To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

v
141


cho‘yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, yedirilishga chidamli, 
quyma buyumlar tayyorlanadi. C ho‘yanning maxsus turlari kulrang 
cho‘yanlaming bir xili bo‘lib, uni uzoq muddat (80 soat) yuqori haroratda 
termik ishlov berib olinadi.
C ho‘yanlar tarkibiga marganes, kremniy, fosfor va legirlovchi 
qo‘shimchalar qo‘shib mustahkamligini oshirish mumkin.
P o‘lat 
- cho‘yan tarkibidan ortiqcha uglerod va qo‘shimchalami 
maxsus texnologiyalar yordamida chiqarilib, asosan, konvertor, marten va 
elektr toki bilan eritish usullarida olinadi. Po‘lat tarkibida uglerod 2 foiz 
gacha bo‘ladi. Po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlangan 
bo'ladi. Uglerodli poiatlar temir va uglerod hamda marganes, kremniy, 
oitingugurt va fosfor aralashmalari asosidagi qotishmadir. Ular qotishiga 
ko‘ra sokin, yarimsokin va qaynaydigan po‘lat turlariga bo‘linadi.
Po‘lat tarkibiga nikel, xrom, volfram, mis, alyuminiy, molibden va 
boshqa rangli metallar kiritib legirlangan po‘latlar olinadi. PoMatlar kam 
legirlangan (2,5 foizgacha), o‘rtacha legirlangan (2,5-10 foiz) va ko‘p 
legiriangan (10 foizdan ortiq) bo‘ladi. PoMatlar ishlatilish sohasiga ko‘ra 
konstruksion, maxsus asbobsozlik po‘latlarga bo‘linadi. Konstruksion 
poMatlardan qurilish konstruksiyalari, armaturalar, maxsus po‘latlardan 
esa olovbardosh va korroziyaga chidamli konstruksiyalar tayyorlanadi. 
Sifatiga ko‘ra poiatlar oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori sifatli 
turlarga bo‘linadi.
10.3. Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish asoslari
Qora metallar ishlab chiqarish murakkab texnologiya bo‘lib, shartli 
ravishda ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda temir rudasidan 
cho‘yan ishlab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda esa cho‘yandan po‘lat ishlab 
chiqariladi. Cho‘yan temir rudasini koks yoqilg‘isi bilan domna pechlarida 
eritish natijasida hosil bo‘ladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin