Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə2/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 6210799670982083854

O‘rgimchakkana
Tetranushus sr.
Zarari. Ba’zan ayrim tok tuplarida ko‘p bo‘ladigan o‘rgimchakkana tok barglarini to‘kib yuboradi va uzumni yetiltirmay qo‘yadi; kana kam bo‘lsa barglar qizaradi-yu, to‘kilib ketmaydi, bunda uzum, garchi pishsa ham, shirasi kam bo‘ladi. Kana so‘rishi tufayli quvvatdan ketgan tok hosilini kamaytiradi.
Tarqalishi. O‘rgimchakkana O‘zbekistonning turli tumanlaridagi toklarga zarar yetkazadigan miqdorda qayd qilingan.
Ta’rifi. Bu kana kattaligi va shakli jihatidan g‘o‘za o‘rgimchakkanasi (Tetranychus telarius L) ga o‘xshaydi; Tetranychus sr. kanasi oq yoki och pushti-oq rangli bo‘ladi.
Hayot kechirishi. Maxsus tekshirilmagan va asosan olganda g‘o‘za o‘rgimchakkanasining hayot kechirishiga o‘xshaydi.
Izabella, Tavkveri va Matrassa uzum navlari kanadan zararlanmaydi; Kaberne frank Murvedr, Morastel va Rkasitelli navlariga esa kana ko‘proq zarar yetkazadi.
Kurash choralari. O‘rgimchakkanaga qarshi oltingugurt guli, yanchilgan qalamcha oltingugurt yoki oltingugurt konsentratlari changlanadi, yoki kolloid oltingugurt suspenziyasi, yo bo‘lmasa ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi, ular tok kanasiga qarshi qanday nisbatda ishlatilgan bo‘lsa, o‘rgimchakkanaga qarshi ham o‘shanday nisbatda ishlatiladi.


Akasiya soxta qalqondori
Rarthenolecanium sorni Voshye
Zarari. Akasiya soxta qalqondori tokni so‘rib, quvvatdan ketkazadi, uzum boshlarini yopishqoq tezagi bilan ifloslantiradi va shirasini kamaytiradi.
Tarqalishi. Akasiya soxta qalqondori Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz, Uzoq Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida va Shimoliy Amerikada tarqalgan.
Ta’rifi. Akasiya soxta qalqondorining birinchi nasli 4-7 mm kattalikda, juda ham qavariq, och jigar rang tusda bo‘ladi, ikkinchi nasli 2-5 mm kattalikda, yassiroq, sariq-jigar rang tusdadir. Og‘iz organlari, oyoqlari va mo‘ylovlari juda kichkina bo‘ladi, gavdasining bo‘g‘imlarga bo‘linganligi deyarli sezilmaydi.
Tuxumi 0,08-0,10 mm kattalikda, oval shaklda, oq bo‘lib, mumsimon changi bor.
Birinchi yoshdagi lichinkasi oq tusli bo‘lib, mumsimon karash bilan qoplangan; gavdasi yassi bo‘lib, uchida ikkita uzun dum ipi bor, oyoqlari uzun, ro‘y-rost ko‘rinib turadi. Ikkinchi yoshdan boshlab lichinka dum iplarini yo‘qotib, qalqon shaklini oladi, qalqoni oval shaklli, och sarg‘ish tusli bo‘lib, keyin qoramtir tusga kiradi.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin