Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Tasavvuf ilmi hol majmui bo’lib, unda fano  ham



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Tasavvuf ilmi hol majmui bo’lib, unda
fano 
ham
 
inson ma’naviy 
kamolotining eng yuqori maqomi, yuksak darajadagi hol sifatida e’tirof etiladi. 
Vujudi mutlaq bilan qovushish, ya’ni inson ruhining ilohiy ruhga qovushmog’idir. 
Fano Sayyorning 
jam’ va tafriqa
, Mansur Xallojning 
analhaq
, Junayd 
Bag’dodiyning 
sahf
, Boyazid Bistomiyning 
sukr
, Horis Muhosibiyning 
tajridi 
tavhid
kabi alohida ta’limotga aylangan Muhyiddin ibn Arabiyning vahdat ul-
vujud g’oyasining mohiyatini ifodalaydi.
Boyazid Bistomiy nomi tasavvuf ilmida Allohga bo’lgan muhabbat orqali 
o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini poklash, Allohga foniy bo’lish, Allohda boqiy 
bo’lish fikrini ilgari surganligi bilan mashhurdir. U Robiya Adaviya ilgari surgan 
ta’masiz muhabbat g’oyasini so’fiy ruhiyati bilan bog’ladi. Uning uqtirishicha, 
vahdat va fano shunday bir ruhiy holatda yuz beradiki, solik xuddi sharob ichgan 
odamday mast bo’lib o’zini unutadi. 
Boyazid al-Bistomiy o’z-o’zini anglash, o’z-
o’zini poklashni odamlar oldida ham, o’z o’zi oldida ham riyo, yolg’on kabilardan 
qo’rqmaslik, balki Allohga muhabbat va sadoqatni tushungan. Uning fikricha, 
asosiysi Allohga foniy bo’lish va shaxs sifatida “Men”dan voz kechish 
hisoblanadi. Binobarin, Boyazid Bistomiy ta’limoti bois fano va baqo tasavvufda 
muhim masala bo’lib qoldi. 
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da guvohlik berishicha, fano va 
baqo ta’limotidan birinchi bo’lib so’z ochgan kishi bu shayx Abu Sa’id Xarrozdir. 
[5, 42] SHayx Abu Said Xarroz fanoning uch turini ajratib ko’rsatgan: birinchi – 
fanoi af’ol bo’lib, qul (solik)ning o’z nafsi va sifatlaridan fano bo’lib, Haq 
sifatlariga ega bo’lishidir. Ikkinchi – fanoi sifot: qul (solik)ning Haqni bilish bilan 
Haqning sifatlaridan ham fano bo’lishi. Uchinchisi – fanoi zot, ya’ni qul 
(solik)ning Haq borlig’iga fanoligidir.
Ozarbayjon xalqining zabardast shoiri Muhammad Fuzuliy tasavvufga doir 
ma’lumotlarning deyarli barchasini o’zlashtirib, o’z faoliyatida ularning badiiy 
talqini borasida katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Xususan, “Layli va Majnun” 
dostoni jahon adabiyoti xazinasini yuksak badiiy tafakkur durdonasi bilan boyitish 
qatorida tasavvufning tavhid, istig’no, ishq, fano va baqo kabi muhim 
tushunchalarining ham badiiy talqinini namoyon etdi. Fuzuliyning mazkur asari 
undan oldin yaratilgan dostonlar qatorida ayrim jihatlarda o’xshasa-da, unda bir 
qator uslubiy, g’oyaviy, badiiy o’ziga xosliklar bilan farq qiladi. SHu bilan birga 
ijodkor Majnun obrazi orqali so’fiyning ma’naviy qiyofasini moddiylashtirishga 
harakat qilgan.


352 
Ma’lumki, Nizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostoni mavjud 
ko’pgina afsonalarning shoir tomonidan qayta ishlanishi, ijodkorning badiiy 
tafakkuri sintezidan o’tishi natijasida vujudga kelgan asari bo’lib, unda dunyoviy 
turmush tarzi, insoniy hayotning eng muhim jihatlarini yoritishi bilan 
xarakterlanadi. Alisher Navoiy yaratgan dostonda uch asosiy g’oya: dunyoviy
ilmiy, tasavvufiy qarashlar o’z aksini topgan. Fuzuliy dostonining boshlanmasida 
uch ruboiy keltirilib, ularda shoirning asarga tasavvufiy yondashuvi namoyon 
bo’ladi. Jumladan, ularning ikkinchisida haqiqatni izlab majoz yo’lidan borishini, 
afsona bahonasida dilidagi rozni, sirni, ya’ni fanoni (“
Kim, avvali g’am, so’nggi 
fanodir
”) aks ettirishni maqsad qilib olgani yorqin aks etadi. Layli ishqini kuylash 
bir bahona, sabab, aslida shoir Layli misolida Haq vasfini kuylashni, Majnun tili 
bilan shoir o’z dilidagilar - tasavvufda solik ruhiy kamolotining eng kamolotga 
etgan maqomi faqru fano yo’lini tasvirlab berishni niyat qilishini ta’kidlaydi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin