Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə4/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 6210799670982083854

Tok unsimon qurti
Rsyeudosossis sitri Risso.
Zarari. Tok unsimon qurti hammaxo‘r bo‘lib, tokdan tashqari anjir, sitrus o‘simliklari va boshqa mevalarga, tut daraxtiga, har xil poliz ekinlariga va manzarali o‘simliklarga zarar yetkazadi.
Kavkazdagi kuzatishlarga qaraganda, tok unsimon qurti ko‘payib ketganda uzum hosilini ba’zan 40-60 % gacha kamaytirib yuboradi. Zararlangan uzum burishib yoki qurib qoladi, tok novdalari tuzuk o‘smaydi.
MDHda tok unsimon qurti karantin zararkunanda hisoblanadi.
Tarqalishi. Bu qurt Turkmaniston, janubiy Tojikistonning ayrim joylarida, O‘zbekistondagi Denov tumanining ba’zi yerlarida, Kavkazda, Qrimning janubiy sohilida, Gʻarbiy Yevropa janubida, Azor va Kanar orollarida, Shimoliy, O‘rta va Janubiy Afrikada, Yaqin Sharq mamlakatlarida, Indoneziya, Yaponiya, Xitoyda, Bermud orollarida, Vest-Indiya, Braziliya, Gavayya va Novogebrid orollarida uchraydi.
Ta’rifi. Qurtning urg‘ochisi 3,5-4,0 mm uzunlikda, keng oval shaklida bo‘lib, oq mumsimon qavat bilan qoplangan. Terisi sarg‘ish-jigar rang mumsimon modda bilan qoplangan bo‘lib, uzunasiga ketgan qoramtir chizig‘i bor. Gavdasining ikki yonida 17 juft kalta mumsimon o‘siqlari bor; shu jumladan orqadagi bir jufti (dum iplari deb ataladigani) boshqalaridan ancha uzunroq bo‘lib, gavda uzunligining 1/4 yoki 1/5 qismini tashkil etadi.
Erkagining kattaligi 1,2-1,5 mm chamasida bo‘lib, bir juft qanoti, ikkita dum ipi, anchagina uzun mo‘ylovlari bor.
Hayot kechirishi. Tok unsimon qurti tok zangi yoriqlarida va ko‘chgan po‘stlog‘i ostida, tokni ko‘tarib turadigan tirgaklarning yoriqlarida, daraxtlar po‘stlog‘ining ostida va begona o‘tlarda yetilmagan urg‘ochi stadiyasida qishlaydi. Qisman 1 sm cha chuqurlikdagi tuproqda erkak lichinkalari ham qishlaydi. Qishlab chiqqan erkak lichinkalari ko‘klamda halok bo‘ladi, kech kuzda rivojlanib bo‘lgan erkak hasharotlardan bir qismi ham keyinchalik nobud bo‘ladi. Shu sababli Markaziy Osiyoda tok qurti deyarli nuqul partenogenez yo‘li bilan ko‘payadi.
Qishlab chiqqan urg‘ochi hasharot aprel oxiri-mayda jinsiy voyaga yetib, tok novdasi yoki daraxt tanasi va shoxlarining qaysi joylarini so‘rgan bo‘lsa, o‘sha joyga tuxum qo‘yadi. Harorat 16°S dan past bo‘lmagan vaqtda tuxumlardan lichinkalar chiqadi (Aleksidze).
Ozarbayjondagi kuzatishlarga qaraganda, tok qurti mavsumda uchta, qisman to‘rtta nasl beradi. Birinchi nasli tok zangi, novdalari va barglarini so‘rib oziqlanadi, ikkinchi nasli asosan barglarni va sho‘rani so‘rib oziqlanadi, uchinchi nasli deyarli nuqul barg va mevalarni so‘rib oziqlanadi. Ayniqsa yoz oxirida va kuzda ko‘proq zarar yetkazadi. Tok qurtining urg‘ochisi zang va novdalarga 4-40 ta, barglarga 100-150 ta, sho‘ra bandlariga va g‘o‘raga 250-600 ta tuxum qo‘yadi. Oziqlanish rejimidan tashqari, harorat ham urg‘ochilarning tuxum qo‘yishiga ta’sir etadi; 22-25°S li optimal haroratda urg‘ochi qurt ko‘proq urchiydi. Tuxumdan 10-14 kunda lichinka chiqadi. Birinchi yoshdagi lichinkalar 22-25°S (optimal) haroratda 15 kunda, ikkinchi va uchinchi yoshdagi lichinkalar esa 16 kunda rivojlanadi. Voyaga yetgan urg‘ochi qurtlar 50 kungacha yashaydi. Urg‘ochi qurtlar so‘nggi marta po‘st tashlagandan keyin oradan ikki hafta o‘tgach jinsiy jihatdan yetilib oladi.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin