Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


-bob. Takliflarni ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə16/18
tarix08.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#109402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
ҚҚИҚБ курс иши Эргашев И

3-bob. Takliflarni ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
6. Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:
loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda;
dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan qurilish materiallari o‘zgartirilib (loyihaga boshqa qo‘shimcha ish hajmlari qo‘shilmagan va konstruksiya qismiga o‘zgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu o‘zgartirish bo‘yicha asoslovchi hujjatlar, ya’ni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, texnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb xulosa berilgan taqdirda.
Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritishni rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning o‘zida xatning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.
7. Murojaat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi bo‘lgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan xulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish vazirligiga yuboriladi.
8. Takliflarda turli yondashuvlar bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qo‘shma yig‘ilish tashkil etiladi. Yig‘ilish turli yondashuvda bo‘lgan vazirliklar mutaxassislari to‘liq qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. Yig‘ilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yig‘ilish bir ish kuni muddatda o‘tkaziladi. Yig‘ilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ijobiy xulosalar bo‘lgan taqdirda, 16 ish kuni ichida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi bo‘yicha asoslangan yig‘ma taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va obyektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sxemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin