Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə10/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5 6210799670982083854

Uzum barg o‘rovchisi
Ro1ushrosis botrana Schiff.
Zarari. Uzum barg o‘rovchisi uzumni zararlaydi, ko‘pincha tok yerda qoldirilganda juda katta zarar yetkazadi. Masalan, 1929 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tok va uzum barg o‘rovchisining qurtlari tushishi natijasida uzum hosilining taxminan yarmi nobud bo‘lganligi ma’lum, shu bilan birga uzum barg o‘rovchisining qurtlari zararkunandalarning 90 % ini tashkil etgan (Kojanchikov). Uzum barg o‘rovchisining qurtlari sho‘ra, g‘o‘ra va so‘ngra uzumning o‘zini ham yeb qo‘yadi. Barg o‘rovchi tushgan uzum boshlari ko‘pincha irib ketadi.
Tarqalishi. Uzum barg o‘rovchisi Markaziy Osiyoda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining faqat 12 tumanida, Ashxobod atrofida va Yettisuvda uchraydi. Bu hasharot Quyi Volga bo‘yida, Ukrainaning janubida, Qrim, Kavkazda, O‘rta va Janubiy Yevropa, Kichik Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerikada ham tarqalgan.
Ta’rifi. Kapalagi qanotlarini yozganda 12-13 mm keladi. Oldingi qanotlari zaytunday qo‘ng‘ir bo‘lib, ko‘ndalangiga ikkita och bog‘i bor. Qanotining oldingi chekkasida, o‘rtasi yaqinida qora dog‘lardan iborat xira jilosi bor. Orqadagi qanotlari kul rang, asosi tashqi chekkasiga qaraganda ochroq bo‘ladi.
Tuxumining uzunligi taxminan 0,5-0,7 mm; rangi sariq, ust tomoni bir oz bosilgan.
Qurtining uzunligi 12 mm gacha boradi, dastlab oqimtir (boshi qora) bo‘ladi, keyinchalik sarg‘imtir yoki yashilroq, boshi esa och qo‘ng‘ir tusga kiradi. Gʻumbagining uzunligi 5-7 mm, jigar rang tusda bo‘lib, 10-12 mm kattalikdagi dugsimon oq pillaning ichida turadi.
Hayot kechirishi. Uzum barg o‘rovchisi zang po‘stlog‘ining tangachalari ostida, poya yoriqlarida, barglar ostida g‘umbaklik stadiyasida qishlaydi. Ko‘klamda kapalaklari chiqadi, ular g‘ira-shirada uchib tok sho‘rasiga tuxum qo‘yadi, tokning qorong‘iroq joylaridagi sho‘ralarni xush ko‘radi. Urg‘ochisi umrida 50-60 ta tuxum qo‘yadi.
May oxirida qurtlarning birinchi avlodi o‘sib yetishadi, ular asosan sho‘ra bilan oziqlanadi va boshqa ko‘pgina o‘simliklarda ancha kamroq bo‘ladi. Qurtlarning birinchi nasli tokning turli navlariga birday zarar yetkazadi.
Iyulning birinchi yarmida uzum barg o‘rovchisining ikkinchi nasli, avgustning yarmiga kelib-uchinchi nasli va oktyabrning yarmi-oxirlariga kelib-to‘rtinchi nasli paydo bo‘ladi. To‘rtinchi, qisman uchinchi naslning g‘umbaklari qishlaydi. Birinchi nasl qurtlaridan boshqa qurtlar avval g‘o‘ra bilan, so‘ngra pishayotgan uzum bilan oziqlanadi: yosh qurtlar uzum donasini ichidan yeyaveradi, o‘sgan qurtlar esa tashqaridan o‘yib kiradi.
Qurtlar namni hohlaganidan ikkinchi nasldan boshlab yerda qoldirilgan yoki uzum boshi g‘uj bo‘ladigan toklarga ko‘proq tuxum qo‘yadi. Muskat, qora kishmish va charos ko‘proq, sapiravi, Kaberne frank, Kaberne savinon, Rkasiteli va Rundveys navlari kamroq zararlanadi. Uchinchi va to‘rtinchi nasl qurtlaridan zararlangan uzum boshlari ko‘pincha irib ketadi, yerga tegib turgan, shuningdek zich uzum boshlari ayniqsa ko‘p iriydi. To‘rtinchi nasl qurtlari hasharotning qishlaydigan joylarida g‘umbakka aylanadi, dastlabki uch nasl esa buklangan barglar ostida, poya yoriqlarida va tuproq donalari ostida, asosan uzum boshlarining orasida g‘umbakka aylanadi.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin