Urug’ni inkubatsiya qilishning ikkinchi usuli – haroratni o’zgarmasdan, ya’ni doimiy darajada saqlash yo’li bilan jonlantirish quyidagi xollarda qo’llaniladi:
a) urug’ni inkubatsiya qilish davrini qisqartirish zarur bo’lgan holda, ya’ni qurt boqishni tezroq boshlash zarur bo’lib qolgan taqdirda. Misol uchun urug’ni inkubatsiyaga qo’yish muddati kechikkan bo’lsa, shunday foydalaniladi:
b) urug’ zavodlarining nasl olinadigan nohiyalarida bitta zotning urug’ bir inkubatoriyaga bir necha muddatda qo’yilishi kerak bo’lab qolgan hollarda:
v) urug’ inkubatsiyaga qo’yilishdan oldin xavo harorati 140S dan yuqori haroratli joyda saqlanganligi yaxshi ma’lum bo’lgan hollarda ham foydalaniladi.
Urug’ni o’zgarmaydigan, ya’ni doimiy bir xil haroratda jonlantirish birmuncha shartli tushunchadir, chunki bu usul qo’llanilganda dastlabki kunlari havoning harorati keyingi kunlardagiga nisbatan birmuncha pastroq bo’lishi kerak.
Ikkinchi usulda urug’ni inkubatsiya qilish kuyidagi tartibda bajariladi: urug’ inkubatoriyaga qo’yilgandan keyin dastlabki 2-3 kun davomida havoning harorati 130-140S darajada saqlanadi, keyin esa bir kun davomida harorat 240 ga etkaziladi va urug’dan dastlabki (xabarchi) qurtlar chiqa boshlaguncha shu harorat saqlab turiladi. Xabarchi qurtlar paydo bo’lishi bilanoq havoning harorati bir darajaga ko’tariladi, ya’ni 250 ga etkaziladi va urug’lar jonlanib bo’lguncha shu darajada saqlab turiladi. Ikkinchi usulda inkubatsiya qilish 10-12 kun davom etadi. Bu usuldan foydalanilganda urug’ni inkubatoriyada jonlantirish uchun havoning haroratini qanday tartibda ko’tarib borish 11-jadvalda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |