9.5. Tombop va gidroizolyatsiya materiallari
9.5.1.Tombop rulonli materiallar
Tomga yopiladigan rulonli materiallar maxsus karton yoki shisha
toladan uni organik bog‘lovchilar bilan shimdirish yo‘li bilan tayyorlanadi,
keyin esa bitta y ^ i ikkala tomondan to‘ldirgichli qiyin eriydigan neft yoki
qatronli bog‘lovchilar surtiladi hamda sepiladi. Ularning eni turlicha,
uzunligi 10-30m. boMgan rulon ko‘rinishida chiqariladi. Hozirgi zamon
qurilishida tomga yopiladigan rulon materiallar keng ishlatiladi. Ular 3-5
qatlam qilib yopishtirilganda tomda suv oMmaydigan monolit tom gilami
yuzaga keladi.
Shimdirish turiga qarab tomga yopiladigan rulonli materiallar bitumli,
qatronli, qatron-bitumli, gidrokamli va boshqa materiallarga boMinadi.
Tomga yopiladigan bitumli m ateriallar
- juda turli-tuman boMib,
bitumli rulon materiallar orasida eng keng qoMlaniladigani ruberoid va
pergamindir.
Ruberoid -
tomda ishlatiladigan neft bitumi shimdirilgan kartondan
tayyorlangan rulon material. Uning yuzasi ikkala tomoni qiyin eriydigan
neft bitumlari va sepma - mayda tuyilgan talk yoki boshqa mineral kukun
(yirik donador yoki slyuda sepmadan ham foydalanish mumkin) qatlami
bilan qoplangan. Yirik mineral sepma turli ranglarda boMishi mumkin.
Vazifasiga qarab ruberoid tomga yopiladigan (tom gilamining ustki
qatlamini qilish uchun) va ostqo‘yma (pastki qatlamlarni qilish va qurilish
konstruksiyalarini gidroizolyatsiyalash uchun) ruberoidlarga boMinadi.
Ruberoidlarning to‘rtta markasi chiqariladi. PKK-500A, РКК-500Б, va B,
РКМ-350Б va В, РПМ va РПП-300А, Б va В, РКЧ-350Б va B.
P harfi - ruberoid, К va П harflar - tomga yopiladigan va ostqo‘ymani
ifodalaydi. Uchinchi harf sepma turini: К - yirik donador, M - mayda
donador, П — changsimon, 4 — tangachasimon. Harflardan keying raqam
karton markasini ifodalaydi. Masalan, P K K -4 0 0 B -y irik donador sepmali
tomga yopiladigan ruberoid, 400 В ( lm 2ining massasi 400g.) markali
kartondan tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: