165
Key words: Fuzuli, Agahi, creative effect, originality, theme, image, describe,
expression, skill.
Ozarbayjon adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biri Muhammad
Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy (1498-1556) ijodi o‘zidan keyingi davr turkiy she’riyat
rivojida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning boy adabiy merosidan ta’sirlangan
juda ko‘p ijodkorlar Fuzuliyning she’riyatdagi an’analarini davom ettirdilar. Bu
holat Xorazm adabiy muhiti vakillari ijodida ham kuzatiladi. Xususan, Ravnaq,
Nishotiy, Kiromiy, Munis, Gʻoziy, Ogahiy, Komil, Feruz,
Ahmad Tabibiy,
Komyob, Avaz O‘tar va boshqalar ijodida Fuzuliy ijodiga ergashish, undan
ta’sirlanish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li
Ogahiy (1809-1974) she’riyatida bu adabiy ta’sirning go‘zal
namunalarini
uchratish mumkin.
Taniqli adabiyotshunos Ibrohim Haqqul Fuzuliy she’riyati haqida fikr yuritar
ekan, shunday satrlarni bitgandi: “Fuzuliy she’riyati dunyoning muvaqqat va foniy
“haqiqat”laridan xoli sof san’at. Bu soflikka shoir eng ma’nili va xayoliy fikrlarni,
nozik his va latif tuyg‘ularni payvand qilish, hayot va inson haqidagi teran falsafiy
xulosalarni samimiy ehtiros ila tasvirlash orqali erishgan.”[1,177]. Ana shunday
boqiy she’riyat Ogahiyni ham o‘ziga rom etgan edi.
Fuzuliy she’riyati haqida so‘z
ketganda, uning bir qancha o‘ziga xosliklari
farqlanadi.
1. Shoir she’riyatining asosi, o‘zining ta’biri bilan aytganda, ilmdir.
Ilmsiz
she’r poydevorsiz binoga qiyos etiladi.
2. Fuziliy she’riyati betakror hikmatlarga boy, go‘zal falsafaga ega go‘zal
ijod namunalaridan tarkib topgan.
3. Uning ijodi musiqiyligi, ohangdorligi bilan ajralib turadi va shu bois ham
barcha turkiy xalqlar orasida mashhurdir.
Bu kabi o‘ziga xos jihatlarni yana ko‘plab sanash mumkin.
Ishq va oshiqlik haqida so‘z ketganda, Fuzuliy o‘zini an’anaviy oshiqlar,
adabiy
qahramonlar Vomiq, Farhod, Majnunlardan ustun qo‘yadi. “Ahli dard”,
ya’ni chinakam oshiqlar Vomiq, Farhod, Majnun vasfini yozganda, ulardan oldin,
bosh tumorga Fuzuliy ismini bitadilar, deydi:
Yozganda Vomiqu Farhodu Majnun vasfini ahli dard,
Fuzuliy odini, ko‘rdim, sari tummora yozmishlar.
[2,131]
Ogahiy
esa ushbu baytdan, Fuzuliy ilgari surgan fikrdan ijodiy ta’sirlangan
deyish mumkin. To‘g‘ri, bu payrav g‘azal emas. Gʻazallarning qofiya, radifida
o‘xshashlik yo‘q. Faqat Fuzuliy fikrlaridan ta’sirlanish bor. Ogahiy yozadi:
Ishq darsin Vomiqu Farhod mandin o‘rganur,
Kasbi ilm etsa netong atfol ustod olida.
[3,43]
166
Ogahiy afsonaviy oshiqlar Vomiq, Farhod haqida so‘z
yuritar ekan, bolalar
ustod oldida ilm o‘rgangani kabi Vomiqu Farhodlar mendan ishq darsidan saboq
oladilar, deydi. Yuqoridagilardan ham ko‘rinadiki, Fuzuliy va Ogahiylarning
o‘zlari xususidagi e’tiroflarida yaqinlik bor.
Quyida tahlilga tortiladigan g‘azallar esa bir-biriga nihoyatda o‘xshash.
Fuzuliy shunday yozadi:
Gʻubori sajdai rohing xating lavhi jabinimdur,
Sujudi dargahing sarmoyai dunyovu dinimdur.
Agar azmi rah etsam shavqi vasling hodiyi rohim
Dostları ilə paylaş: