H o‘l usulda
- xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib
aralashtiriladi va suv (35-45 foiz) ishtirokida tuyiladi. Uning tarkibidagi
oson eruvchan ohaktosh va giltuproq
mayin shlam majmuani hosil
qiladi. Ho‘l usulda yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5-2 marta ko‘p
sarflanadi. Bu usulda ohaktosh karyerdan keltiriladi, ja g ‘li va to'qmoqli
maydalagichlarda 5 mm. kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq loy
aralashtirgich ezg‘ilan'adi. Maydalangan ohaktosh
va giltuproq birgalikda
sharli tegirmonlarda si^penziya holatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon
uzunligi 15 m., diametri 3.2 m. bo'lgan, po‘latdan ishlangan silindr bo‘lib,
ichi 3 bo‘lakka bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar orqali bosim ostida
bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi.
Tegirmon ichida
1 va 2 boMmalar polat yoki cho‘yan sharlar bilan, 3 bo‘lma silindrchalar
bilan toldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to‘xtovsiz ravishda soatiga
30-50 tonna xomashyoni shlam massasiga aylantiradi.
Shlam nasoslar
shlambasseynlarga yuboriladi va 5-7 kunlik zaxira miqdorida saqlanadi.
Basseyndan shlam oMchovli ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga
uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: