FUZULIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA FANO TALQINI Shahnoza QAHHOROVA ,
Qarshi davlat universiteti,
filologiya fanlari nomzodi, dosent
Rezyume Maqolada Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostonida
ijodkorning tasavvufiy qarashlari, xususan, fano va baqo maqomining badiiy
talqini haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so’zlar: solik, maqom, suluk, fano, baqo, vahdat ul-vujud, uns, nafs, nafsi ammora, tavhid, jam’, tafriqa , sahf, sukr. Резюме В статье рассматриваются о взглядах автора согласно суфизму, в
частности, о художественной интерпретации статуса фано и бака в эпической
поэме "Лайли и Мажнун".
Ключевые слова: странник, стоянки, странствие, небытие, вечность, близость, дружба, душа, душа, склоняющая ко злу, эдинство Божье, собирание воедино, разьединение, духовная трезвость, духовное опьянение, упоенность .
SUMMARY
In the article It is conceived about the views of the author according to
Sufism, particularly, about the artistic interpretation of the status of Fano end Baka
in the epic poem of "Layli end Majnun" .
Key words: wanderer, parking lots , wandering, nonexistence, eternity, proximity, friendship, soul, soul inclined to evil, the unity of God, gathering together, disconnection, spiritual sobriety, spiritual intoxication, ecstasy. Fano islom dini paydo bo’lgandan ikki asr o’tib, ya’ni IX asrda tasavvufiy
texnik termin sifatida qo’llana boshlagan. [2,32] Fano barcha suluklarda tariqat
yo’liga kirgan solikning oliy maqsadi, eng so’nggi manzili sifatida katta ahamiyat
kasb etadi.
“ Fano” lug’atlarda “yo’q bo’lish”, “ajal”, “o’lish”, “o’tkinchi”,
tasavvuf istilohi sifatida esa “o’zlikni yo’qotib, butun borliqdan kechib ilohiyatga
singish”, to’liq shakli “alfanaau fillaah”, ya’ni “Allohga foniy bo’lish” degan
ma’noni anglatadi. [7,161].
Eronlik olim Sayyid Ja’far Sajjodiy “Mustalahoti urafo” asarida “fano”
so’zini sharhlab yozadi: “Fano” kalimasi bilan mazmuma sifatlar (yomon
sifatlar)ning soqit etilishiga ishora qiladilar va “baqo” kalimasi bilan mahmuda
sifatlar (maqtalgan sifat) qiyomiga ishora etadilar. [3,142] Demak,
fano solikning
o’zidagi barcha yomon sifatlarni yo’q qilish yo’li bilan Allohga yaqinlik hosil
351
qilishdir. Tasavvufda solik fano maqomiga etgach Allohning haqligi va ulug’ligi
to’g’risidagi fikru zikrga g’arq bo’lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni
unutadi.