Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Qishloq hududlarini ko‘kalamzorIashtirish



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Qishloq hududlarini ko‘kalamzorIashtirish
Aholi yashash hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda shahar 
sharoitida qanday tartibda ish olib boriladigan bo‘lsa, qishloq 
aholi yashash hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda ham xuddi 
shunday tashkiliy ishlar olib boriladi. Faqat qishloq hududlarini 
ko‘kalamzorlashtirishning o‘ziga xos jihatlari bor. Bu esa hudud 
yer relyefining tuzilishiga va majud o‘simlik dunyosining 
turlariga bog‘liq holda bajariladi. Qishloq joylarida uning 
hududi quyidagicha past-baland hududlarga ajratiladi:
1. 
Selitibli (odamlar ko‘proq harakatlanadigan) hududlar. 
Bular aholi yashaydigan uy-joylar, hovlilar, jamoa va maishiy- 
madaniy imoratlar; sanoat uchun ajratilgan chorvachilik va 
parrandachilik fermalari, mahsulot saqlash bazalari va bosh- 
qalar.
Ushbu hududni ko'kalamzorlashtirishda aholi yashash 
hududlari bilan chorvachilik fermalari mavjud hududlar alohida 
ajratilgan holda, o‘ziga xos bo‘lgan, uzoq yashovchi, mahalliy 
sharoitga mos daraxt va buta turlari bilan yashil ihotazorlar 
tashkil etadi. Bunda daraxt turlaridan himoya to‘siqlari tuzishda 
birinchi qatorda yirik daraxtlar, ikkinchi qatorda birinchisiga 
nisbatan ozroq past bo‘yli daraxtlar va keyingi qatorda 
butasimonlar joylashtiriladi. Masalan: terak turkumi, qayrag‘och 
turkumi, tikansimon glidechiya, oq akas, dala zarangi, sharq 
chinori, jiyda turkumi, sharq biotasi; soy bo‘ylarida oq va qora 
tollar, terak turkumi; jarliklar bo‘ylab: aylant, dala zarangi, qizil 
va sariq do'lana, pista va boshqa mahalliy sharoitga mos bo‘lgan 
turlar joylashtiriladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aholi yashaydigan uylar atrofida unchalik 
yirik bo‘lmagan manzarali daraxt va buta turlaridan guruh holida 
yoki daraxt, butalar qatorga olib joylashtirib boriladi. Uylar, ba’- 
zan, o‘rab olinib, uzumlar so‘riga ko‘tariladi, doim yashil jonli 
devorlar tashkil etiladi. Hovlilarga kiraverishda unchalik yirik 
bo‘lmagan rabatkalar yoki chirmovuqli gul o‘simliklaridan man­
zarali ko‘rinishlar tashkil qilinadi.
200


14.11 -rasm. Qishloq hududidagi olmazor bog'lar va 
nina bargli daraxtlar.
2. 
Qishloq hududidagi tashqi zona. Bu hududda, asosan, 
mevali bog‘lar, tomorqalar, qishloq uylari atrofidagi ihota 
daraxtzorlari bo‘ladi. Bunda turar joylar va xo‘jalikdagi mavjud 
ishlab chiqarish binolari hamda inshootlar oralig‘idagi ihota 
qatorining eni 30 m dan 300 m gacha bo‘lishi kerak.
Qishloqqa kiraverishdagi avtomobil yo‘lining ikki tomoni da 
mahalliy terak turkumidan ajoyib ko‘rinishdagi ihota qatori 
tashkil etiladi. Chunki mirzaterak avtomobildan chiqadigan za- 
harli gazlarga chidamli boladi. Masalan, Yaponiyada avtomo- 
billar harakatlanayotgan yo‘llar atrofida mirzateraklardan 
himoya daraxtzorlari tashkil etilgan.
Qishloq hududlaridagi har xil yodgorliklar, haykallar va 
monumentlar atrofida mahalliy sharoitga chidamli bo‘lgan 
yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan yashil hududlar, 
shuningdek, har xil turdagi bir, ikki va ko‘p yillik gul turlaridan 
kiumbalar, gulzorlar barpo qilinadi.
201


14.12-rasm. Qishloq hududidagi ishxonalar atrofmi 
ko‘kalamzorlashtirish.
Bunda yaproq bargli daraxtlardan: terak turkumi, yapon sa­
forasi, oq akas, sadaqayrag‘och, dala zarangi, suv bo‘ylarida 
majnuntol, qora tol; nina bargli sharq biotasi, virgin archasi, 
janubiy hududlarda Eldor qarag‘ayi; chorva komplekslari bilan 
chegaradosh 
hududlarlarda 
jiyda 
turkumi, 
tikansimon 
gledichiya, mayda bargli qayrag‘och va boshqalar ekib, o‘z 
ko‘rkiga ega bo‘lgan kompozitsiyalar tashkil etiladi. Qishloq 
hududlarida bugun faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar va dehqon 
xo‘jaliklari dala shiyponlariga kiraverishda yo'lning har ikki 
tomonida mahalliy sharoitga mos bo‘lgan manzarali daraxt va 
buta turlaridan ihota qatorlari tashkil etiladi. Chunki qishloq 
hududlarida 
yirik 
ishlab 
chiqarish 
sanoat 
korxonalari 
bo‘lmaganligidan bu joylarda qimmatbaho daraxt ko‘chatlarini 
(kumushrang bargli yoki havo rang bargli qarag‘ay) ekishga 
sharoit boimaydi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin