XALQ TOPONIMIKASI VA UNING RIVOYAT VA AFSONALAR
BILAN ALOQADORLIGI
Ulug’bek SATTOROV,
filologiya fanlari nomzodi,
Navoiy shahar kasb-hunar maktabi direktori.
(O’zbekiston)
Annotatsiya:
Mazkur maqolada toponimik obyektlarning geografik
xususiyatlariga qarab, uning xalq toponimikasi tarixi bilan bog‘liqliklari,
shuningdek toponimik afsonalar va rivoyatlar asosidagi nomlanishlari tavsif etiladi.
Jumladan, Markaziy Osiyoda katta va yirik toponimik obyektlar o‘zlarning kelib
chiqishiga qarab tarixiy, lingvistik va rivoyatlar hama afsonalar bilan bog‘liq
tomonlari juda ko‘p.
Tayanch so‘zlar: toponimika, geografik ob’ektlar, xalq toponimikasi,
toponimik afsona va rivoyatlar.
Аннотация:
В данной статье описываются топонимические объекты с
учетом их географических особенностей, их связи с историей народной
топонимии, а также их именование на основе топонимических легенд и
преданий. В частности, крупные топонимические объекты Средней Азии в
зависимости от их происхождения имеют множество аспектов, связанных с
историческими, лингвистическими,
нарративными
и
легендарными
особенностями.
Ключевые слова: топонимия, географические объекты, народная
топонимика, топонимические предания и легенды.
Annotation:
This article describes toponymic objects, taking into account
their geographical features, their connection with the history of folk toponymy, as
65
well as their naming on the basis of toponymic legends and legends. In particular,
large toponymic objects of Central Asia, depending on their origin, have many
aspects associated with historical, linguistic, narrative and legendary features.
Key words: toponymy, geographical objects, folk toponymy, toponymic
traditions and legends.
“Xalq toponimiyasi” bahsida hududimizda mavjud “xalq toponimiyasi” va
“tarixiy toponimiya” tizimiga kiradigan ob’ektlarning muqoyasa (qiyoslash)
metodida o‘rganish ham toponimik afsona va rivoyatlar ilmiy bahsini kengaytirishi
tadqiqotimiz natija va xulosalari o‘z ilmiy qimmatini beradi.
Milliy va xalqaro ensiklopedik manbalarda, boshqa leksikografiyadagi
iqtiboslarda “toponimiya” atamasining mohiyati to‘liq ochib berilgan. Jumladan,
E.Murzaevning barcha toponimiya sohasidagi lug‘atlarida batafsil aynan
toponimya o‘z aksini va izohini topgan.
Toponimiya va joy nomlari haqida lingvistikaning onomastika bo‘limida o‘z
tavsifini topgan. Atoqli otlar bo‘yicha yetarli tadqiqotlar olib borgan, olim
E.Begmatov tadqiqotlarida ham onomastikaning yetakchi bir bo‘limi toponimika
antroponimakadan o‘z ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha farqlanadi degan ilmiy xulosani
bergan[2.79-81]. Lekin yuqorida nomlari qayd etilgan olimlarning ishlarida “xalq
toponimikasi” va “tarixiy toponimika” atamalari ishlatilmaydi. Toponimikaning
“xalq toponimikasi” xususiyatlarini esa toponimika ichida ichki tadqiqotlar
zamirida o‘rganilgan xolos. Ammo ayrim holatlarda bunday ilmiy bahsda “xalq
toponimiyasi”ga oid yo‘nalishlarda qo‘shila olmaymiz. Toponimlar, antroponimlar
va boshqa o‘ziga xos nomlarni o‘rganishda chuqur iz qoldirgan olimlar V. A.
Nikonova E. M. Murzaev toponimirni alohida bir ilmiy yo‘nalishga bo‘lib
o‘rganishni alohida taklif etmaganlar. Toponomikani “mustaqil fan” deb hisoblab,
lingvistik, tarixiy-geografik tahlil usullari asosida o‘zining tadqiqot usullarini faol
rivojlantirdilar. Ularnin fikricha, toponimika uchta fan: geografiya, tarix va
tilshunoslikningtarkibiy qismlaridar. Va buni quyidagicha tartibda amalga oshirish
mumkin mumkin: geografik nomlarni o‘rganish uchun hududda yashovchi xalq
(etnos) haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz, toponim mavjud bo‘lgan joylarning
tarixini, shuningdek, ma’nosi va kelib chiqishini yaxshi bilishingiz zarur bo‘ladi
(so‘zning etimologiyasi) [5.36-41;6.98-179.]. Bundan tashqari, tadqiqot
jarayoniga dunyo bilimlarining bir murakkab qismi sifatida qarash zarur bo‘ladi.
Bunda faylasuf "Xalq" so‘zining to‘liq etimologiyasini tushuntirish shart emas.
Xalq tomonidan yaratilgan, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi (folklorshunoslik)
– doston, matal, rivoyat va afsonalarda xalq toponimikasi o‘z aksini topishi zarur.
Xalq toponimiyasi nafaqat lingvofolьkloristika sohasida, balki filologik
ta’limning bir qancha yo‘nalishlarida o‘rganishga asos bo‘ldi. Ular asarlarida
o‘rganilayotgan fan sifatida o‘z e’tirofi masalasi folьkloristika sohasi fani emas
balki tilshunoslik, tarix va geografiya sohasidagi chuqur bilimlarni nazarda tutishi
e’tiborga olinadi.. “Xalq toponimiyasi”ning yaratilishi vazifasi oddiy – rasmiy
nomdan tashqari ikkinchi mashhur nomga ega bo‘lgan geografik nomlarni,
madaniyat,
me’morchilik
yodgorliklarini
to‘plash,
umumlashtirish
va
66
tizimlashtirish zarur bo‘ladi. Xuddi shunday qisqartirilgan yoki soddalashtirilgan
tegishli nomlar ko‘chalar, qishloqlar, bog‘lar va suv havzalari(gidronimlar) uchun
mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, 17-sovxoz (Jizzax viloyati), 4-xutor, 5-xutor,
72-raz’ezd (samarqand viloyati) , Krasnogvardeyskiy sovxoz (Samarqand viloyati)
bu xalq etimologiyasiga singishib ketgan “xalq toponimiyasi” qachonlargacha xalq
tilida saqlanadi. Bundan tashqari sobiq ittifoq davrida me’moriy va memorial
ob’ektlarda ham ( rus revolyusionerlari “sharafiga” haykallar o‘rnatish) “xalq
toponimiyasi” tizimida o‘z o‘rnini topgan.
Bulardan tashqari “xalq toponimiyasi” bilan bog‘liq Navoiy viloyati
hududida
bir
qancha afsona va rivoyatlar borki, ularni o‘rganish
folklorshunoslikning eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu afsona va rivoyatlar esa
“xalq toponimiyasi” bilan “tarixiy toponimiya”ning muqoyasa qilib o‘rganilishi
ham yetarlicha ilmiy natija va xulosalarni beradi.
Taniqli toponimshunos olim S.Qoraevning fikricha, “...
Toponim
tarixiy
asosga ega geografik ob’ektining konkret manzilidir[2.18-19]”. Jumladan,
toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etib, geografik xususiyatlarini
o‘rganmasdan turib, joy nomlarini tavsiflash ko‘pincha ayrim ilmiy xatoliklarga
olib kelishi tadqiqotlarda o‘z aksini topgan.
Ko‘pincha joy nomlarining atalishida geografik muhitning xususiyatlari
hisobga olingan. Masalan, bizda, Markaziy Osiyoda relьef shakllari, o‘simlik va
hayvonlar nomlari etgan bo‘lishi toponimik afsona va rivoyatlar mazmunidan
ma’lum. Ko‘pincha toponimik obyektlar o‘rmonli va tog‘li hududlara mavjud
bo‘lgani uchun “o‘rmon” va “tog‘” so‘zian tuzilgan toponimlar juda ko‘p uchraydi.
Bu toponimlarning ko‘pchiligi xalq tomonidan afsona va rivoyatlar asosida
berilgan toponimik nomlardir. Bular haqida E.Murzaevning tadqiqotlarida batafsil
ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ularning natijasidan esa “xalq toponimlari” atamasi
etimologiyasini emas, balki hududimida mavjud “xalq toponimiyasiga” oid
manbalarni o‘rganishda ham yetarli asosga ega.
Yana S. Qoraevning ta’kidlashicha, “...toponimikada nisbiy negativlik deb
ataladigan bu qonun-qoidalarning asosiy sababi shundaki, hamma yoq cho‘l
bo‘lgan joylara cho‘l kishilar e’tiborini unchalik tortmaydi, shu sababdan ham nom
qo‘yishda bu motivlar bir-biridan farq qilib turadi. Bu kabi nomlangan ob’ektlarda
cho‘llarda mavjud bo‘lgani uchun quduqlar, ayrim qirlar nomlari ko‘proq
chraydigan jarayonlardir. Chunki bu quduq va qirlar yo‘lovchilar hamda
cho‘ponlar uchun orientir, o‘tloq va suvliq bo‘lib xizmat qiladi” [2.18-19].
Abat Pangeevning tadqiqotlarida esa, tarixiy mazmunga ega xalq
toponimikasiga aloqador, tarixiy asoslarning mavjudligi toponimik afsona va
rivoyatlarning tarixiy fakt va asoslarga ega motivlarning mavjudligi esa tarixiylik
tamoyillari(prinsiplari) mazmuniga uyg‘unlashishi mavjud[4.1-3].
Qozoq toponimikasi rivoyat va afsonalari bilan shug‘ullangan yetakchi olim
S. Kaskabasovning tadqiqotlarida xalq toponimika, toponimik rivoyat va afsonalar,
tarixiy
toponimik
motivlar,
ularning
syujet
liniyalari
to‘liq
farqlanmagan(differensiya qilinmagan).
67
Qozoq toponimshunos olimlari S.Qasqabasov va A.Pangerevlarning
tadqiqotlarida Qozog‘istonning Aktyubi viloyati toponimlaridagi afsonalar
asosidagi tarixiy asoslarda yuqori qoyalar haqida gap boradi. Yuqori qoyalar
Keregeshin, Jamanshin, Temirtau tog‘lar tizimi(sistemasi) bilan bog‘lanishi qayd
etilgan[4.1-3;5.74-110].
Mazkur afsonaga ko‘ra, qadimgi davrda kalmiqlar qozoqlarga hujum qilib,
ularning chorva mollari, hukmdorning chiroyli rafiqasini o‘ziga xotinlikka oladi.
Bu sobiq hukmdorning xotini qiz tug‘adi. Bu qiz 17 yoshga to‘lganda, uning onasi
vafot etadi. Qizning onasi butun umri o‘z orzulari bilan yashaydi. Bu ayol o‘z
o‘limi oldidan vasiyat qilib, o‘z vataniga, xalqiga qaytishini tayinlaydi. Yana ona
aytadi: biz bilan yetti yoshli bola bo‘lib, echkilarni boqadi. Hozir u o‘sib ulg‘aydi,
bahodir yigit bo‘lib yetishdi. Qochsalaring birgalikda qochinglar deydi. Shunda bu
qiz otlarni tayyorlab, ikkalasi birgalikda qochib ketadilar.. Shunda qiz qalmiqlar
hujumidan qozoqlarning talofatini tushuntirib, men vafot etsam meni shu joyga
dafn etinglar. Yigit qizning istagini bajo keltirib, uni shu joyga dafn etadi.
Demak, bu afsonada ham toponimik afsona va rivoyatlar mazmunidan
tashqari, “xalq toponimikasi”, “tarixiy toponimika” terminlari ishlatiladiki,
ularning mazmuni har bir xalq, millat, elatning o‘z joyi, ularning kelib chiqish
tarixi, mazkur tarixni yaratilishida xalqning ishtiroki va og‘zaki nasr (usnaya
proza)da mavjud mazmuniy motiv ham yuqoridagi atama va terminlar
tavsiflanishida esa motivning xalqchilligi asosiy xususiyatlari bilan ifodalanadi.
Mazkur afsona mazmunida esa xalqning yuqori ma’naviy madaniyatining
cho‘qqilari, ufqlari ko‘rining turibdi. Qozoq xalq toponimikasining, qozoq tarixiy
toponimikasi bilan bog‘lanadigan, uyg‘unlashadigan motivlar boshqa turkiy
xalqlar xalq toponimikasi va tarixiy toponikasi bilan o‘xshash tomonlari
mavjudligi folьkloristika manbalarida o‘z aksini topgan.
Folьklorshunos olim T. Mirzaevning “To‘maris” va “Oysuluv”
dostonlarining qiyosiy tahlilidagi obrazlar evolyusiyasi va motivlari buni to‘liq
isbotlaydi[3.25-26].
Tadqiqotchilar Ye.Berezevich va V.S. Kuchkolar esa, tarixiy toponimlar va
xalq toponimikasi tavsifida esa, folьklor, tarixiy etnografiya(tarixiy toponimika)
hamda lingvistning ishtiroki masalasiga e’tibor qaratib, ularning asosiy vazifalariga
tavsif beradi. Masalan, folьklorshunos epik matnlarni shakllantirsa, tarixchi
mazkur matnlarni yangi-yangi tarixiy manbalar bilan boyitadi, lingvist esa
matndagi funksional - motivatsion xususiyatga ega tomonlari bilan
tavsiflanayotgan nomlarning yangi bilimlar va mazmun bilan boyishini ko‘rsatadi
[1.4-19].
To‘g‘ri, toponimik rivoyat va afsonalar nafaqat folьkloristika bazasida
o‘rganiladi, balki tarixiy etnografik xususiyatlariga ko‘ra, lingvofolьkloristika
sohasida, agar bu sohani fanga to‘liq o‘zlashmagan yangi soha demasak, bu
masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.
Demak, toponimik rivoyatlar va tarixiy faktlar asosidagi toponimik
ob’ektlarning shakllanishidagi tarixiy toponimlar, xalq toponimlari va ularning
funksional-motivatsion lingvistik xususiyatlari asosida tekshiriladigan toponimik
68
manbalar o‘zbek folьklrshunosligida jua mukammal variantlarda mavjud. Masalan,
“Malikcho‘l” haqidagi afsona Navoiy viloyatida juda katta hududiy – areal
xususiyatga ega. Bu toponimik afsona motivida “xalq toponimiyasi” ham, “tarixiy
toponimiya” singari atamalar mazmuni bilan to‘liq uyg‘unlashgan.
Adabiyotlar:
1.Berezovich Ye.L.,Kuchko V.S., Surikova O.D. Toponimicheskoe preanie
i istoricheskiy fakt// Voprosы onomastiki. 2015.№1, 18-19 s.
2. Begmatov E. Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi. – Toshkent: Ma’naviyat,
1998. 64 b.
3.Qoraev S. Toponimika. O‘zbekiston faylasuflar jamiyati. T.2017.18-19 b.
4.Mirzaev T. Qadimgi davr folьklori. //O‘zbek folьklori ocherklari. 1-qism.
Toshkent, 1988.25-bet.
5. Murzaev E. M. Tyurkskaya etnotoponimiya // Etnicheskaya toponimika.
– Moskva. 1987. S. 36-61.
6. Murzaev E. M. Slovarь narodnыx geograficheskix terminov. –M.,
Mыslь, 1984. -654 s.
6.Pangereev Abat Shamovich. Toponimicheskie legendы Kazaxstana.
Internet resurs Kazaxstana.1-3 s.
7.Kaskabasov S.Kazaxskaya neskazochnaya proza. Alma-ata.Nauka.1990.
74-110 s.
8.Sattorov U.F. Toponimik rivoyatlarning epik belgilariga doir// “O‘zbek
folьklorshunosligi masalalari”, 1-kitob. T.: 2006.
Dostları ilə paylaş: |