Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’ektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom
2.4. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’ektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’ektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4 bobdan iborat bulib. Nizom : I-bob. Umumiy qoidalar ; II-bob. Loyihaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha materiallarni taqdim etish tartibi; III-bob. Takliflarni ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi va IV-bob. Yakunlovchi qoidadan iborat bo’lib, 06.09.2019 kuchga kirgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
HISOBLANGAN QIYMATI TASDIQLANGAN LOYIHA-SMETA HUJJATLARIGA NISBATAN OSHIB KETGAN QURILISH OBYEKTLARINI MOLIYALASHTIRISHGA RUXSAT ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH XAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
740-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qaroriga
ILOVA
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risida