Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-jadval Qurt boqish davrida qurtxonadagi harorat va namlik ko’rsatkichlarini shamollatish usullari va havo harakati tezligiga bog’liqligi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə9/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

5-jadval

Qurt boqish davrida qurtxonadagi harorat va namlik ko’rsatkichlarini shamollatish usullari va havo harakati tezligiga bog’liqligi

SHamollatish usuli va tezligi

Qurtlarni yoshlari

SHamollatishgacha

SHamollatigandan keyin

Tashqaridagi

Harorat va namlikni oldingi holiga keltirish uchun ketgan vaqt

Harorat (0S)

namlik (%)

Harorat

(0S)



namlik

(%)


Harorat (0S)

namlik (%)

Ventilyator yordamida 0,12-0,15m/sek

1

2

3



4

5


26

26

26



25

25


70

70

70



65

65


25,5

25,5


25,5

24,5


24,5

68,5

68,5


68,3

68,2


68,0

18

18

20



22

24


72

70

60



55

50


16

16

15



15

14


Ventilyator yordamida 0,22-0,25 m/sek

1

2

3



4

5


26

26

26



25

25


70

70

70



65

65


25,4

25,4


25,5

24,5


24,5

68,5

68,5


68,2

63,0


63,0

18

18

20



22

24


72

70

60



55

50


18

18

16



15

14


Oddiy usulda eshik-derazalarni ochib (qiyoslovchi)

1

2

3



4

5


26

26

26



25

25


70

70

70



65

65


24,3

24,3


24,5

23,7


24,0

55

55

57



53

53


18

18

20



22

24


72

70

60



55

50


40

40

37



36

35


6-jadval

Qurt boqilayotgan xona havosi tarkibidagi 02,SO2, N2 miqdorining shamollatish usuliga bog’liqligi

Qurt yoshlari

Qurtxonani shamollatish tartibi

Oddiy usulda

yangi usulda 0,12-0,15 m/sek tezlik oqimida

Yangi usulda 0,22-0,25 m/sek tezlik oqimida

SO2

O2

N2

SO2

O2

N2

SO2

O2

N2

SHamollatishdan oldin

1-yoshda

0,32

19,20

80,48

0,18

19,90

79,92

0,16

19,90

79,94

2-yoshda

0,33

19,20

80,47

0,18

19,90

79,92

0,16

19,90

79,94

3-yoshda

0,35

19,15

80,50

0,20

19,90

79,90

0,18

19,90

79,92

4-yoshda

0,45

19,10

80,45

0,20

19,90

79,90

0,18

19,90

79,92

5-yoshda

0,60

19,05

80,35

0,22

19,85

79,93

0,20

19,85

79,95

Pilla o’rashda

0,45

19,10

80,45

0,18

19,90

79,93

0,16

19,90

79,94

SHamollatishdan keyin

1-yoshda

0,27

19,30

80,43

0,13

20,10

79,77

0,13

20,10

79,77

2-yoshda

0,28

19,30

80,42

0,13

20,10

79,77

0,13

20,10

79,77

3-yoshda

0,28

19,25

80,47

0,15

20,10

79,75

0,14

20,10

79,76

4-yoshda

0,36

19,20

80,44

0,15

20,10

79,75

0,15

20,10

79,75

5-yoshda

0,50

19,15

80,35

0,16

20,05

79,79

0,15

20,10

79,75

Pilla o’rashda

0,40

19,25

80,45

0,15

20,10

79,75

0,13

20,10

79,77

Qurtxona oddiy usulda shamollatilgandan keyin havo tarkibida kislorod birmuncha ko’payib, karbonat angidrid gazi kamayadi. Ammo yuqorida bayon etilgan qonuniyat, ya’ni qurtlarni yoshlari bo’yicha chiqargan karbonat angidrid gazini qurtxonada to’planib borishi shamollatishdan keyin ham saqlanib qoladi. Jumladan, birinchi yoshida SO2 miqdori – 0,22%, ikkinchi va uchinchi yoshlarida – 0,28%, to’rtinchi yoshida 0,36% bo’lsa, beshinchi yoshida 0,50% ni tashkil etdi. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, qurtxona oddiy usulda shamollatilgandan keyin ham havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi me’yoriga kelmaydi. Kislorod miiqdori shamollatilgandan keyin biroz ko’tarilsada 0,10%ga qurtlarni toza havo bilan nafas olishi uchun etarli bo’lmaydi.

Demak, qurtlarni kichik yoshlarida qurtxonani har 2-3 soatda 15-20 minut, katta yoshlarida 20-25 minut davomida eshik yoki derazani ochib shamollatish kerak deb tavsiya qilingan muddatda qurtxona havo to’liq almashinmaydi va havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi me’yoridan 0,15%-0,35%ga, azot 0,70%ga ko’p bo’lib, kislorod miqdori aksincha 0,80-0,95%ga kam bo’ladi.

Qurtxona havosi shamollatishning yangi usulini qo’llanib, havo oqimi 0,12-0,15 yoki 0,22-0,25 m/sek tezlik bilan almashtirilganda xonadagi karbonat angidrid gazi qisqa muddat ichida kamayib talab darajasiga keladi, kislorod miqdori esa me’yoriga etadi. Masalan, qurtning kichik yoshlarida SO2 miqdori shamollatishdan oldin 0,16-0,18% va katta yoshlarida 0,18-0,20%, azot 79,93%, kislorod 19,90% ni tashkil etgan bo’lsa, shamollatilgandan keyin ularning miqdori qurtning barcha yoshlarida bir xil ko’rsatkichga, ya’ni SO2 – 0,13-0,15%, azot 79,76% va kislorod 20,10% ga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda qurtxona havosi to’liq almashinib, qurtlar toza havo bilan ta’minlanadi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, qurtxona oddiy usulda shamollatilganda havo to’liq almashmasdan, unda karbonat angidrid gazini ortiqcha saqlanishi, ayniqsa qurtlar katta yoshida o’zidan ko’plab suv bullarini chiqarishi natijasida qurtxona havosi buzilib, qurtlarning o’sib rivojlanishi va biologik ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Qurtxonada havo almashinishi jarayoni va shamollatish usullari avvalo qurtlik davrining cho’zilishiga olib keladi. (7-jadval). SHamollatishning yangi usuli qo’llanilgan barcha variantlarida (Tetraduragay-3 va San.22 x San.24 duragayida ham) qurtlik davri 22,1-22,5 kun davom etgan bo’lsa, qiyoslovchi variantda bu ko’rsatkich 24,2 kundan iborat bo’lib, tajriba variantlariga nisbatan 1,7-2,0 kunga ortiqcha cho’zilishini ko’ramiz.

7-jadval

Qurtxonada havo almashinishi jarayonini qurtlik davriga ta’siri

Qurtxonani shamollatish usullari

Qurtlik davrining cho’zilishi

Tetraduragay-3

San.22 x San.24

soat

kun

soat

kun

1. Elektroventilyator yordamida













0,12-0,15 m/sek

538

22,4

541

22,5

0,12-0,15 m/sek (doimo)

531

22,1

536

22,3

0,22-0,25 m/sek

534

22,2

539

22,4

II. Odiiy usulda (qiyoslovchi)

579

24,1

581

24,2

Qiyoslovchiga nisbatan farqi, kun




2,0…1,7




1,9…1,7

Demak, qurtxonalar maxsus moslama yordamida har 2,30-2,40 soatda 30-40 minut davomida havo oqimi 0,12-0,15 yoki 0,22-0.25m/sek tezlik bilan shamollatilganda qurtlar doimo sof havo bilan ta’minlangan bo’lib, ular tez va yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Natijada qurtlar yoshdan yoshiga o’z vaqtida o’tib, qurtlik davri ortiqcha cho’zilmaydi. Bu biologik xossa ayniqsa katta yoshlarida juda sezilarli bo’ladi. CHunki 5 yoshidagi bir quti qurtga (o’rtacha ularning soni 45000 dona) bir kunda 140-150 kilogrammga yaqin tut bargi beriladi. Umumiy olirligi 150-200 kilogramm keladigan beshinchi yoshdagi bir quti qurt bir kunda 60 kilogrammga yaqin suvni bullatadi va o’zidan ko’plab miqdorda karbonat angidrid gazini chiqaradi.

Qurtxona havosi to’liq almashinmasa katta yoshdagi qurtlarni qiynab qo’yadi (bo’ladi), natijada ular yaxshi rivojlanmaydi, o’sishdan orqada qoladi, ba’zan kasallikka duchor bo’ladi va hayotchanligi pasayib ketadi (8 jadval)

Ushbu raqamlar qurtxonada havo almashinish jarayonini ipak qurtining embrional va postembrional rivojlanishiga ta’siri to’lrisida oldingi boblarda qayd etgan fikrlarimiz va jadvallarda keltirilgan ma’lumotlarimizni tasdiqlab. qurtxona havosini to’liq almashmasligi nafaqat qurtlik davrini cho’zilishiga, balki qurtlarni hayotchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatishini ko’rsatdi.

Ma’lumki, qurtning beshinchi yoshida beriladigan barglardan ko’p miqdorda namlik bullanib chiqadi. Bundan tashqari qurtlarning o’zi ham bu davrda juda ko’p namlikni bullatadi va karbonat angidrid gazi hamda sersuv axlat ajratadi. Natijada qurtxona havosi buzilib, namligi ortib ketadi. SHuningdek qurtlar pilla o’rash oldidan ichaklarini tozalab, tanadagi chiqindilarni chiqarishi va g’ananing qalinlashib ketishi qurtxona havosini yanada ifloslanishiga olib keladi. Bunday havoni o’z vaqtida almashtirib, toza havo bilan ta’minlanmasa ipak qurtlari etarlicha ipak suyuqligini to’play olmaydi va pilla o’rashga sut kirishadi. O’ragan pillaning miqdori va sifati pasayadi, nuqsonli pillalar soni ko’payadi. Qurtxona havo almashinish jarayonini ipak qurtlarining o’ragan pillalar miqdori va sifatiga ta’siri to’lrisidagi ma’lumotlar 9-jadvalda keltirilgan.

11-jadvaldagi raqamlar shundan dalolat beradiki, qurtxona havosi o’z vaqtida to’liq almashtirilmaganda, ya’ni shamollatishning oddiy usuli qo’llanilganda 20 gramm qurtdan jami 72,2 kilogramm hosil olinib, shundan 55,3 kilogramm navli pillalar aralashmasi, 12,3 kilogramm nuqsonli va 4,6 kilogramm qora pachoq pillalar tashkil etadi.

9-jadval


Qurtxonani shamollatish usulini pilla miqdori va sifatiga ta’siri

Qurtxonani shamollatish

usuli


1quti qurtdan jami olingan hosili, kg

SHu jumladan

Navli pilla

Nuqsonli pillalar

q/pachoq pilla

kg

%

kg

%

kg

%

Elektroventilyator yordamida

80,4

70,4

87,6

7,8

9,7

2,2

2,7

Oddiy usulda

72,2

55,3

76,6

12,3

17,0

4,6

6,4

Boshqacha ta’riflansa jami olingan hosilning 76,6% zi navli, 17,0%zi nuqsonli va 6,4%zi qora pachoq pillalardan iboratdi.

Qurtxona havosini almashtirishda shamollatishning yangi usuli qo’llanilib qurtlar doimo sof havo bilan ta’minlab turilganda 20 gramm qurtdan jami 80,4 kilogramm hosil olinib, uning 70,4 kilogrami navli, 7,8 kilogrami nuqsonli va 2,2 kilogrami qora pachoq pillalardan iborat bo’ldi yoki 87,6% navli, 9,7% nuqsonli va 2,7% qora pachoq pillalar tashkil etadi. Qiyoslovchi va tajriba variantlari orasida jami o’ragan pillalar bo’yicha farqi 8,2kg yoki 11,8%, navli pillalar bo’yicha 15,1 kg yoki 11,0% dan iborat bo’lib, tajriba variantidagi ko’rsatkichlar yuqoriligidan dalolat berib turibdi.aksincha nuqsonli va qora pachoq pillalar miqdori qiyoslovchi variantda 3,7-7,3%ga ortib ketgani aniqlandi.

Demak, qurtxonalar havoni so’rib chiqaruvchi ventilyator yordamida 0,12-0,25 m/sek tezlik bilan shamollatilganda qurtlarning o’sib-rivojlanishi va mahsuldor bo’lishi uchun qulay sharoit yaratilgan bo’lib, tirik pillalarning sifati va biologik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Qurtxonadagi shamol tezligi va yo’nalishini aniqlash uchun qo’l anemometri, katatermometr va mualliflar tomonidan taklif etilgan oddiy flyugerdan foydalanish mumkin.



Qo’l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralilida /odatda 10 minutga yaqin vaqt ichida/ o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lib, u 1m/sek dan 20 m/sek.gacha bo’lgan shamolning tezligini o’lchash uchun ishlatiladi.

Qo’l anemometrining qabul qiluvchi qismi oxirgi uchlariga qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to’rtta bir xil yarim kavak sharlar-kosachalar-pirpiroq o’rnatilgan metall /bir-biriga ko’ndalang qilib joylashtirilgan/ krestovinadan iborat. Yarim sharlar o’qqa mahkamlangan bo’lib, o’qning pastki qismi «cheksiz» vint bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichning tishli lildiragiga tegib turadi. O’q aylanganda aylanishlar hisoblagichni hamda undagi uchta strelkani ham harakatga tushiradi. Yarim sharlar tashqi mexanik shikastlanishlardan yoysimon simlar bilan to’silgan asbobning sanash mexanizmi korpusga joylashtirilgan. Sanash mexanizmining tsiferblati 3ta shaklga ega bo’lib, ularga mos ravishda minglik, yuzlik va o’nlik aylanishlar sonini hisob qilinadi. Anemometr tsiferblati 0 dan 100 gacha bo’linishda taqsimlangan. Qolgan ikkita strelkalar yordamida esa yuzlik va minglik aylanishlar soni aniqlanadi.

Asbob korpusining yon tomonining pastki qismida halqa shaklidagi «arretir» bor. Arreterni yuqoriga va pastga surish mumkin. Arreterni soat strelkasi yo’nalishga qarshi /yuqoriga/ surganda, u sanash mexanizmini uzatma orqali o’q bilan bollaydi. Arreterni soat strelkasi bo’yicha /pastga/ surganda esa soat mexanizmi o’q bilan ulanmaydi va pirpiroq bu holda salt ishlaydi.

Katatermometr – kuchsiz havo harakat tezligini o’lchaydi.

Spirtli termometr 35-380 gacha bo’lingan shkalasi bo’lib, xavoni sovush tezligini o’lchaydi.

Termometning tsilindrik rezervuari yuqori tomoni kengaygan bo’lib, termometrni qizitganda ortiqcha spirt shu joyga to’planadi. Havo harakatini tezligini aniqlash uchun katatermometrni rezervuarni 40o dan 80o darajagacha isitilgan suvli idishga tushiriladi. Keyin suvdan chiqarib olib, artib, havo harakatini aniqlaydigan joyga osib qo’yilib, sekundamer yordamida 38o darajadan 35o darajagacha spirtni tushish /sovush/ vaqti aniqlanadi va havo harakati tezligini mahsus tablitsa yordamida aniqlanadi.

Oddiy flyuger. Mualliflar S.Muradov va N.Axmedov tomonidan yaratilgan va taklif etilgan bo’lib, qurtxonadagi havo yo’nalishi va harakatini aniqlashga mo’ljallangan. Flyuger oddiy tuzilgan oyoqcha va sterjen o’qidan iborat. Sterjen o’qqa kardondan kesilgan, darajalarga bo’lingan yarim aylana yopishtirilgan. O’qning tepa tomoniga uzunligi 14 sm papiros qog’ozidan kesilgan lentachali sim biriktirilgan. Qog’oz lentaning ko’tarilishi orqali havo yo’nalishini va darajalar orqali tezligini aniqlash mumkin. CHunki kardon aylanadigan har bir darajalar katatermometr bilan solishtirib aniqlanadi.

Qurtxonadagi havo almashinish jarayoni elektroventilyator yoki oddiy usulda qurtxona eshik oynalarini ochib, boshqarish mumkin. N.Axmedovning 1974-2000 yillardagi kuzatishlari qurt boqish davrida qurtxona havosini to’liq almashinmasligi natijasida unda ortiqcha to’planadigan karbonat angidrid gazi va havo namligi nafaqat ipak qurti va pillaning biologik ko’rsatkichlariga, balki quruq pillalarning texnologik xususiyatlariga ham salbiy ta’sir etishini isbotlangan. Qurt boqish davrida qurtxonalar elektroventilyator /VK-3/ yordamida 0,12-0,25 m/sek tezlik bilan shamollatish natijasida havoni to’liq almashinishiga, qurtlar sof havoda bir tekis yaxshi rivojlanishiga, natijada ipak qurtini tanasida fiziologik, biokimyoviy va modda almashinish jarayonlari me’yorida bo’lib, ipak suyuqligini sintezlanishi hamda pillaning biologik va texnologik xususiyatlarini yaxshilanishiga olib keldi.



Savollar

1.Qurtxonani shamollatishdan maqsad nima.

2. Qurtxonani yomirli ob-havo sharoitida necha daqiqa shamollatamiz

5.1-mavzu: Urug’ni jonlantirish (inkubatsiya qilish) tartibi

Reja:


  1. Inkubatoriyani tanlash va tashkil etish.

  2. Inkubatoriyani jixozlash.

  3. Inkubatoriyani dezinfektsiya qilish.

Bahorda qurt urug’ini o’z vaqtida, ko’ngildagidek jonlantirish va urug’dan jonlanib chiqqan qurtlarni ko’tarib olib zvenolarga tartibli tarqatish inkubatoriyada ishni to’lri tashkil qilishga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida inkubatoriyada ishlaydigan maxsus xodimlar – inkubistlarning mahoratiga, bilimiga va tajribasiga bog’liqdir. SHuning uchun ham ko’klamga qurt boqish mavsumini boshlashdan oldin har bir xo’jalikning o’zidan ipakchilik sohasini biladigan, tushunadigan va tajribali kishilardan inkubistlar tayinlanadi.

Inkubistlar inkubatoriyada ishni tashkil etish, urug’ni jonlantirish uchun zarur bo’ladigan inventarlarni tayyorlash, xonalarni pardozlash va jihozlash, inkubatoriyani dezinfektsiya qilish, so’kchaklarni qurish, urug’ jonlantiriladigan va jonlangan qurtlarni solishda ishlatiladigan qutichalar yasash, urug’ni to’kish va jonlantirish, jonlangan qurtlarni zvenolarga tarqatish kabi muhim vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.

Har bir jamoa xo’jaligida jonlantiriladigan urug’ni miqdoriga va aholini qanday joylashganiga (yashash joyiga) qarab bitta yoki ikkita, ba’zan uch-to’rtta inkubatoriya tashkil etiladi. Bitta inkubatoriyada o’rtacha 100-150 quti urug’ jonlantiriladi. Ba’zan, bu raqam 100 qutidan kamroq yoki 150 qutidan ko’proq ham bo’lishi mumkin. SHuning uchun bitta inkubatoriyada xizmat qiladigan inkubistlarning soni jonlantiriladigan urug’ning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Odatda inkubatoriyada 100 qutigacha urug’ jonlantirilsa, 2ta inkubist tayinlanib, shulardan bittasi doimiy yoki bosh inkubist bo’lib, ikkinchisi doimiy yoki vaqtinchalik inkubist hisoblanib 8-10 kunga (urug’ni jonlantirish va qurtni tarqatish davri uchun) jalb etiladi. Agarda inkubatoriyada 100-150 quti urug’ jonlantirilsa, 3ta inkubist tayinlanib, shulardan ikkitasi doimiy va bittasi vaqtinchalik bo’ladi. Doimiy inkubistlardan bittasi bosh inkubist etib tayinlanadi.

Doimiy yoki bosh inkubist qilib qurt urug’ini ilgari ham jonlantirgan, o’rta maxsus bilim yurtini tugagan tajribali kishilar tayinlanadi. Vaqtinchalik olinadigan xodimni esa urug’ni inkubatsiya qilishni tushunadigan, ipakchilik sohasida faol qatnashib yuradigan kishilardan tanlanadi.

Nohiya bo’yicha barcha xo’jaliklarda inkubistlar tayinlangach, ularni maxsus tashkil etilgan kurs yoki seminarlarda o’qitiladi. Kursga dars berish uchun viloyat ipakchilik boshqarmasidan katta tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar, o’rta yoki oliy bilimgohlardan o’qituvchilar chaqiriladi.

Inkubatoriyadagi tashkiliy ishlarga, yuqorida bayon etganimizdek urug’larni jonlantirish va jonlangan qurtlarni solishda ishlatiladigan qutichalarni oldindan tayyorlab qo’yish kiradi. Inkubistlar bu ishni urug’ olib kelguncha bajarib qo’yishlari shart. Bundan tashqari, jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va uning massasini bilish uchun kerak bo’ladigan doimiy va vaqtinchalik s’yomniklarni qutichalarning kattaligiga qarab qirqib (kesib) tayyorlashlari lozim. Bundan tashqari, har bir inkubistni bajaradigan ishi aniq belgilab qo’yilishi va inkubatoriyada urug’ni inkubatsiya qilish javobgarligi bosh inkubistga yuklatilishi kerak.

Inkubistlarni ish faoliyati nohiya bosh pillaxonasi tomonidan xo’jalikka biriktirilgan pillachilik agronomi tomonidan nazorat qilinib, ularga yo’l yo’riq ko’rsatib turiladi. Urug’ jonlantirilayotgan davrda inkubistlar tartib bilan navbatchilik qilishi, begona odamlarni inkubatoriyaga kiritmasligi, urug’ jonlanayotgan xonada ovqat pishirilmasligi lozim.

Urug’ni jonlantirishdan oldin inkubatsiya varaqasi (vedomosti), qurt tarqatish varaqalari tayyorlab qo’yiladi. Inkubatsiya davrida esa bosh inkubist bu varaqalarni o’z vaqtida va to’lri to’ldirib (ma’lumotlarni yozib) boradi. Ayniqsa jonlangan qurtlarni ko’tarib olishda inkubistlardan katta mas’uliyat talab etiladi. SHuning uchun jonlangan qurtlarning miqdori tarozida tortib aniqlanganch inkubatsiya vedomostiga yoziladi. Yordamchi inkubistlar bu vaqtda qutichalarni tarozida tortishga olib kelish, jonlangan qurtlar solingan qutichalarni esa boshqa xonadagi so’kchaklarga joylashtirish, inkubatoriya harorati va namlikning foizini nazorat qilish kabi ishlarni bajaradi.

Inkubatoriya talabga javob beradigan darajada tayyorlangandan keyin belgilangan muddatda zavoddan urug’ olib kelinadi. Har bir nohiya qancha miqdorda urug’ olib kelishi viloyat pillachilik boshqarmasi tomonidan belgilab qo’yiladi. Xo’jaliklarning qancha miqdorda urug’ olib kelishi yoki boqiladigan qutisi ham oldindan nohiya bosh pillaxonasi rahbariyati tomonidan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Xo’jalik qancha miqdorda urug’ olishini belgilash uchun undagi oziq miqdori, xo’jalikning qurt boqish sharoiti va boshqa qulayliklari hisobga olinadi. Ana shu taqsimot asosida nohiya va xo’jalikning pillachilik bo’yicha bosh mutaxassislari maxsus hujjatlar asosida zavoddan urug’ olib keladi va inkubatoriyalarga tarqatadi.

Qurt urug’i, odatda, maxsus kassetalarda yoki qog’oz xaltachalarda keltiriladi. Har bir kasseta yoki xaltachaga 29 g urug’ solingan bo’ladi. SHu holda tayyorlab qo’yilgan urug’lar havo o’tkazadigan va quyosh nuri tushmaydigan yopiq idishlarga joylab olib kelinishi kerak.

Qurt urug’i tayyorlaydigan zavodlarda sanitariya va gigiena qoidalariga qanchalik rioya qilinishiga qaramay, ayrim hollarda urug’ning tashqi tomoni turli mikroorganizmlar bilan zararlanishi mumkin. Ipakchilik sohasi bo’yicha ilmiy ish olib boruvchi olimlarning (E.N.Mixaylov, A.Abdurahmonov, N.A.Ahmedov) fikricha tuxumning tashqi tomonida ko’pincha stafilakokk bakteriyalar, tayoqchasimon sporalar va boshqa tur mikroorganizmlar uchraydi. Urug’ning tashqi tomonida yopishgan zararli mikroorganizmlarning manbai zavoddagi chang-to’zonlar, xaltacha ichida (izolyatsiya qilingan) o’lgan kapalaklar tanasi bo’lishi mumkin. Urug’ tashqarisidagi zararli mikroorganizmlarni bartaraf etish uchun zavodda urug’lar yuvilishi va noyabr-dekabr oylarida (urug’ni yuvishdan oldin) dezinfektsiya qilinishi kerak. Biroq ko’pincha urug’lar zavodda dezinfektsiya qilinmasdan faqat elpitiladi va yuviladi. SHuning uchun urug’ni inkubatsiya qilishdan oldin dezinfektsiya qilinsa, tuxum tashqarisidagi zararli mikroorganizmlardan xoli etilgan bo’lib, sollom qurtlar jonlanishi ta’minlanadi.

Toshkent Davlat Agrar Ipakchilik va tutchilik kafedrasining dotsentlari A.Abduraxmonov va N.A.Ahmedovlar inkubatoriyada urug’ni jonlanishiga formalin eritmasining ta’siri to’lrisida ilmiy kuzatishlar olib borib, urug’ni quyidagi tartibda dezinfektsiya qilishni tavsiya etadi. Formalinni 2,5%li eritmasi tayyorlanib, unga jonlantiriladigan urug’lar solinadi. Eritmadagi harorat xona haroratiga (16-180) teng bo’lishi kerak. Eritmaga solingan urug’lar 30 minut davomida saqlanadi, so’ngra ular eritmadan olinib toza suvda yuviladi. SHundan keyin urug’lar xona haroratida quritiladi va jonlantirish uchun qo’yiladi. SHu tartibda ishlov berilgan (dezinfektsiya qilingan) urug’larni jonlanuvchanligi 97% ni, ishlov berilmagan urug’larni jonlanuvchanligi esa 94,6% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, formalin bilan ishlov berilgan urug’lardan birinchi va ikkinchi kunlari jami 85%, ishlov berilmagan urug’lardan esa ikki kun davomida 80% qurt jonlangan.

Inkubatoriyada urug’larni inkubatsiya qilishdan oldin formalinni 2,5%li eritmasi bilan ishlov berish ortiqcha sarf-xarajat va ko’p mehnat talab qilmaydi. Bu bilan urug’lar tez jonlanishi va sollom qurtlar olinishi ta’minlanadi, shuningdek qurtlarning jonlanish davri qisqaradi.

Savollar

1. Inubatoriya nechta xonadan iborat bo’lishi lozim.

2.Bir inkubatoriyada necha quti ipak qurti urug’ini jonlantrishimiz mumkin

5.2-mavzu: Urug’ni jonlantirish (inkubatsiya qilish) usullari

Reja:


  1. Urug’ni jonlantirishga qo’yish muddatlarini aniqlash usullari.

  2. Urug’ni jonlantirish usullari.

Inkubatoriyada olib boriladigan ishlarning eng mas’uliyatlilaridan bittasi urug’ni jonlantirish (inkubatsiya qilish) tartibi va usullarini bilish hamda uni amalda to’lri bajarishdan iboratdir. SHuning uchun ham qurt urug’ini jonlantirishda inkubistlardan katta mahorat (tajriba), bilim va sezgirlikni talab etadi. CHunki keyinchalik xo’jaliklarda boqiladigan qurtlarning sollom o’sib-rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi va pillaning sifatli bo’lishi qurt urug’ini tartib bilan, inkubatsiya qoidasiga rioya qilgan holda jonlantirilishiga uzviy bog’liq bo’ladi.

Viloyat va nohiyalarning bosh pillaxona rahbarlari va etuk mutaxassislari tomonidan urug’ni inkubatsiyaga qo’yish muddati aniqlangandan keyin belgilangan kunda urug’lar zavoddan olib kelinadi va shu vaqtni o’zida inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo’yiladi. Urug’lar, odatda, maxsus kassetalarda yoki qog’oz xaltachalarda inkubatoriyaga olib kelinadi. Keltirilgan urug’lar darhol maxsus (oldindan tayyorlab qo’yilgan) qutichalarga to’kiladi. Buning uchun kassetalar bir chetini 4-5 mm uzunlikda qirqib, teshikcha hosil qilinadi, agar urug’ xaltachada bo’lsa uni olzi ochilib, sekin qog’oz qutichalarga yoki yoloch ramkachalarga yupqa qatlam qilib to’kiladi. Mabodo to’kilgan urug’ qutichani biron joyida qalin bo’lib qolsa, u darhol yoyib qo’yiladi. SHu tartibda inkubatoriyaga keltirilgan barcha kassetalardagi urug’lar to’kilgach, har bir qutichaga tartib nomeri, ipak qurtining zoti yoki duragayning nomi va uni qanday zotlardan olinganligi hamda urug’ning miqdori yozilgach, qutichalar so’kchaklarga tartib nomeri bilan qo’yiladi. SHu ma’lumotlar inkubatsiya varaqasiga ham yoziladi: shu bilan birga qog’oz qutichaning tartib nomeri inkubatsiya varaqasida yozilgan tartib nomeriga mos kelishi shart. Urug’ to’kilgan qutichaning chetiga yozilgan ma’lumotlar qanday tartibda bo’lishi quyidagi misolda ko’rsatilgan:

№ 1

Tetragibrid – 3



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin