Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 
1.
Rashidov A. Chingiz Aytmatov olami. – T.: O‘qituvchi. 2011 y. 289-bet. 
2.
Suvon Meli. “Asrga tatigulik kun”: romon badiiy strukturasining ayrim 
xossalari. O‘zbek tili va adabiyoti. 2010 y. 2-son. 115-bet. 
3.
Aytmatov Ch. Asrga tatigulik kun, Qiyomat, – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989 y. 370-bet 
4.
Qorayev S. “Insonparvar adib, Ma’rifat” gazetasi, 2010 y. 21- dekabr. 
 
 
SHARQ ADABIYOTIDA SHIRIN OBRAZI AN’ANASI VA UNING 
ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDAGI TAKOMILI
X.Xolmurodov 
Jizzax DPU katta o’qituvchisi 
Annotasiya:
Ushbu maqolada o’zbek mumtoz she’riyatida tasvirlangan 
Shirin obrazining kelib chiqish tarixi, Sharq adabiyotida talqin etilishi an’analari, 
Alisher Navoiy lirik merosida ifodalanish asoslari, timsolning g’oyaviy-badiiy 
xususiyatlari, bu obrazning transformasiyasi va shu jarayonda yuzaga kelgan 
o’zgarish-yangilanishlari natijasida o’ziga xos talqinlari ochib beriladi.
Kalit so’zlar: 
Sharq adabiyoti, an’anaviylik va yangilik, Xusrav va Shirin 
an’anasi, Farhod qissasi, badiiy obraz va timsol, Alisher Navoiy she’riyati, obraz 
transformasiyasi, badiiy ifoda va tasvir, poetik vazifa, epik-lirik talqin.
Аннотация: В данной статье описана история происхождения образа 
Ширин в узбекской классической поэзии, традиции его трактовки в 
восточной литературе, основы выражения в лирическом наследии Алишера 
Навои, идейно-художественная характеристика образа, раскрывается 
трансформация этого образа и его уникальные интерпретации в результате 
изменений и обновлений, происходивших в этом процессе. 
Ключевые слова: Ключевые слова: восточная литература, традиция и 
новаторство, традиция Хусрава и Ширин, история Фархада, художественный 
образ и символ, поэзия Алишера Навои, трансформация образа, 


292 
художественное выражение и образ, поэтическая задача, эпико-лирическая 
интерпретация. 
Abstract: In this article, the history of the origin of the image of Shirin 
described in Uzbek classical poetry, the traditions of its interpretation in Eastern 
literature, the basis of expression in the lyrical heritage of Alisher Navoi, the 
ideological and artistic characteristics of the image, the transformation of this 
image and its unique interpretations as a result of the changes and updates that 
occurred in this process are revealed. 
Key words: Eastern literature, tradition and innovation, tradition of Khusrav 
and Shirin, story of Farhad, artistic image and symbol, Alisher Navoi's poetry, 
image transformation, artistic expression and image, poetic task, epic-lyrical 
interpretation. 
Alisher Navoi she’riyatida muhim o’rin tutgan badiiy timsol-obrazlardan biri 
Shirin obrazi hisoblanadi. Uning badiiy ijodda paydo bo’lishi va tasvir etilishi 
taraqqiyoti uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. U Amir Xusrav Dehlaviy “Xusrav 
va Shirin”, Nizomiy Ganjaviy “Shirin va Xusrav”, Alisher Navoiyning “Farhod va 
Shirin” masnaviy-dostonlari bosh qahramonlaridandir. SHu o’rinda aytish kerak, 
sarlavha-kompozision markaz asar poetikasida asosiy rolь o’ynaydi. Xususan, 
Shirin haqidagi asarlarda ham sarlavha asar mazmun-mohiyati va bu obrazning 
egallagan mavqei bilan birga talqin haqiqatiga binoan tanlanganligi namoyon 
bo’ladi. Alisher Navoiy talqinidagi shohlik va oshiqlikning bir o’zanga sig’dirib 
bo’lmasligi mantig’idan kelib chiqib amalga oshirilgan syujet va timsol yaratish 
masalasi Farhod va Shirin sifatida sarlavha tanlashga chorlagan bo’lsa, Dehlaviy 
shoh Xusravga, Ganjaviy esa Shiringa e’tibor bilan qaraganidan sarlavha kelib 
chiqadi. Masala shundaki, ayrim qarashlarga ko’ra, Shirin obrazi talqini 
Farhoddan oldin ijod olamida paydo bo’lgan va Alisher Navoiygacha yaratilgan 
asarlarda ham mavqe-o’rin jihatlardan ilgarigi saflarda tasvirlanadi. 
Adabiyotshunos S.Erkinov fikricha, “Shirin qadim mifologik qarashlarda tilga 
olinadi. Uning ildizlari “Avesto”dagi to’kin-sochinlik va suvga homiylik qilgan 
ma’buda Ardvisura Anaxitaga borib taqaladi. Xusrav Parvezning xotini Shirin 
nomi bilan tarix asarlarida faqat Shirin tarzida emas, balki Sira shaklida ham 
uchraydi. Bu Ardvisura Shirin shakliga ega bo’lgunga qadar Sura, Sira deb 
atalganiga asos bo’ladi. Buning sabablaridan biri Shirin butun tarix davomida suv 
tarafdori, suv qahramoni sifatida namoyon bo’lishidadir” (6.45);. Bu jihatdan 
Farhodning ham “Mitra, Ardvisura kabi ma’budlar qatori er osti dunyosining 
qadimgi xudosi, quruvchi va toshtaroshlar homiysi”, “mehnat kulьti bilan bog’liq” 
(6.34); mifologik timsol ekanligi hisobga olinsa va lirik talqinlarda ham asosan 
“tog’ qazish va suv chiqarish” epizodi ramziy-majoziy ifodasi uchun xizmat qilishi 


293 
nazarda tutilsa, Farhod va Shirin badiiy-afsonaviy timsollari qadimdan insoniyat 
asriy orzulari ifodasi bo’lib kelganligini ko’rsatadi. SHuning uchun og’zaki 
adabiyotlarda ham Farhod qissa-afsonasiga bag’ishlangan asarlar bunyod 
etilganligi tabiiy bir holatdir. Jahon ijodiy an’analarida mavjud bo’lgani kabi 
muayyan motivning mifologiyadan folьklorga va og’zaki adabiyotdan yozma 
adabiyotga rang-barang o’zgarishlar bilan ko’chishi, yangi talqinlarga uchrashi 
ayni mavzu ifodasiga ham xosdek tasavvur uyg’otadi. SHuningdek, Shirin 
obrazining ilk bora “Avesto” singari manbalarning afsonaviy-mifologik 
qarashlaridan oziqlangan va o’zida mifik timsollarni aks ettirgan Firdavsiyning 
buyuk “Shohnoma”sida talqini ham bu fikrni ma’lum ma’noda quvvatlaydi. Shuni 
aytish kerakki, Sharq mumtoz adabiyotida Shirin va u bilan bog’liq Xusrav, Farhod 
obrazlari ham talqinlarda biri-birini takrorlamaydigan darajada o’ziga xosliklarga 
egadir. Bu yuqorida aytganimiz xamsanavislar asarlari sarlavhalaridan boshlab, 
syujet chiziqlari va obrazlar ifodasigacha bo’lgan barcha masalalarda ko’rinadi. 
Manbalarda Shirin siymosi milliy va diniy mansubligiga ko’ra nasroniy, rumlik, 
armani, oromiy va forsiy ma’shuqa sifatida tasvirlanadi. Adabiyotshunos 
S.Tohirov mavjud manbalarga tayanib “Eron shohi Xusrav va uning sevikli 
malikasi (kanizagi) Shirin haqida dastlabki ma’lumotlar vizantiyalik tarixchi 
Feoflavt Simokattaning “Tarix” kitobida uchraydi. Simokatta Shirinni nasroniy 
diniga mansub bo’lgan Rum qizi sifatida tanishtiradi. Anonim (muallifi noma’lum) 
suriya salnomasida Xusrav haqida ma’lumot berilib, uning nasroniy diniga mansub 
bo’lgan ikki xotini – Shirin va rumlik Mar’yam bo’lganligi qayd etiladi. VII asr 
arman tarixchisi Sebeosning “Sebeos tarixi” kitobida Xusrav Parvez va Shirin 
haqida hikoya qiluvchi maxsus fasl bo’lib, unda Shirinning sosoniylar davlatiga 
qarashli bo’lgan Huziston viloyatidan bo’lganligi aytilgan”, - deydi (7.26);.
Ma’lumki, Sharq mumtoz adabiyotida ma’shuqaning tarso-nasoro timsolida talqin 
etish masalasi bir qancha asarlarda ko’zga tashlanadi. Buning yorqin misoli 
Fariddiddin Attor va Alisher Navoiy ijodidagi Shayx San’on qissasidir. Qaysi 
ma’noda tasvir etilmasin, mumtoz adabiyot va she’riyatda Shirin husnu latofatda 
tanho go’zallik timsolida talqin etiladi. Gap shundaki, Xusrav – Shirin – Farhod 
uchligi tizimida asar mazmun-mohiyatiga ko’ra obrazlar etakchiligida o’rin 
almashinadi, ular orasidagi munosabatlar shu mavzu doirasidagi asarlar motivini 
belgilab beradi. Ulug’ xamsanavislar Ganjaviy, Dehlaviy, Navoiy ushbu mavzuni 
beshlikning ikkinchi o’rniga joylashtiradi. Abdurahmon Jomiy ijodida uning 
o’rniga “Yusuf va Zulayho” dostoni kiritilgan bo’lsa-da, Shirin obrazi e’tiborsiz 
qolmagan edi. Fikrimizcha, Jomiy ilohiy ishq va komillik masalasini aynan “Yusuf 
qissasi” talqinida ko’radi va maxzarni Yusuf timsolida ifodalaydi.
Ulug’ ozor murafakkiri Nizomiy Ganjaviy Shirin obrazini “Xamsa” 
tarkibiga birinchi bo’lib olib kirishi bilan birga uning timsolida ancha murakkab 


294 
xarakter timsolini yaratadi. Unga ko’ra, Shirin Barda’ malikasi, u boshidan 
Madoyin shahzodasi Xusrav bilan ishq-sevgi mojorasini o’tkazadi. U Barda’ 
hukumdori Mehinbonuning nihoyatda go’zal jiyani edi. Xusrav u haqidagi xabarni 
rassom Shopurdan eshitadi va unga beixtiyor ishq qo’yadi. Shopur sovchi bo’lib 
boradi va Xusravning o’zi chizgan rasmini Shiringa ko’rsatadi. U Madoyinga 
keladi. Bu vaqtda Xusrav otasi bilan nizolashib qochib ketgan edi. Shirin shu erda 
toshloqdan qurilgan qasrda yashay boshlaydi. Xusrav otasi Xurmuz vafot etgach, 
taxtga o’tiradi. Biroq Bahrom Cho’binning qarshiligiga duch kelib, Rum 
qaysaridan madad so’rashga majbur bo’ladi va uning qizi Maryamga uylanib, 
Shirinni unutadi. Shirin hijron azobida qoladi va Mehinbonu huzuriga boradi. Bu 
vaqt Mehinbonu o’lim to’shagida yotardi, Shiringa hukumronlikni topshiradi. 
Shirin hatto taxtni ham unamaydi, uni vorisiga topshirib Madoyinga keladi, tosh 
qasrda yashaydi, sutga o’rgangan Shirin sut yo’qligidan qiynaladi. Shu munosabat 
bilan Farhod doston syujetida paydo bo’ladi. Shiringa sut arig’i qazish va 
muhandis Farhodni yordamidan foydalanish zarurati yuzaga keladi. Farhod ishni 
boshlaydi va nogahon Shirinni ko’rib, unga oshiq bo’lib qoladi. Bundan 
g’azablangan Xusrav Farhodni hiyla bilan o’ldirtiradi. Bu orada Maryam vafot 
etadi, Xusrav isfahonlik go’zal Shakarga uylanadi, Shirinni unutolmay Madoyinga 
keltirtiradi. Xusravning Maryamdan bo’lgan o’g’li SHeruya Shirinni yaxshi ko’rib 
qoladi va otasini o’ldiradi, Shirin Xusrav maqbarasida o’zini halok qiladi. Shu 
tariqa Nizomiy dostonida masalalar sarguzashti bosh obraz Xusrav atrofida 
kechadi, Shirin unga oshiq bo’lgan shaxs sifatida tasvirlanadi, Farhod esa faqat sut 
arig’i qazish epizodida ishtirok etadi, xolos. Ko’rinadiki, asarda Shirin Farhodga 
qaraganda faol va unga pinhoniy ma’shuqa tarzida keltiriladi. Shu bois ham asar 
“Xusrav va Shirin” deb ataladi. “Xusrav va Shirin”dan keyin oradan bir asrdan 
ziyodroq vaqt o’tgandan so’ng yozilgan Amir Xusrav Dehlaviyning “Shirin va 
Xusrav” dostonida voqeliklar, xususan, Shirin obrazi talqini ham jiddiy 
o’zgarishlar bilan dunyo yuzini ko’rdi. Nizomiy Ganjaviy dostonida voqealar 
Xusravning tug’ilishi bilan boshlangan bo’lsa, Dehlaviy asarida Xusrav Parvezning 
taxtga o’tirishi bilan syujet boshlanadi. “Xusrav va Shirin”da Xusrav otasiga qarshi 
qilgan harakatlari o’z boshiga ham o’g’li Sheruya tomonidan tushiriladi. Xusrav 
ishq masalasida ham sobit turmaydi. Shuning uchun ijodkor uning xarakterida 
murakkab bir taqdirni aks ettiradi. Gap shundaki, zikr etilgan dostonlarda asosiy 
obrazlarning deyarli barchasi ishtirok etadi. Biroq xarakter ifodasida, talqinlarda, 
obrazlar o’rnida va buning natijasida kelib chiqadigan g’oyaviy-mazmuniy 
masalalarda ayrolik vujudga keladi. Shu bois ushbu dostonlar obrazlari o’z ifoda 
maqsad va iroda ko’rinishlari bilan alohida asarlardir, unda obrazlar 
transformasiyasi ham, syujet modifikasiyasi ham shuni talab qiladi. Dehlaviy 
talqiniga ko’ra, Xusrav Bahrom Cho’bindan qochib ketishga majbur bo’ladi. Bir 


295 
kuni Xusravga hamrohlik qilgan rassom Shopur Armaniston malikasi Shirinning 
suratini ko’rsatadi. Xusrav ovda Shirinni uchratib unga oshiq bo’lib qoladi va o’z 
navbatida Shirin ham unga xayrixohlik bildiradi. SHu o’rinda ko’rinadiki, Shirin 
“Shohnoma” va boshqa manbalarda past tabaqa vakili sifatida tasvirlangan bo’lsa, 
keyinchalik malika timsolida talqin etiladi. Xusrav Rum malikasi Maryamga 
uylanishi unga katta nufuz olib keladi. Tez orada Maryam vafot etadi, endi Shirin 
Xusravning yodiga tushadi va uni olib kelishga urinadi, biroq Shirin rad etadi. Bu 
vaqtda Shirin ovdan qaytayotib, Farhodning yuksak san’at bilan qazigan arig’ini 
ko’rib qoladi va xuddi shunday ariqni Arman o’lkasida ham qazishini so’rab 
iltimos qiladi. Bu dostonda Farhod oddiy toshyo’nar emas, balki Xitoy hoqoni 
o’g’li sifatida talqin qilinadi. Farhod shu uchrashuv jarayonidayoq Shiringa oshiq 
bo’lib qoladi va hech ikkilanmasdan ishga kirishadi. Bundan xabar topgan 
Xusravda eski mehr-muhabbat qayta uyg’onadi va musofir qiyofasida Arman 
o’lkasiga keladi. U Farhodga Shirinning o’limi haqida soxta xabar yetkazadi va 
shu hiyla Farhodning o’limiga olib keladi. Shirin ham Xusravdan o’ch oladi, 
uning SHakar ismli xotinini zaharlaydi. Shundan so’ng Xusrav Shirin yashayotgan 
qal’aga keladi, ular ikkalasi yarashadi, bir-biriga muhabbat qo’yishadi. Biroq yillar 
davomida otasidan norozi bo’lib yurgan Sheruya qotillar yollab Xusrav shohni 
ham o’ldiradi. Mana shu o’rinda Xusravning jonsiz tanasi ustida Shirin ham jon 
taslim qilishi epizodi nisbatan ishqi ilohiy talqiniga yaqin tasvir vujudga keladi. 
Ya’ni, Xusrav ma’shuq, Shirin oshiq timsolida majoz bo’lib keladi. Ammo bu 
masalalar hali Sharq mumtoz falsafasi ilgari surgan tom ma’nodagi ishqi ilohiy 
g’oyasining ishqi majozi bo’lib shakllanmaganligi ko’rinadi. Unda qahramon-
timsollar dunyoviy dardlardan xoli bo’lmagan, butun e’tiborini ilohiy maqomlar 
safari tomon yo’naltiraolmagan, voqealar bitta komil timsol atrofida va uning 
etakchi tuyg’ulariga birlashmagan edi. Mana shunday maqom va ehtiyoj epik 
talqinda zaruratga aylangan edi. Bu tabiiy zarurat oradan qariyib ikki asrga yaqin 
vaqt o’tgandan keyin amalga oshdi. Hazrat Alisher Navoiy ijodida haqiqiy oshiq 
va ma’shuq timsolini ifodalagan obrazlar “Farhod va Shirin” mavzusi bilan badiiy
adabiyotda mutloqo yangi kashfiyot sifatida paydo bo’ldi. Unda Farhod ham, 
Shirin ham martabayu maqomda, talqinu tavsifda, ishqu irfon yo’lida sobit 
timsollarga aylandi. Ustoz adabiyotshunos Najmiddin Komilov ta’kidlaganidek, 
“Shirin Navoiy dostonida Yaratganning mazhari sifatida namoyon bo’ldi. Uning 
pok surati va siyrati ham Haq zotida fano bo’lgan pokiza Farhodni o’ziga butkul 
shaydo, ishqiga griftor etgan edi” (4.165);. Shu ma’noda Farhod singari Shirin ham 
badiiy tafakkurning mumtoz darajasi va baland rutbasida lirik tasvirlarda ham 
muqim o’rin egalladi.
Sharq va turkiy-o’zbek mumtoz lirikasida Shirin timsoliga murojaat etish 
an’anasi ham uzoq tarixga ega hisoblanadi. Bunda arab, forsiy va turkiy she’riyat 


296 
Shirin timsolini lirik “men” kechinmalarini ifodalashda turfa vaziyatlarda 
qo’llaydi. Uni o’zini alohida tasnif asosida tahlil etish mumkin. Bu poetik 
talqinlarda u yoki bu ma’noda epik tasvirlar majoziy ifoda bo’lib xizmat qiladi. 
Ayniqsa, bu jarayonda boshqa hodisalar singari Alisher Navoiy she’riyati etakchi 
o’rinni egallaydi. Shoir barcha devonlarida Shirin timsoli talmih-tamsil sifatida 
talqin etiladi. Bunda Shirin obrazi alohida ham, Farhod yoki Layli bilan birgalikda 
ham, rang-barang badiiy san’at va g’oyaviy-badiiy fikrlar ijrochisi sifatida ham 
keng tasvir qilinadi. Bu tasvirlarda Shirin haqidagi tarixiy dalillar, epik talqinlar, 
badiiy detallar, epizodik lavhalar majozi zamirida yotgan haqiqatlar lirik qahramon 
tuyg’ulariga moslashadi. Masalan, “Navodir ush-shabob” devonida Layli, Shirin va 
Uzro timsollari bir o’rinda keladiki, bunday tajriba boshqa ijod namunalarida 
deyarli ko’zga tashlanmaydi. To’g’ri, shoir lirikasida Vomiq, Farhod, Majnun 
obrazlari parallel ravishda talqin etilishi ancha samarali, biroq Uzro, Shirin va 
Laylilarning muvoziyligi kuzatilmaydi. Bunda, albatta, badiiy-estetik fikr jozibasi 
va ig’roq (mubolag’a) hisobga olinadi. Lekin masala bu timsollar ta’rifi bilan 
bog’liq ishq qissalari lirik qahramon shuurini band etganligidadir.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin