Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə7/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
5 6210799670982083854

Hayot kechirishi. Kuzda urug‘langan ona arilar toshlar orasiga, devorlarning teshik-yoriqlariga, o‘simlik qoldiqlarining ostiga kirib qishlaydi.
Ko‘klamda uyg‘ongan ona arilar in yasaydi, ayni vaqtda qovog‘ari bilan mayda ari ko‘pincha bulturgi inlaridan foydalanadi. Kichkinagina inning kataklariga tuxum qo‘yadi va undan chiqqan lichinkalarni asosan o‘zi o‘ldirib olib kelgan hasharotlar bilan boqadi. Qovog‘ari esa go‘sht berib ham boqadi. Lichinkalaridan «ishchi» arilar paydo bo‘ladi, ular inni kengaytirib, boshqa lichinkalarni boqa boshlaydi. Ona ari esa dastlabki ishchi arilar paydo bo‘lgandan keyin darhol lichinkalarni boqmay qo‘yadi va tuxum qo‘yishni davom ettiradi, shu bilan birga tuxumni tobora tezroq qo‘yadi. Ona ari halok bo‘lgan taqdirda butun in qotib o‘lib qoladi.
Ishchi arilar g‘umbaklardan chiqqach urg‘ochi ari ba’zan inni tashlab ketadi. Qishloq xo‘jaligiga nuqul deyarli ishchi arilar zarar yetkazadi. Vaqt o‘tishi bilan koloniyalar tobora ko‘payadi va yoz oxiriga kelib, arilar juda ham ko‘payib ketadi. Kuzda yangi erkak va urg‘ochi arilar paydo bo‘ladi, ular juftlashadi va urug‘langan yosh urg‘ochi arilar qishlagani ketadi, qolganlarining hammasi o‘ladi.
Qovog‘ari paxsa devor va binolarning teshik-yoriqlariga in qo‘yar ekan, ularni jag‘lari bilan kengaytiradi. Ari inini soz tuproq yoki loydan quradi. Uning kataklari bir necha qavat bo‘ladi, eski inlardagi qavatlar beshtagacha boradi. Mayda ari va turkman arisi yog‘ochni jag‘i bilan qiradi va undan chiqqan qipiqni so‘lagi bilan biriktirib in quradi. Bunday in xuddi dag‘al kul rang qog‘ozdan yasalganga o‘xshab ko‘rinadi.
Mayda ari ham inini qovog‘ari kabi, paxsa devor va binolarning teshik-yoriqlariga, ba’zan yerga quradi. Ini shar shaklida bo‘lib, kattaligi odam kallasidek keladi va ichida yetti qatorgacha kataklari bo‘ladi.
Turkman arisi ham inlarini ba’zan devorlarning yoriqlariga qo‘yadi. Ammo ko‘pincha imoratlarning devorlariga, daraxtlarning tana va shoxlariga ochiq qo‘yadi. Qovog‘ari bilan mayda arilarga parazitlar qattiq hujum qilib turadi, masalan, Buxoro atrofida qovog‘arining ayrim inlarida Srhyesorhaga vyesrarim Sm. yaydoqchisi tushgan kataklar topilgan, bular 50 % gacha yetishi V. V. Yaxontov tomonidan aniqlangan.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin