Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə11/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Birinchi usul. Haroratni asta-sekin oshirib borish yo’li bilan urug’ni jonlantirish.

Ikkinchi usul. Haroratni o’zgartirmasdan, ya’ni doimiy (muayyan) darajada saqlash yo’li bilan urug’ni jonlantirish.

Qurt urug’ni jonlantirishning ikkinchi usuli qo’llanilganda inkubatsiya muddati birinchi usuldagiga nisbatan 3-5 kunga qisqaradi.



Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli bahor sovuq kelgan yillarda, ob-havo bir xil bo’lmagan va bahorgi qattiq sovuqlar bo’lishi yoki ertalablari sovuq bo’lishi kutilgan hollarda qo’llaniladi Bu usul quyidagicha bajariladi: xonadagi havo harorati har kuni 1-20S ga oshirib boriladi. Harorat 240S ga etgach boshqa ko’tarilmaydi va urug’dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi. Urug’dan xabarchi qurtlar chiqa boshlagach, harorat va yana 10S ga ko’tariladi (250S ga etkaziladi) va qurtlarning hammasi chiqib bo’lguncha shunday saqlab turiladi.

Urug’ inkubatoriyaga keltirilgunga qadar zavodda qanday haroratda saqlanganligiga qarab birinchi usul bo’yicha xonadagi haroratni har kuni necha darajaga ko’tarib borilishi to’lrisidagi ma’lumot 10-jadvalda berilgan.



10-jadval

Inkubatsiya kunlari

Urug’ inkubatoriya qo’yilgunga qadar saqlangan harorat (gradus S0)

80

100

120

Urug’ inkubatsiya qilinayotgan harorat, S0

Birinchi

10

11

13

Ikkinchi

12

12

14

Uchinchi

13

13

15

To’rtinchi

14

14

16

Beshinchi

15

15

17

Oltinchi

16

16

18

Ettinchi

17

17

19

Sakkizinchi

18

18

20

To’qqizinchi

19

19

21

O’ninchi

21

21

23

O’n birinchi

23

23

24

O’n ikkinchi

24

24

24

O’n uchinchi

24

24

25

O’n to’rtinchi

25

25

25

O’n beshinchi

25

25

25

O’n oltinchi

25

25

25

Agar biror sababga ko’ra inkubatoriyadagi xona harorati pasayib ketgan bo’lsa, uni tezda ko’tarib oldingi inkubatsiya qilinayotgan haroratgacha (10 jadvaldagiga asosan) ko’tariladi. Mabodo xona harorati me’yoridan 1-20 ga ko’tarilgan bo’lsa (masalan 170 dan 190 ga), u holda haroratni pasaytirmasdan shu ko’tarilgan darajada saqlab turiladi, so’ngra tartib bilan 10-jadvalda ko’rsatilganiga amal qilib asta-sekin ko’tarib borilaveradi. Favqulodda harorat 25 darajadan oshib ketsa, uni tezda 24-250 ga tushirilishi kerak. CHunki haroratni me’yoridan ortib ketishi urug’dan ortiqcha namlikning bullanib ketishiga, embrion rivojlanishi izdan chiqishiga olib keladi, oqibatda urug’dan qutlar chiqishi kamayib ketadi, jonlangan qurtlarni tanasi esa quruqlashib, kasallikka tez chalinuvchan bo’lib qoladi.

Inkubatsiya davri mobaynida tut daraxtlarining kurtagi rivojlanishi ustida har kuni fenologik kuzatishlar olib borish zarur. Agar tut daraxtlarining kurtagi urug’ embrioniga qaraganda tezroq rivojlanayotgan bo’lsa, haroratni kuniga bir darajaga emas, balki ikki-uch darajaga oshirish hisobiga inkubatsiya muddatini qisqartirsa bo’ladi. Zarur bo’lib qolgan taqdirda, haroratni asta-sekin oshirib borish usulidan inkubatsiya qilishning doimiy harorat (240S) usuliga o’tish ham mumkin.

Ko’pincha, inkubatsiya davrida tashqi xavo xarorati birdan pasayib ketadi va tut daraxtlari kurtagining rivojlanishi uzoq vaqt to’xtab qoladi. Bunday hollarda urug’ning ham bundan keyingi rivojlanishini to’xtatib turish zarur. Buning uchun tut daraxtlari kurtagi yana rivojlana boshlaguncha qadar xonadagi harorat oshirilmay turadi. Masalan, inkubatoriya harorati 180C gacha ko’tarilgan bo’lsin. Bu vaqtda qattiq sovuqlar boshlanib qolgudek bo’lsa, inkubatoriya harorati bu muddat ichida bir me’yorda, ya’ni 180C da tutib turiladi. Tashqarining havosi ilishi bilan harorat har kuni 1-2 daraja ko’tarila boradi. Agar kurtaklar sekin rivojlanayotgan bo’lsa, inkubatoriya haroratini kunaro 10ga ko’tarish kerak va xokazo.

Haroratni turgan xolatidan pasaytirib yuborish, ayniqsa, urug’ning rivojlanishini sovuqxonada (xolodilnikda) saqlab to’xtatib qo’yish tavsiya etilmaydi, embrion o’zining keyingi har bir rivojlanish bosqichini uchun harorat tobora ko’tarila borishini talab qiladi. Inkubatsiya davrida haroratning juda tushib ketishi urug’ning va undan chiqadigan ipak qurtining hayot faoliyatini pasaytirib yuboradi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin