Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə15/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5 6210799670982083854

Kurash choralari. Tok yaxshilab parvarish qilinadi (o‘z vaqtida sug‘oriladi, yer yumshatiladi, o‘g‘itlanadi va hokazo), bu esa uni chidamli qiladi. Bu agrotexnika tadbirlaridan tashqari, filloksera ko‘p tarqalgan joylarda tokzorga Amerika navlariga payvand qilingan ko‘chatlarni o‘tqazish kerak.
Filloksera juda ko‘payib ketgan joylar payvand qilingan toklar zonasi deb ataladigan doiraga kiradi. Gʻarbiy Yevropada filloksera tushgan tokzorlarga ba’zan bir-ikki oygacha 15-20 sm balandlikda suv bostirib quyiladi. Suv tuproqdan havoni siqib chiqaradi, buning natijasida qishlayotgan lichinkalar halok bo‘ladi, ammo bu choralar hamma navlar uchun to‘g‘ri kelavermaydi. Toklarni mumkin qadar qumli tuproqlarda o‘stirish tavsiya etiladi. Payvand qilingan toklar zonasida tuproq har yili kuzda (uzum uzib olingandan keyin) serouglerod bilan (30-40 g/m2 hisobidan), yoki serouglerod va paradixlorbenzol, yoki polixloriddan iborat aralashma (1 m2 ga 30 g serouglerod va 10 g paradixlorbenzol yoki polixloridlar olinadi) bilan dezinseksiya qilinib, tokni tuzatish metodi qo‘llanadi. Ammo toshloq va og‘ir zich tuproqli yerlarda bu metoddan foydalanilmaydi.
Moldaviyada o‘tkazilgan tajribalarning 1960 yilda e’lon qilingan natijalariga qaraganda, tuproqni dixloretan va paradixlorbenzolning 2:1 nisbatda olingan aralashmasi bilan (1 m2 ga 90 g hisobidan) 4 yilda bir marta fumigasiya qilish mumkin. Insektisidlar 50 x 50 sm sxemada tok tupidan 25 sm qochirib solinadi. Injektor yoki qoziqning o‘rni (chuqurchalar) fumigant solishdan keyin darhol bosib qo‘yiladi. Fumigantlar 10-15 sm chuqurlikka yoki yaxshisi ikki qavat qilib solinadi, bunda insektisid bug‘lari chuqurroqdagi (1-2 metr) lichinkalarga yetib borishi hisobga olinadi. Harorat 18°S dan past bo‘lganda va tuproq namligi uning to‘la namlik sig‘imidan 30 % ortiq yoki kam bo‘lganda bu metoddan foydalanish natija bermaydi.
Fillokseraning bargga zarar yetkazadigan formasiga qarshi kurash uchun bu hasharot tushgan joylarga yozda geksaxloran suspenziyasi, qish davrida 6-8 % li mineral-moy emulsiyalari (qishlayotgan tuxumlarga qarshi) purkaladi, shuningdek ko‘klamda birinchi gall paydo bo‘lgan barglar yulib olib yo‘qotiladi.
Hozirgi vaqtda filloksera tushmagan yoki unda-bunda uchrab turadigan mintaqanlar payvand qilinmagan toklar zonasiga kiradi. Ko‘chatlar filloksera tushgan zonadan toza zonaga yuborilishda tekshiriladi va yuqumsizlantiriladi va bu haqda qishloq xo‘jaligi o‘simliklari karantini davlat inspeksiyasi tomonidan sertifikat beriladi. Shundan keyingina ularni olib kelishga ruxsat etiladi. Ko‘chatlar berk kameralarda sianid kislota yoki etilen oksidi bilan yuqumsizlantiriladi.
Sianid kislota gazokameraning 1 m3 ga quyidagi miqdorda ishlatiladi: 25-26°S haroratda - 16 g, 23-24°S da-16,5 g, 21-22°S da-17 g, 19-200S da-17,5 g, 17-18°S da-18 g, 16°S da-18,5 g, 15°S da-19 g, 14°S da-19,5 g, 130S da-20 g, 12°S da-20,5 g, 11°S da-21 g va 10°S da-22 g natriy sianid, 1,5 hissa sulfat kislota hamda 3 hissa suv kerak bo‘ladi. Yuqumsizlantirish bir soat davom etadi. Etilen oksidi gazokameraning 1 m3 ga quyidagi miqdorda ishlatiladi: 10°S da-50 g (yuqumsizlantirish 4 soat davom etadi), 11°S da - 50 g (yuqumsizlantirish 3 soat-u 50 minut davom etadi), 12°S da-50 g (yuqumsizlantirish 3 soat-u 40 minut davom etadi), 13°S da-49 g (yuqumsizlantirish 3 soat-u 20 minut davom etadi), 14°S da-48 g (yuqumsizlantirish 3 soat-u 20 minut davom etadi). 15°S dan 23°S gacha haroratda harorat 1°S ortishi bilan etilen oksidi 1 g, yuqumsizlantirish vaqti esa 5 minut kamayadi. 24°S da 39 g etilen oksidi sarflanadi, yuqumsizlantirish 2 soat-u 25 minut davom etadi, 25°S da esa etilen oksididan 48 g sarflanadi, yuqumsizlantirish 2 soat-u 20 minut davom etadi.
Harorat bundan yuqoriroq bo‘lganda harorat 2°S dan ko‘tarilib borishi bilan etilen oksidi 1 g, yuqumsizlantirish vaqti esa 5 minut kamayadi. 32°S da etilen oksididan 35 g ketadi, yuqumsizlantirish vaqti esa 2 soat davom etadi.
Payvand qilinmagan toklar zonasida, shu jumladan, Markaziy Osiyoda tokzorlar karantin xizmati belgilagan muddatlarda vaqt-vaqti bilan tekshirib, filloksera bor-yo‘qligini bilish kerak. Tekshirishda quvvatdan ketgan, majmag‘il tuplar aniqlanadi, shu tuplarning ildiz bo‘yni atrofidagi popuk ildizlari yaxshilab ko‘zdan kechiriladi va bu yerda filloksera gallari topilmasa yoki popuk ildiz bo‘lmasa, ildizlar tupning bir tomonidan, tupdan 20-30 sm qochirib 50-65 sm chuqurlikda ochiladi, bir-ikki yillik ildizlarning bo‘laklari, popuk ildizlari hamda ularning ingichka ildizchalari lupa bilan qaraladi. Tuplarning yupqa barglari ko‘zdan kechiriladi.
Payvand qilinmagan toklar zonasida filloksera borligi ma’lum bo‘lganda radikal kurash chorasi qo‘llanadi, ya’ni zararlangan uchastkaning tuprog‘i serouglerod bilan (40 g/m2 hisobida) fumigasiya qilinadi, kuzda esa uzum uzib olingandan keyin, tok kesiladi va tuprog‘i serouglerod bilan (450-900 g/m2 hisobidan), serouglerodning benzol polixloridlari bilan (og‘irlik hisobida) 3:1 nisbatdagi aralashmasi (1 m2 ga 600-1200 g hisobida) yoki 2:1 nisbatdagi aralashmasi 600-1300 g/m2 hisobida), dixloretanning kubovoy qoldiqlari bilan (600-1800 g/m2) yoki dixloretan hamda nitrobenzol qoldiqlari aralashmasi bilan (800-2000 g/m2 hisobida) dorilanadi.
Og‘irroq, strukturasiz, gazni yaxshi o‘tkazmaydigan tuproqlarning nami ko‘p va harorati past bo‘lsa, insektisidlar yengilroq, gazni yaxshi o‘tkazadigan, quruqroq tuproqlarga va havo issiq vaqtdagiga qaraganda ko‘proq ishlatiladi
Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin