860
Xulosa
Ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalari qadim zamonlardan boshlangan. Ikki
xalqning zabardast so‘z san’atkorlari bu adabiy-madaniy yaqinlikni doimo o‘zaro
davom ettirib, mustahkamlab kelganlar. O‘rta asrlarda o‘zbek-ozarbayjon
adabiy
aloqalarining rivojlanishida Alisher Navoiy (1441-1501)
lirikasi ayniqsa muhim
o‘rin tutadi. O‘sha davrning atoqli so‘z ustasi Muhammad Fuzuliy (1494-1556)
ijodida bu adabiy aloqa muhim nuqtani belgilaydi. Ozarbayjon va O‘zbekiston
o‘rtasidagi adabiy aloqalar tobora kengayib borayotgani bois Fuzuliyning madaniy
merosi O‘zbekistonda katta hayrat va muhabbatga sabab bo‘ldi.
Turli davrlarda
shoirning g‘azallariga ko‘plab taqlidli she’rlar, taxmislar yozilgan bo‘lsa, ajabmas.
Bu borada Qo‘qon adabiy maktabining ko‘zga ko‘ringan
namoyandalaridan biri
Umarxon Amiriy (1787-1822) tomonidan Fuzuliy g‘azallariga
yozilgan ikkita
taxmis diqqatga sazovordir.
Dostları ilə paylaş: