BESHINCHI BO‘LIM
VII bob. Bog‘-park inshootlari va bog‘Iarni zarur
bo‘Igan inventarlar bilan ta’minlash
Bog‘-park inshootlari va undagi mavjud inventarlar bog‘ga
tashrif buyurganlarga o‘zining tashqi ko‘rinishi, estetikasi,
landshafti va ko‘rkamligi bilan zavq-shavq baxsh etishi kerak.
Ular shakli va konstruksiyasi bilan hamda atrofida barpo etilgan
ko‘kalamzorlashtirilgan hududi bilan yanada uyg‘unlashgan
bo‘lishi zarur. Ulaming shartli ko‘rinishi quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1. Kichik arxitektura ko‘rinishidagi shakli - bular bog‘da
barpo etilgan muhandislik inshootlari bo‘lib, o‘zining estetik,
badiiy pardoz va bezagi bilan tashrif buyurganlarga xizmat
etadi.
2. Gidro va suv inshootlari - bular suv yo‘llaridan kom-
pozitsion-landshafi ko‘rinishidagi fasad bo‘lib, o ‘z vaqtida bular
ham ajoyib salqinlik (fontanlar, hovuzlar), mikroiqlim hosil
qiladi.
3. Bog‘ning badiiy-estetik ko‘rinishini namoyon qiladigan
elementlari - asbob-uskunalar. Agar bular chiroyli qilib har xil
yog‘och turlaridan va temir simlardan yasalgan bo‘lsa, tashrif
buyuruvchilarga estetik zavq bag‘ishlaydi.
Yuqorida tartiblari ko‘rsatilgan qurilish inshootlari va zarur
bo‘lgan inventarlar tarkibi, miqdori bog‘-park xo‘jaligining
maydoniga, rejalashtirilgan loyihasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa,
yirik shaharlardagi bog‘, sayilgohlarda yuqorida nomlari qayd
etilgan inshootlar va asbob-uskunalaming barchasi mavjud
bo‘lishi kerak. Agar loyiha qishloq va ovullarga rejalashtirilgan
bo‘lsa, unda inshootlar va asbob-uskunalar oddiyroq ko‘rinishda
bo‘ladi. Agar park o‘rmonli hududlarda bo‘lsa, u holda ko‘proq
inshootlar va inventarlar har xil yog‘och turlaridan ishlab
chiqilib o‘matiladi, barpo etiladi.
Dostları ilə paylaş: