5.2.Tormoz slindrlari Bosh silindr tuzilishi Bosh silindrning asosiy tarkibiga: bosh silindr korpusi, moy rezervuari (moy saqlanadigan idish yoki bachok), silindr ichidagi porshen, porshen manjetasi (porshenli nasoslarning charm sumbasi), qaytaruvchi klapan, va qaytaruvchi prujinada tarkib topgan. Uning ishlash tartibi pedal bosilgandagi bosim kuchi moy rezervuaridagi zaruriy moylarning ajralib chiqishi natajisida hosil bo’ladi. (2.46-rasmlarga qarang).
2.46-rasm. Pol turi va tugallanmagan turi
2.47-rasm. Ikki qismli bosh silindr ⓐBosh silindr korpusi: Bosh silindr korpusi cho’yanli bo’lib, uning ostki qismi silindirsimon va uning yuqori qismi esa moy rezervuaridan iborat. (2.47-shakilga qarang)
ⓑPorshen: Porshen alluminiy qotishma va silindrni ushlab turadigan bir qismi hisoblanadi. Tormoz pedalini bosilganda paydo bo’ladigan kuch silindrga nisbatan harakatlanib moy rezervuari bosimini hosil qilish uchun xizmat qiladi.
ⓒPorshen manjetasi: Kauchikli mahsulot bo’lib, uning vazifasi havo zichligini saqlashdan iborat. Bunday manjetalar ikki xil: asosiy va qo’shimcha manjetalardir. Asosiy manjeta moy rezervuari bosimini yuzaga keltiradigan kamera (bo’shliq) ning havo zichligini saqlash bo’lib, qo’shimcha manjeta esa bosh silindrga moy to’kilishini oldini olish vazifasini bajaradi. (2.6-shakilga qarang)
ⓓQaytaruvchi prujina: Qaytaruvchi prujina porshen qarama-qarshi tomonidagi silindrning oxirida va prujinali shayba oralig’ida o’rnatilgan va shayba qaytaruvchi prujinaga qisilgan. Qaytaruvchi prujina moyni g’ildirakli prujina bo’ylab bosh silindrga o’tkazadi. Tormoz pedali erkin holatda bo’lganda, qaytaruvchi prujina klapandan ajralib, moy bosh silindrning ichki qismiga qaytadi bu esa qaytaruvchi prujina va kontur ichidagi bosim o’rtasidagi kuchlanish muvozanatini saqlash uchun xizmat qiladi. (2.7-rasmgta qarang)
ⓔQaytaruvchi porshen: Ushbu tarkibiy qurilma qaytaruvchi prujina va asosiy manjeta o’rtasida joylashgan. Tormoz pedali erkin holatda bo’lganda, qaytaruvchi porshen o’zining oldingi holatiga qaytadi va qaytaruvchi klapan va konturdagi qolgan bosimni yo’q qiladi.
2.48-rasm. Ajiratuvchi prujina
Ishlashi.
Tormoz pedali bosilganda, porshen chap tomonga itariladi. (2.49-rasmga qarang) Agar porshen manjetasi ko’proq chap tomonga siljisa, silindr ichidagi tormoz suyukligi bosimni oshiradi, qaytuvchi prujinani ochadi hamda g’ildirakli silindrdagi bosim bilan ishlash uchun tormoz magistral trubasi orqali harakatlanadi. Yordamchi va ajratuvchi teshik asosiy porshenning orqa tomonida joylashgan, qo’shimcha va asosiy manjeta o’rtasidagi bo’shliq moy rezervuari (moy saqlanadigan bachok)dan keladigan tormoz suyuqligi bilan to’ldiriladi va u porshenga surtiladigan moyni yuzaga keltiradi hamda pedal qayta bosilganda tormoz suyuqligini yetkazib beradi. Tormoz pedali erkin holatda bo’lganda, bosh silindr ichidagi bosim kamayadi, g’ildirakli silindrdagi mavjud moy tormoz kolodkasi (yoki tormoz qismi) hamda qaytaruvchi prujina bilan bir vaqtning o’zida qaytishi orqali bosh silindrga qaytib keladi. Moy qaytuvchi prujinani klapan egari (yoki sedlo)ga qaytuvchi porshen orqali bosilgan holatda itaradi va bosh silindrga qaytib keladi. Porshen to’liq o’zining asl holatiga qaytganda, qo’shimcha klapan teshigi ochiladi va o’sha klapan teshigi orqali keladigan moy (mavjud bo’lsa), moy rezervuari (yoki moy saqlanadigan bachok) ga quyuladi.
Ajirtuvchi klapan teshiklari orqali
Surish yo`li
Yordamchi teshik
Porshn
Asosiy gupchak
Havo halqumi
Gupchak
Bakcha
Porshn
2.49-rasm. Bosh silindrni bir tomonlama ichki harakati Zero, qaytaruvchi porshen doimiy qaytaruvchi prujina tomon itaradi, konturdagi moy rezervuarida mavjud bosim muvozanatini saqlab turadi va qaytaruvchi prujina konturdagi mavjud bosim miqdorini yuzaga chiqaradigan klapan egarini ushlab turadi. Ushbu bosim miqdori qoldiq bosim deb ataladi va odatda uning miqdori taxminan 0.6-0.8kg f/cm 2 ga teng.
Qoldiq bosim tormoz ishning kechikishiga sabab bo’ladi, bu qulflanishni oldini olish uchun muhim rol o’ynaydi.