘qotganlari haqida hosil qilgan xulosalari asar mag‘zining to‘qlashishiga olib
keladi. O‘quvchi bu kechmish lavhalaridan zerikmaydi, balki inson hayotidagi har
bir hodisa oliy maqsad - o‘zikni anglash sari berilgan taqdir turtkisi ekanligini
anglaydi. Edigey Bo‘ron xarakteriga xotiralar turfa chizgilar tortadi. Unda vijdonli
vatanparvar, ishchi, jangchi, mehribon er, kuyunchak ota, munosib do‘st, ta’masiz
oshiq va e’tiqodida sobit shaxs xarakterlari umumlashadiyu, kitobxon ko‘z oldida
haqiqiy Inson siymosi gavdalanadi.
Dengiz bilan sirlashib, to‘lqinlar bilan tillashib, Orol bo‘yida ulg‘aygan
Edigey Jongeldin urushga ketib, frontdan kontuziya kasaliga uchrab qaytadi.
Qadrdon zaminida taqdir uni ikkinchi zarba farzand dog‘i bilan kutib oladi.
Urushning haqiqiy dahshatini janggohda emas, undan ancha olis uyida tuyadi.
Ham jismi, ham qalbi xastalangan Edigey xotini Ukkubola bilan Oroldan ketishadi.
Qismat ularni Kazangap bilan to‘qnashtiradiyu olis Sario‘zak sari boshlaydi. Ular
hayotini yaydoq dashtda sinovlarga qasama-qasd qayta qurishadi, yashash uchun
kurash yo‘lida bir qadam ham ortga chekinishmaydi. Edigey ba’zilar bir yil ham
bardosh berolmaydigan Sario‘zakning ayovsiz jaziramasiyu shafqatsiz qahratonida
baxtini topadi, umr mazmunini anglaydi, o‘zini inson sifatida qayta kashf etadi.
Qozog‘istonning olis burchagidagi biyobonda, shamolu bo‘ronlar hukmron
bekatda poezdlarning batartib qatnovini ta’minlayotganidan, aynan u sabab temir
g‘ildiraklar manzil sari bir maromda yo‘l olayotganidan faxrlanadi. Bu ishni
dunyodagi eng olijanob, shu bilan birga eng zahmatli ish deb biladi. Negaki,
"Sario‘zak dashtlarida ishlaydigan odamning joni mingta bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa
290
sho‘ri quriydi" (16-bet). Edigey esa jonini mingta qilolgan, dashtga, uning bor
injiqliklariga ko‘nika olgan inson edi. Shu sabab u Bo‘ronlini vatan qildi, shu
yerga ildiz otdi. U o‘z ishini shunchaki emas, balki vijdonan amalga oshiradigan
o‘ta halol temir yo‘l ishchisi edi. Mehnatdan qochmagani, tiriklikni ta’minlovchi
qudratni mehnatda deb bilgani uchun u oddiy ishchi Edigey Jongeldindan Edigey
Bo‘ronga aylanadi. Bu nom unga, birinchidan, tabiatining bo‘rondek bo‘ysunmas,
tanlagan yo‘lida, dunyoqarashida g‘oyatda sobit ekanligi uchun, ikkinchidan esa
Bo‘ronli bekatiga sodiq qolgani uchun berilgan edi. Edigey millatini, xalqini,
milliy an’anayu urf-odatlarni, asriy qadriyatlarni benihoya hurmat qiladigan, ular
bilan faxrlanadigan haqiqiy yurt farzandi. U vatanini jannatmakon go‘shalarda
emas, balki olis, inson yashashi mumkin bo‘lmagan – yozda kuydirib jizg‘anak
qiluvchi jazirama, qishda esa beshafqat qahraton sovuq, qorli bo‘ronlar hukmronlik
qilgan temir yo‘l bekati – Bo‘ronlida yashab, poezdlargina tinchini buzmoqqa
qodir poyonsiz Sario‘zak dashti timsolida sevardi, beg‘ubor beta’ma sevardi. U
uchun vatanning o‘zi mavjud bo‘lgan bugunigina emas, balki rivoyatu
afsonalarning sirli qatlarida yashab kelayotgan o‘tmishi, kechmish-kechirmishi
ham g‘oyat qadrli edi. Shu sabab u yurt tarixining bir bo‘lagi bo‘lgan Ona Bayit
qabristoni taqdiridan chinakamiga tashvishga tushadi. Uzoq yo‘l yurib,
Kazangapning so‘nggi vasiyatini ado qilish istagida Ona Bayit tomon kelgan
Edigeyni baland simto‘siqlar qarshi oladi. Bizningcha, simto‘siq – bu ramz,
millatni mingyillik tarixidan, milliy o‘zlik asosi bo‘lgan qadriyatu marosimlardan
mosuvo qilish, ajratish ramzi. Sho‘ro hukumati o‘z mustabidona siyosatining
kutilgan natijaga erishishi uchun tanlagan eng qabih usuli mahalliy aholini tarixi,
dini, muqaddas qadamjolari, e’tiqod qo‘ygan bari-bari narsasidan mahrum qilish
bilan zamonaviy manqurtlarni tarbiyalamoqni ko‘zlagan edi. Edigey esa Ona Bayit
qabristonining shunchaki yangi mikrorayon qurilishi uchun tugatilmayotgani
(ajdodlar xoki, xotirasi uzra avlodlarning o‘z mashiatlari uchun bino solmoqlari –
qandayin dahshat, qiyossiz qiyomat bu!), balki o‘sha siyosat ko‘zda tutganlarining
amalga oshishi uchun izchil harakat ekanini tushunadi. Ona Bayitdan ajralish,
do‘stini vasiyat qilgan mozoriga emas, Malaqumdichop jarligidagi bir tepalikka
dafn qilishgani uni iztirobga soladi: “Nayman Ona orom olayotgan tabarruk
qabristonimizdan bundan buyon mahrum etilganimiz uchun suyagim qaqshaydi”.
Ammo u taslim bo‘lmaydi, Kazangap ruhiga so‘z beradi: “Seni Ona Bayitga dafn
etolmaganimiz uchun biz aybdor emasmiz. Ammo xafa bo‘lma, bu ishni men
shundayligicha qoldirmayman. Qaerga borish lozim bo‘lsa, boraman. Ko‘zim tirik
ekan, jim turmayman. Aytadiganimni aytaman ularga!” [3, 273] Asarning butun
ruhiyati mana shu so‘zlar tufayli ko‘tariladi.
Aytmatovshunoslarning ko‘rsatishicha, “Manas” eposidagi “Manqurt
afsonasi” Chingiz Aytmatov e’tiborini tortgan folklor obrazlari talqinidagi tipik
291
transrormatsiya namunasi bo‘lib, “Asrga tatigulik kun”, “Oq kema”, “Qiyomat”,
“Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar”da va boshqa bir necha asarlarida ham folklor
motivlariga suyangan adib, uning yangi talqinini yaratdi.
Kitobxon millatni asrash, uning saboqbergich tarixini avaylashga qodir
inson borligidan, demakki, hammasi yaxshi bo‘lishi uchun umid ustg‘onchanidan
yorug‘lik tuyadi. Edigey Bo‘ronga o‘xshash e’tiqodida sobit, so‘zda emas, amalda
vatanparvar haqiqiy Insonlar bor ekan, millat ham, tarix ham yashaydi – uni hech
kim, hech qanday kuch yo‘qotib tashlolmaydi – asar ana shunday yorug‘ ishonch,
so‘nmas umid bilan nihoyalanadi.
Dostları ilə paylaş: |