Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə6/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 6210799670982083854

Tarqalishi. Qovog‘ari Markaziy Osiyoda va Qozog‘istonning chegaradosh joylarida, janubi-sharqiy Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, shimoliy Hindiston va Misrda uchraydi. Mayda ari Osiyoda (tropik mintaqalarga qadar), Yevropa, shimoliy Afrika va shimoliy Amerikada uchraydi; turkman arisi hozircha faqat Markaziy Osiyoda ma’lum.
Ta’rifi. Arining hamma turlari polimorf, erkaklari va ishchilari urg‘ochilaridan maydaroq bo‘ladi. Ular orqasining oldi qismi harakatsiz bo‘lib, orqa chekkasi o‘yiqli, mo‘ylovlari bo‘g‘imli, oldingi qanotlari uzunasiga yig‘iladi.
Qovog‘arining urg‘ochisi yoki ona arining uzunligi 3 sm gacha yetadi, erkagi bir oz maydaroq, ishchilarining uzunligi esa taxminan 2,5 sm keladi. Boshi ko‘ziga qaraganda ancha orqaga qarab davom etadi, oddiy ko‘zchalari ko‘zlarining orqa chekkasidan oldinroqda bo‘ladi. Gavdasi jigar rangda, boshining mo‘ylovlar o‘rtasidagi oldingi qismi sariq bo‘lib, qornining oldingi yarmida sariq ko‘ndalang yo‘l bor. Qornining orqadagi uchi sariq, ustida jigar rang dog‘lari bor, qanotlari sal-pal qoramtir bo‘ladi. Mayda arining uzunligi taxminan 2 sm bo‘lib, boshining ko‘z orqasidagi qismi kengaygan emas; oddiy ko‘zchalari ko‘zlarning orqa chekkasi bilan bir darajada. Boshi (usti, ko‘zlari va mo‘ylovlaridan tashqari) bilan qorni sariq, ko‘kragining asosiy qora fonida sariq dog‘lar, qornida esa ko‘ndalang qora dog‘lar bor. Oyoqlarining uchi sariq bo‘lib, sariq qansharida uchta (ba’zan bitta) qora nuqta bor.
Turkman arisining uzunligi 1,6 sm gacha bo‘lib, mayda arilarga qaraganda ingichkaroq, cho‘ziqroq, qornining poyachaga o‘xshab cho‘zilgan segmenti kotus shaklida bo‘ladi va asosiga tomon sekin-asta torayib boradi, holbuki mayda arilarda bu segment yuqoridan tikka qirqilib tushgan.
Turkman arisining qora ko‘kragida sariq dog‘lar bor, qorni qora bo‘lib, keng sariq yo‘llari bor. Bu yo‘llar segmentlarning orqa chekkalaridan o‘tadi. Oyoq sonlarining 3/4 qismi qora, oyoq uchlari esa sariq bo‘ladi. Arilarning lichinkalari qurtga o‘xshash, oyoqsiz, g‘umbaklari erkin bo‘ladi.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin