Tormoz kolodkasinig uzoq vaqt mobaynida ishlashi kolodkaning yeyilishiga olib keladi va baraban o’rtasidagi tirqish (mashina qismlari o’rtasidagi juda tor tirqish) bir vaqtning o’zida kattalashib borishiga sabab bo’ladi. Tormoz pedalini bosilish davomiyli bosilgan vaqtdan boshlab oshib boradi va tormoz kuchining samaradorligini pasaytirib yuboradi. Agar tormoz kolodkasi ishdan chiqsa, qurilma avtomatik tarzda tormoz kolodkasidagi tirqishni boshqarib boradi. Qo’shaloq yordamchi mexanizm turida, tormoz bosilganda asosan avtomashinaning orqa tayanch diskli tormoz ishlaydi. Ikkilamchi tormoz boshqaruv kolodkasi turida esa, avtomashinani haydash jarayonida tormoz bosilgan vaqtda faollashadi.
Mustaqil boshqaruvli boshqaruvda, kulachok va boshqaruvli mexanizm turlaridan ko’proq foydalaniladi.
Kulachok turining tuzilishi (2.70-rasmda ko’rsatilgan). Boshqaruvli mexanizm turi 2.71-rasmda ko’rsatilganidek, boshqaradigan mexanizm burama ajratgichi bitta ajratgich yordamida aylantirganda, taxminan 0.01mmli tirqish o’rnatiladi.Shuning uchun 0.3-0.5mmli tirqish vkladishining ishlash samaradorligini oshirish uchun unga xizmat ko’rsatish talab qilinadi. Bu holda, rostlash richak va tartibga solish orasidagi masofa siz masofani saqlab qolish uchun ega emas, agar to’g’ri ishlamaydi o’z-o’zini tartibga boshqaruvi uchun taxminan 5 ~ 7 mm bo’lishi kerak.
2.70-rasm. Tizmga kelgan qismlar ajiraluvchi turi
2.71-rasm. Tizmni ajirluvchi qismlarini ajiratilgan holati 5.6.Diskli tormoz boshqaruvi
Diskli tormoz boshqaruvi haqida ma’lumot.
Diskli tormoz barabanli tormozdan farq qilib, u aylanayotgan diskni friksion nakladka (yoki yopib turadigan ustki qismi) ning har ikkala tomoni bo’ylab itarishi natijasida tormoz kuchi paydo bo’ladi. Bunday turdagi tormoz tashqi kolodkali tormoz mexanizmi deb ataladi.
Diskli tormozning o’ziga xos xususiyatlari
ⓐ) G’ildirakning har ikkala tomonidagi tormoz kuchi mustahkamligi va g’ildiraklar og’ishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun tormozlanish vaqtida chidamlilik va barqarorlik xususiyatini saqlaydi;
b) Agar avtomashini yuqori tezlik bilan boshqarish jarayonida tormoz pedalini bir necha bor takroriy bosilganda ham barqaror tormozlanish kuchiga erisha oladi;
c) Barabanli tormoz boshqaruvi bilan solishtirganda, tormoz quvvatining yuqori sifatli bo’lishligi bilan birgalikda keskin ishqalanishdan paydo bo’ladigan issiqlik quvvat ostida diskli tormoz o’zining shaklini yo’qotmaydi;
d) Agar tormoz boshqaruvi suv, kir va changlardan zarar ko’rsa, bunday zararlovchi aralashmalar markazdan qochirma kuch orqali tez bartaraf etiladi va tormiz boshqaruvi o’zining oldingi holatiga qaytadi;
e) Oddiy tarkibiy tuzilishga ega. Tormoz nakladkasini almashtirish, tekshirish va unga texnik xizmat ko’rsatish qulay;
f) Samarali tormoz quvvatiga erishish uchun yuqori moy rezervuaridagi bosimga erishish talab etiladi, chunki friksion nakladka kichik va cheklangan;
g) Friksion nakladka yeyilib ketishi juda oson va ishqalanish yuzasida bo’lganligi sababli uning chidamlilik xususiyati juda qisqa muddatli hisoblandi;
h) Diskli tormoz tarkibiy xususiyatlari tufayli qimmat;
i) Friksion nakladka qalin va pishiq materiallardan tayyorlanadi;
Diskli tormoz avtomashinaning old g’ildiraklari uchun o’rnatiladi, lekin hozirgi kunda esa avtomashinaning old g’idiraklariga o’rnatilishi bilan birgalikda, orqa g’ildiraklari o’rnatish jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuning uchun diskli tormoz boshqaruviga ega bo’lgan avtomashina uchun yordamchi tormoz boshqaruvi o’rnatilishi kerak. Diskli tormozning asosiy tarkibiy tuzilishiga aylanuvchi, diskli tormozga friksion (ishqalanish) kuchini keltirib chiqaradigan porshen, val yoki friksion nakladka (val yoki tormoz kolodkasi uchun tayanch shitning ichki qismiga o’rnatilgan) lardan iborat. (2.72-rasmga qarang)