Ipak qurtini yoshlari bo’yicha tana ko’rsatkichlari va egallagan maydon kattaligi.
Qurtlarning yoshi
|
Uzunligi (mm)
|
Eni-kengligi (mm)
|
1 dona qurt egallaydigan maydon (mm2)
|
Birinchi yosh
|
6,5
|
1,35
|
8,8
|
Ikkinchi yosh
|
12,4
|
2,0
|
24,8
|
Uchinchi yosh
|
27,0
|
3,1
|
83,7
|
To’rtinchi yosh
|
40,0
|
5,2
|
208,0
|
Beshinchi yosh
|
73,0
|
7,8
|
569,4
|
Agar har qutida 45 ming dona qurt boqilsa, 1kv.m. satxda 700-750 dona beshinchi yoshdagi qurtlar bo’ladi. Qurtlarning zichligini nazorat qilish uchun 100 kv.sm (10 smx10sm) satxdagi to’rtburchak andoza yordamida qurtlar so’kchakning bir necha joyidan sanab ko’riladi. 100 kv.smda, o’rta hisobda 7-8 dona qurt bo’lsa, qurtlarning zichligi maqbul hisoblanadi. lchash uchun har bir agronom va agrotexnik yoki mutaxassisning cho’ntagida qattiq qog’oz va kartondan yasalgan (tomonlari 10sm ga teng bo’lgan) kvadrat bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarishda sanoat pillalarini etishtirish yoki nasilli va ilmiy tadqiqot ishlari uchun ipak qurtlarini boqish maydoni kattaligini aniqlashda oziqalanish, qo’shimcha va umumiy maydon zarurligini e’tiborga olish kerak. Bu maydonlarning har biri o’ziga xos xususiyatga va ta’rifga egadir.
Dostları ilə paylaş: |