Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


-bob. Loyihaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha materiallarni taqdim etish tartibi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə15/18
tarix08.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#109402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
ҚҚИҚБ курс иши Эргашев И

2-bob. Loyihaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha materiallarni taqdim etish tartibi
4. Loyihaga obyekt qiymatining oshishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarning asoslanganligini ko‘rib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:
a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) obyektlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga o‘zgartirishlar kiritishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta ko‘rib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (loyiha-smeta ko‘rsatkichlari);
v) ilgari tasdiqlangan loyiha bo‘yicha loyihalashtirish topshirig‘i, yig‘ma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va o‘zgartirilgan loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari;
d) aniqlashtirilgan yig‘ma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yig‘ma ma’lumot;
e) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining yig‘ma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari bo‘yicha taqsimlangan qiyosiy ro‘yxati;
j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) narxining oshib ketishiga sabab bo‘lgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:
buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash bo‘yicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini noto‘g‘ri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarining qo‘llanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);
bozor konyunkturasining o‘zgarishi, yangi texnologik yechimlarning qo‘llanilishi, uskunalarga qo‘shimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan bo‘lsa) bilan bog‘liq holda uskunalar qiymatining oshishi;
z) loyihani qayta ko‘rib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qo‘shimcha kelishish to‘g‘risidagi zarur hujjatlar;
i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha bayonnomasi.
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq obyektning smeta qiymati ko‘payishi sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin