Bog‘-parklarda ajoyib ko‘rinishdagi kompozitsiyalardan biri
doim yashil o‘simlik turlaridan har xil ko‘rinishdagi hayvonlar,
qushlar va gullar shakllarini yaratishdan iboratdir.
Bunday
manzarali o‘simliklarga doim yashil sarv,
shamshod, sharq va
shakldosh tuya,
oddiy va virgin archasi, sabina archasi,
yapon
normushki va kolonnasimon tuyalarini olishimiz mumkin.
1111
6.28-rasm. Doim yashil o ‘simlik turlaridan hayvonot olamining
ramziy ko‘rinishlarini yaratish.
Bugungi bog‘-parklarimizda turli xil manzarali daraxt turla
ridan yashil hududlar barpo etilganligidan ushbu hududlarda
o‘simlik olamining o‘sib-rivojlanishi bilan bir qatorda, bog‘larda
ba’zi noyob hayvonot va qushlar turlarining ko‘payishiga ham
sharoit paydo bo‘la boshladi. Natijada o‘simlik
va hayvonot
olami orasidagi o‘zaro bog‘langan bunday jozibador muhit bog‘-
parklarga tashrif buyurganlarga yanada yaxshi kayfiyat
bag‘ishlaydi va o‘simlik hamda hayvonot olamiga bo‘lgan e’ti-
bomi yanada oshirib boradi.
81
6.29-rasm. B og‘-parklarda sayr qiluvchi hayvonot olami.
Shu bilan bir qatorda shahar istirohat bog‘lariga
tashrif
buyuruvchilar ajoyib tasawurga ega boiishi bog‘larda bolalami
hayratga soladigan hayvonot va fauna olamini ko‘paytirib
borishni taqozo etadi. Masalan, yuqoridagi manzarali suratda
jajji olmaxonning bog‘dagi qarag‘ayzor
daraxtlarida sayr qilib
yurganligi tasvirlangan. Bunday manzarani ko‘rgan bolalarning
tabiatga, uning hayvonot va o‘simlik olamiga bo‘lgan qiziqishi
yanada ortadi va ular tabiatni asrab-avaylashga harakat qiladi.
Sher tasviri yasalgan kompozitsion ko'rinishda bog‘ga
tashrif buyurganlar ko‘z o‘ngida
doim yashil maysa va
qiyoqsimon o‘simliklardan hammani hayratga solgan sheming
qiyofasi gavdalanadi. Bu ham, o‘z
navbatida, jonsiz ko‘rinish-
dagi qiyofani jonli o‘simlik turlari bilan tasvirlashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: