O’zgarmas harorat usulida inkubatsiya qilinayotgan urug’larni vaqtincha sovuqxonada saqlash muddatini qurtning jonlanish miqdoriga va uning yashovchanligiga ta’siri.
Tajriba nomeri
|
Inkubatsiyaning nechanchi kunida urug’lar sovuqxonaga qo’yilgan vaqti
|
Sovuq xonadagi harorat, S0
|
Urug’lar sovuqxonada saqlangan vaqt (kun)
|
Qaytadan inkubatsiyaga qo’yilgan urug’lardan chiqqan qurtlar miqdori (% hisobida)
|
Jonlangan qurtlarning yashovchanligi (% hisobida)
|
1
|
3-kuni
5-kuni
7-kuni
Urug’ oqargach
|
50
50
-“-
-“-
|
3 kun
3 kun
-“-
-“-
|
94,0
95,0
94,5
95,0
|
88,0
86,88
85,87
86,88
|
2
|
3-kuni
5-kuni
7-kuni
Urug’ oqargach
|
-“-
-“-
-“-
|
5 kun
-“-
-“-
-“-
|
90,5
91,00
94,0
94,5
|
71,74
76,78
80,84
80,85
|
3
|
3-kuni
5-kuni
7-kuni
Urug’ oqargach
|
50
-“-
-“-
-“-
|
10 kun
-“-
-“-
-“-
|
86,5
89,0
93,5
94,5
|
70,72
74,76
78,80
78,80
|
4
|
3-kuni
5-kuni
7-kuni
Urug’ oqargach
|
50
-“-
-“-
-“-
|
15 kun
-“-
-“-
-“-
|
83,0
88,5
93,0
94
|
67,70
73,75
75,78
76,78
|
5
|
3-kuni
5-kuni
7-kuni
Urug’ oqargach
|
50
-“-
-“-
-“-
|
20 kun
-“-
-“-
-“-
|
80,5
87,0
92,0
93,0
|
65,68
71,73
75,76
77,78
|
Hozirgi davrda ko’pchilik jamoa xo’jaliklari tabiiy gaz bilan ta’minlanganliklari uchun inkubistlar qiynalmasdan inkubatoriyada xohlagan haroratni hosil qilish va uni ravon ushlab turish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Ma’lumki, urug’ni inkubatoriyaga olib kelgach, ikki-uch kun xona haroratida saqlanadi. Bu vaqtda pechkalarni yoqish talab etilmaydi. Uchinchi yoki to’rtinchi kundan boshlab harorat ko’tarilganda urug’larning pechkaga juda yaqin turmasligiga e’tibor berish kerak. Odatda urug’ to’kilgan qutichalar turadigan so’kchaklar bilan pechka oralilidagi masofa kamida 1 m (iloji bo’lsa 1,5-2 m) bo’lishi kerak.
Inkubatoriyadagi harorat har ikki soatda termometr yoki psixometrni quruq termometri bilan o’lchanib, ko’rsatkichlar maxsus varaqaga (15-jadvalda ko’rsatilganidek yozib) boriladi. Buning uchun inkubatoriyaga urug’ to’kilgandan boshlab inkubistlar kechayu-kunduz navbatchilik qilib turishlari lozim.
Savollar
1 Ipak qurti urug’ini nechta usulda jonlantrish mumkin.
2.Ipak qurti urug’ini jonlantirish tartibini ayting.
6-mavzu: Jonlangan qurtlarni nazorat tortish va tarqatish.
Reja:
Urug’larni kontrol tortish.
Jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va tortish.
Jonlangan qurtlarni tarqatish.
Nohiya bosh pillaxonasi tomonidan jamoa xo’jaligiga biriktirilgan agronom shu xo’jalikni pillachilik brigadiri bilan birgalikda ko’klamda qurt boquvchi pillakorlarning ro’yxatini va ularning roziligi bilan qancha miqdorda qurt olishini urug’ inkubatoriyaga keltirilgunga qadar aniqlab qo’yilishlari zarur. Inkubatoriyada jonlangan qurtlarni ortiqcha turib qolmasligi, ya’ni ularni tezda qurt boquvchi pillakorlarga berib yuborilishi bir tomondan inkubistlarni ortiqcha tashvishga solib qo’ymaydi, ikkinchi tomondan qurtlarni parvarishi o’z vaqtida boshlanadi. Bu esa pilladan mo’l hosil olishning garovi hisoblanadi.
Inkubatoriyada qurt jonlana boshlashi bilan inkubistlarni bajaradigan ishi yanada ortadi, chunki ular endi nafaqat xonadagi havoning harorati, nisbiy namligi va shamollatish bilan shulullanib qolmasdan, balki kutichalarga vaqtinchalik s’emniklar qo’yish, xabarchi qurtlarni olib tashlash, kontrol tortish o’tkazish va jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va ularning massasini aniqlash, jonlangan qurtlarni zvenolarga tarqatish kabi muhim va mas’uliyatli ishlarni ham bajarishlari lozim.
Jonlangan qurtlarning massasini aniqlashda inkubistlar xatoga yo’l qo’ysa, pillakorga mo’ljaldan ko’p yoki kam miqdorda qurt beriladi. Agar qurt boquvchiga kam miqdorda qurt berilsa, u qanchalik harakat qilmasin mo’ljaldagi pilla hosilini ololmaydi. Mabodo pillakorga rejadagidan ortiqcha qurt berilgan bo’lsa, u qurtni ko’p olganligini bilmasdan oziqlanish maydonini noto’lri hisoblaydi, oqibatda qurtlar qalin boqiladi va ularga barg tekis tegmasdan katta-kichik bo’lib qoladi. Natijada hosildorlik kamayib ketadi. SHuning uchun ham xo’jalikdagi qurt boqish samarasi shu ishning aniq va to’lri bajarilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Yuqorida bayon etilgan xato-kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun inkubatsiyaning oxirgi kunlarida bajariladigan ishlarni tartib bilan, unga tayyorgarlik qilgan holda amalga oshirish kerak. Jumladan, urug’dan qurtlar qaysi kuni chiqishini va shu vaqtda tuxumda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni bilish muhim rol o’ynaydi. Odatda inkubatsiya davrining oxirgi kunlarida tuxumda maxsus o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni jonlanishga ikki-uch kun qolganda rivojlanib qolgan embrion o’sishi natijasida ular do’ppayib qoladi. SHu vaqtda embrion o’zining holatini o’zgartiradi, ya’ni qorni bilan yotgan embrion chalqanchasiga aldariladi. Bunday xollarda uning qobilidan chirchillangan ovoz chiqadi, urug’ bir oz kimirlaydi va 1-1,5 sm balandlikka saqraydi.
Ipak qurti tuxumdan chiqishidan oldin uning teri qatlami xitinlashadi, undan birmuncha keyinroq esa pigment ajrala boshlaydi. Bunda dastlab qurtning boshi qorayadi, tuxumdan chiqishiga bir kecha-kunduz qolganda esa haqiqiy ipak qurti xoliga keladi. Ipak qurti sariqlik qoldiqlarini seroz parda bilan birga yutadi, hosil bfo’lgan bo’shliqqa esa naychalar orqali havo kiradi, buning natijasida qurt chiqishidan oldin urug’ oqaradi. Demak, urug’ning oqarishi qurt chiqishidan darak beradi.
Urug’ oqargandan keyin kecha-kunduz o’tgach, ertalab barvaqt undan qurt chiqa boshlaydi. Urug’dan qurt chiqishidan bir soat oldin u o’z jalalari bilan tuxum po’cholini mikropilyar teshik oldidan kemira boshlaydi. Qurt bu erdan kattagina teshik ochib undan boshini chiqaradi va tuxumdan o’rmalab chiqadi.
1950 yillarda boqilgan ipak qurtining barcha zot va duragaylarining urug’lari inkubatsiya qilinganda ulardan qurt ochib chiqish miqdori 70% qilib belgilangan. Masalan, inkubatoriyadagi urug’larni 100 g dan 70 g qurt jonlanadi va u zvenolarga tarqatiladi deb qabul qilingan, qolgan 30% massa tuxumning po’stiga, tanadagi namni bullanishiga hamda qurt nafas olganda karbonat angidrid ajralib chiqishi oziq moddalarning nafas olish uchun sarflanishi natijasida yo’qolgan massaga to’lri keladi. sha vaqtda bir quti urug’ 27 g bo’lgan. Qoidagi binoan 27 g urug’dan 70% qurt jonlanadigan bo’lsa, uning massasi 18,9 g ga teng bo’lgan. SHuning uchun 18,9 g qurtni yaxlit qilib 19 g yoki bir quti qurt deb qabul qilingan.
1960 yillarda zbekiston Respublikasida 29 g urug’ni bir quti urug’, undan chiqqan 19 g qurtni esa bir quti qurt deb qabul qilingan. Jumxuriyatimizning ko’pgina jamoa xo’jaliklaridagi illor pillakorlarning tajribalari va ipakchilik sohasida keyingi yillarda olib borilgan ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, inkubatoriyada urug’dan qurt chiqishi 2-3 kun davom etadi. SHu bilan birga, bu jarayon kunlar bo’yicha ham turlicha bo’ladi. (21-jadval).
21-jadval
Dostları ilə paylaş: |