Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə9/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
5 6210799670982083854

Hayot kechirishi. Tok barg o‘rovchisi daraxtlarning po‘stloq yoriqlarida, tok zangining po‘stloqlari ostida, poya yoriqlarida va shunga o‘xshash pana joylarda g‘umbaklik stadiyasida qishlaydi.
Ko‘klamda uchib chiqadagan kapalaklari tokning, ayniqa, ko‘pincha qora kishmishning sho‘ra kurtaklariga tuxum qo‘yadi, ayni vaqtda yer yaqinidagi sho‘ra shingillarining pastki qismini xush ko‘radi, qisman siren, smorodina, pechakgul va uchqatga ham tuxum qo‘yadi. Kapalak umrida 60-100 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari tokning sho‘ra kurtaklarini o‘rgimchak ipi bilan o‘raydi, sho‘ra kurtaklarini yeydi, shuningdek novdalarning ichiga ham o‘yib kiradi. O‘sgan qurt zangning yer bag‘irlab yotgan qismidagi ko‘chgan po‘stlog‘i ostida pilla o‘raydi, so‘ngra pillaning ichida g‘umbakka aylanadi. 1,5-2 haftadan keyin g‘umbaklardan yangi kapalaklar chiqadi.
Yozgi nasl kapalaklari tuxum qo‘yish uchun namroq joylardagi uzumni-asosan yerga tegib turgan uzum boshlarini xush ko‘radi. Tuxumlardan yangi chiqayotgan qurtlar uzum boshlarining qorong‘iroq va yerga yaqin turgan shingillariga zarar yetkazadi. Qurt va g‘umbaklarning rivojlanishiga namlik qulay sharoit tug‘diradi. Markaziy Osiyoda uzum boshi g‘uj bo‘ladigan navlarda zangga yaqin-pastda joylashgan uzum boshlarining zararlanishiga ham sabab shu bo‘lsa kerak. Iqlimi namroq joylarda (masalan, Kavkazda yoki Yevropada) har xil nav va turli balandlikdagi uzumlarga hasharotlar zarar yetkaza beradi.
Kurash choralari. Markaziy Osiyo sharoitida tok barg o‘rovchisining katta zarar yetkazadigan miqdorda ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydigan radikal chora-tokni yerda qoldirmay, yog‘ochga yoki ishkomga olishdir. Namni xohlaydigan tok barg o‘rovchisi Markaziy Osiyoning issiq iqlimida yog‘ochga yoki ishkomga olib o‘stiriladigan tokda ko‘payib keta olmaydi.
Tok barg o‘rovchisini qirish choralaridan biri unga kalsiy arsenat eritmasini (1 l suvga 3 g kalsiy bilan 3 g ohak qo‘shib tayyorlangan) gektariga o‘rta hisob bilan 1000 l dan purkashdir. Shuningdek 5,5 % li DDT dustini tok gullashidan ilgari gektariga 30 kg hisobidan ishlatish ham mumkin.



Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin