Bog‘-parklarda ekish ishlari navbatma-navbat olib boriladi:
ko‘chatxonadan ko‘chatlami talabga muvofiq
kovlab tayyorlash,
ulami taxlash, ekish uchun rejalashtirilgan manzilga yetkazish
va hokazo. So‘ng ekish uchun rejalashtirilgan maydonlami
tayyorlash,
ularda tekislash, tozalash ishlarini o‘tkazish, ekish
chuqurchalarini tayyorlash, ekish joyidagi
tuproqni tayyorlash
va go‘ng, mineral o‘g‘itlar tayyorlab qo‘yishdan iboratdir.
Tashib keltirilgan ko‘chatlami ekishdan oldin ekish may-
doni yaxshilab bo‘lib chiqiladi, ya’ni qayerga va necha metrdan
ko‘chat ekilishi haqida, ya’ni ko‘chatlami ekish sxemalari ko‘r-
satib boriladi. Suv havzalari
atrofida doimo mikroiqlim
namoyon bo'lishida atrofga soya hosil qiluvchi, shoxlari bir xil-
da osilib turuvchi manzarali yashil o‘simliklar joylashtiriladi.
Suv
havzalari
atrofida
o‘simlik
turlarini
joylashtirilib
bo‘lgandan so‘ng ular atrofida har xil ko‘rinishdagi dam olish
joylari va besedkalar o‘matiladi. Bu joylarda xalqimiz vakillari
ishdan bo‘sh
vaqtlarida bemalol dam oladi, kitoblar mutolaa
qiladi va hokazo.
6.21-rasm. Suv havzalari atrofida manzarali o ‘simlik
ko‘chatlarini joylashtirish.
74
Suv havzalari atrofida majnuntollar, oq akas, manzarali butasi-
monlar, oddiy siren, archa, kashtan va boshqa turlar joylashtiriladi.
Bog‘-parklarda ko‘chatlami ekishni boshlashdan oldin yer
osti kommunikatsion tizimlarini o‘tkazib olish zarur.
Chunki
ko‘chatni ekib bo‘lgandan so‘ng bu ishlami bajarish juda qiyin.
Ushbu ishlar maxsus tuzilgan Bosh reja asosida amalga
oshiriladi. So‘ng maxsus dalolatnoma asosida ekish ishlarini
boshlashga ruxsat olinadi. Ekish chuqurchalari ko‘chat ekishdan
7-10 kun oldin tayyorlab qo‘yilishi kerak,
bu vaqtda chuqur
ichida kislorod almashish jarayoni kechadi. Ко‘chat ekish
chuqurligi 60x60x60 sm yoki 70x70x70 sm da tayyorlanadi.
Ekilgan ko‘chatning ildizi yer betiga yaqin bo‘lishi kerak. Agar
ко‘chat ildizi ochiq bo‘Isa, uni tezda ekish kerak. Ildiz qismida
yaralangan, singan bo‘laklar bo‘lsa, tezda o‘tkir
qaychi bilan
kesib olib tashlanadi. Yirik o‘lchamdagi manzarali daraxtlar
bog‘-parklarda maxsus usulda ildiz komi bilan ko‘chirib ekiladi
va ular tezda o‘z ko‘rkini namoyish qiladi.
Tezda barg yozadi,
gullaydi va sersoya bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: