Xumdonning uzunligi 150-185-230 m., diametri 4 -5 -7 m. va 3,5-
4° qiyalikda o ‘rnatilib, markaziy o ‘q atrofida daqiqasiga 0,5-1,4
marta
aylanadi. Shlam yuqori qismdan solinib, pastki qismga harakatlanadi.
Pastki qismdan gaz yoki ko‘mir kukuni havo bilan birga yoqiladi va
1500°S gacha harorat hosil qilinadi.
Xumdon ichidagi jarayonlar haroratga qarab oltiga boMinadi:
1. BugManish zonasida shlam tarkibidagi mexanikbog‘langansuv70-
200°S haroratgacha qizdirilganda chiqib ketadi.
Quritilgan material yirik
bo‘laklar xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib maydalanadi.
2. Isitish zonasida 200-700°S haroratda organik aralashmalar yonib
ketadi, kimyoviy bog‘langan suv (kristall kimyoviy) yo‘qotiladi va suvsiz
kaolinit Al?0 32S i0 0 hosil boMadi.
3. Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100°S gacha bo‘lib,
kalsiy va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi ko‘p
miqdorda erkin holda hosil boMadi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik
boMgani uchun bu zonada katta issiqlik miqdori yutiladi.
Bu zonada giltuproqdan A120 3, S i0 2 va Fe20 3 kabilar kinoksidlar
hosil boMadi va ular CaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO A120 3 Fe20 3 va
2Ca0 S i0 2minerallarni hosil qiladi.
4. Ekzotermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250°Sgacha
boMadi. Bu zonada qattiq fazali reaksiyalar natijasida 4CaO A120 3 Fe20 3va
2Ca0 S i0 2 hosil boMadi. Ekzotermik reaksiyalar natijasida harorat 150-
200°S ga koMariladi.
5. Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450°S gacha ko‘tarilib, yana
1300°C gacha kamayadi. Bu zonada hosil boMgan minerallar qisman eriydi,
qayta birikib 3CaOSiO, hosil boMadi. 1450°S haroratda 2CaOSiO, va CaO
birikib alit hosil boMadi va klinker tarkibida erkin holatdagi CaO 0,5-1
foiz qoladi. Erigan minerallar xumdon devorlarida to‘xtovsiz dumalagani
uchun kubchalar (soqqachalar) hosil boMadi.
Bu zonada haroratning
1300°S gacha pasayishi eritmaning kristallanishiga va 3C a0A l20 3,
4 C a 0 A l20 3Fe20 3 va MgO laming hosil boMishiga olib keladi.
6. Sovitish zonasida klinker harorati 1300°S dan 1000°S gacha
pasayadi va C3S, C2S, C3A, C4AF va MgO hosil boMadi.
Klinker soqqachalar xumdondan to‘q kulrangi yoki ko‘kimtir kul
rangida chiqadi. K linker panjarali, rekuperatorli
va boshqa turdagi
sovitkichlarda 1000°S dan 100-200 °S gacha sovitiladi. Klinkemi tindirish
uchun bir-ikki hafta oraliq omborlarda saqlanadi.
64