Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə5/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 6210799670982083854

Kurash choralari. Oldini olish choralari quyidagilardan iborat: tokzor begona o‘tlardan toza tutiladi, erta ko‘klamda zang po‘stlog‘i va daraxtlarning tanalari nobud bo‘lgan po‘stlardan tozalanadi hamda ularga ohak-kerosin emulsiyasi surib qo‘yiladi.
Qirish choralari: tok va daraxtlarga 0,5 kg ohak 1,5 l kerosin bilan 6 kg sivush moyini 100 l suvga aralashtirib tayyorlangan emulsiya purkaladi, har bir tup tokka shunday emulsiyadan 1,5 l chamasi sarflanadi (Prins). Ammo bu emulsiya uzum sifatini buzadi: uzum mumsimon pardasidan mahrum bo‘ladi va qand miqdori 0,5 % cha kamayadi, shu sababli tok qurtiga qarshi kurash choralarini mumkin qadar ko‘klamda (tok gullaguncha) yoki yoz boshlarida (tok gullab bo‘lgandan keyin tez orada) amalga oshirish kerak
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda (Mitrofanov, Karumidze va boshqalar), tok unsimon qurtiga qarshi kurashda 0,25 % li tiofos suspenziyasini uzum pishishidan kamida bir oy ilgari purkash yaxshi natija beradi. Yangi xo‘jaliklarga tok unsimon qurtining o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shu hasharot tarqalgan xo‘jaliklardan ko‘chat, meva, idishlar, tirgavich yog‘ochlar, bag‘az, poyalarni yaxshilab tekshirilmay va karantin inspeksiyasidan ruxsat olmay keltirish mumkin emas.
Komstok qurtiga qarshi kurash uchun ko‘chat va mevalarni yuqumsizlantirishda qanday usul va vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, tok unsimon qurtiga qarshi kurashda ham o‘shanday usul va vositalardan foydalaniladi, shuningdek ko‘chatni 52°S gacha isitilgan suvda 7 minut davomida dezinseksiya qilish tavsiya etiladi.


Arilar
Vyesridaye
Markaziy Osiyoda uzumga uch xil ari: Osiyo arisi yoki qovog‘ari (Vesra oriyentalis Gʻ.); mayda ara (Vesra gyegmanica Gʻ.) va turkman arisi (Rolystes sasricus Mor.) zarar yetkazadi.
Zarari. Arilar tupdagi pishgan uzumni ham, quritilayotgan uzumni ham, omborda saqlanayotgan uzumni ham yeb qo‘yib, ba’zan katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Arilar uzumdan boshqa mevalarni, jumladan, o‘rikni ham talaydi.
Qovog‘ari asalarilarni o‘ldiradigan yirtqich bo‘lib, asalarichilikka ba’zan kattagina zarar yetkazadi. Bundan tashqari, qovog‘ari go‘sht do‘konlari va qushxonalardagi go‘shtni, ba’zan esa yaqinda o‘lgan hayvonlarning go‘shtini ham talaydi. Ari o‘laksani talaganda ba’zi yuqumli kasalliklarning mikroblarini va murda zaharini mexanik yo‘l bilan tarqatib, odam sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin; odamni ari chaqqan paytda murda zahari qonga o‘ta oladi.
Har xil arilar, ayniqsa qovog‘ari chaqqanda juda og‘ritadi. Markaziy Osiyoning janubiy tumanlarida ari ko‘proq bo‘lib, katta ziyon yetkazadi.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin