Inkubatoriyada 29 g (bir quti) urug’dan qurtlar chiqish tartibi va miqdori.
Urug’dan qurt chiqqan kun
|
Jonlangan urug’ning
|
Jonlangan qurtning miqdori, g
|
Miqdori, g
|
% hisobida
|
Xabarchi qurtlar
|
0,14
|
0,5
|
0,1
|
Qurtlarni ko’plab (yalpi) chiqishi:
|
Birinchi kuni
|
13,90
|
48
|
9,74
|
Ikkinchi kuni
|
12,20
|
42
|
8,52
|
Uchinchi kuni
|
2,76
|
9,5
|
1,94
|
Jami
|
29
|
100
|
20,3
|
Inkubatoriyaga qo’yilgan 29 g urug’dan 19 g qurt chiqadigan bo’lsa, u holda jonlangan qurtning massasi urug’ massasining 65% ni tashkil etadi. Agar bu raqam 70% ga teng bo’lsa, bir quti urug’dan 20,3 g qurt chiqadi(21-jadvalga qaralsin). Lekin hozirgi vaqtda jumhuriyatimiz urug’ zavodlarida tayyolanadigan urug’larning jonlanishi juda yuqori (95-98% ga teng) bo’lib, bir quti (29 g) urug’dan 21-22 g gacha qurt chiqmoqda. Bu esa jonlangan qurtning massasi urug’ massasining 75-76% ni tashkil etadi. SHuning uchun ham jamoa xo’jaliklarining inkubatoriyalarida urug’dan qurtlar ko’plab chiqishini birinchi va ikkinchi kuni jonlangani bilan rejada mo’ljallangan qurt miqdori etarli bo’lib, uchinchi kuni jonlangan qurtlar olinmay yoki ortiqcha qurt sifatida pillakorlarga tarqatib yuboriladi.
Agar xo’jalikda qurtni pillakorlarga kuti xisobida emas, balki grammlar hisobida tarhatish ko’zda tutilgan bo’lsa, yuqorida tushuntirib o’tilganga muvofiq 19 g qurt o’riga 20,3 g dan 21-22 g gacha qurt tarqatiladi.
Ipak qurtlari tuxumdan chiqishi bilanoq oziq qidira boshlaydi. Oziq bo’lmasa, ular har tomonga tarqalib keladi, keyin ularni yilish qiyin bo’ladi. Jonlangan qurtlarni, urug’i bo’lgan qutida uzoq vaqt saqlab yoki oziqlantirib bo’lmaydi, chunki bu xolda hali jonlanmagan urug’lar uchun namlik va havo almashinish sharoiti ancha yomonlashadi. SHuning uchun tuxumdan qurtlar chiqa boshlagandan keyin ularni 4 soat mobaynida qutidan olish zarur- bu qoida qat’iy bajarilishi shart.
Qurt urug’dan chiqayotib juda ingichka ipak tola ajratadi va hali jonlanmagan urug’lar ustida o’rmalab yurib, ularni ipak bilan chirmab tashlaydi. SHu sababli qurtlarni qutichadan olganda hali jonlanib ulgurmagan urug’lar ham ipak tolaga ilashib chiqadi. SHunday holat ro’y bermasligi va jonlangan qurtlarni urug’lardan osonlik bilan ajratib olish uchun s’yomniklardan foydalaniladi.
Quticha ichiga yoyilgan urug’lar ustiga bitta doimiy va bitta vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi. S’yomniklardagi teshikchalarni kattaligi 2-4 mm bo’lishi lozim. Odatda ikkinchi s’yomnik ustiga lalmon shaklida qirqilgan barg siyrak qilib, bir tekis yoyib qo’yiladi. Qurtlar s’emnik teshikchalari orqali chiqib barg bo’lakchalariga yopishib oladi. Vaqtinchalik s’yomnik ustiga chiqqan qurtlari bilan ko’tarib olinib, boshqa bo’sh qutichaga joylanadi.(17-rasm). Qurti chiqib bo’lgan tuxumlarning po’stlari va hali jonlanib ulgurmagan urug’lar bu vaqtda doimiy s’yomnik tagida qoladi. Urug’lar batamom jonlanib, qurtlar to’la chiqib bo’lgunga qadar doimiy s’yomnik kutichadagi urug’lar ustida 3-4 kun davomida turadi, shuning uchun unga doimiyo s’yomnik deb nom berilgan.
Inkubatoriyada urug’dan jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va tarozida tortish quyidagi tartibda bajariladi.
Inkubatsiya qilinayotgan urug’lar 8-9 kuni okara boshlaydi, chunki hozirgi vaqtda urug’ni inkubatoriyaga keltirgach dastlabki 2-3 kun davomida 12-140 darajada ushlab turishning hojati yo’q, sababi bu ish mart oyida guruh zavodlarida amalga oshirilgan bo’ladi. SHuning uchun inkubatoriyaga urug’ keltirilgach harorat bir kecha-kunduz davomida 240 darajaga ko’tariladi. Natijada urug’dan qurt qiodada ko’rsatilgandek 10-11 kunlari emas, balki 9-10 kunlari chiqadi. Urug’lar oqargan kuni qutichalarga doimiy s’yomnik qo’yiladi. Odatda bir kundan keyin ertalab soat 6-7 larda xabarchi qurtlar chiqadi. Xabarchi qurtlar chiqishidan oldin (kechqurun yoki tunda) urug’ to’kilgan qutichalarga vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi. Xabarchi qurtlar chiqib bo’lgach barcha qutichalardagi vaqtinchalik s’yomniklar qurt ibilan ko’tarib olinib, yoqib yuboriladi. CHueki xabarchi qurtlarning hayotchanligi juda past va ularning miqdori ham kam bo’ladi. SHu kuni kunningg ikkinchi yarmida urug’ to’kilgan qutichalarni tartibi bilan nomeriga qarab (masalan, 1-qutichadan boshlab) kontrol (sinov) tortish o’tkaziladi. Kontrol tortishda quyidagilarni massasi bo’lishi kerak.
Kontrol tortish qutichaurug’doimiy s’yomnik. (Misol uchun kontrol tortish quticha 30 g urug’ 58 g doimiy s’yomnik 8 g96 g). Taroziga qo’yib tortilgan har bir qutichani kontrol massasi inkubatsiya vedomostiga yozilishi kerak. (22-jadval). SHunday keyin quticha tarozidan olinib, ustiga vaqtinchalik syomnik qo’yiladi, so’ngra quticha so’kchakdagi o’z o’rniga qo’yiladi.SHundan so’ng navbat bilan so’kchakdagi 2-, 3-, 4- va xokazo qutichalar olinib kontrol tortiladi va massasi inkubatsiya vedomostiga yoziladi. Urug’larni kontrol tortish shu kuni kechasi yoki ertalab soat 4 gacha tugallanishi kerak, chunki ertalab soat 5 dan boshlab qurt chiqa boshlaydi.
Urug’dan habarchi qurtlar chiqqan xonadagi harorat 10 darajaga (240 dan 250 ga), namlik esa 5% ga oshiriladi, ya’’ni 80% ga etkaziladi. Natijada keyingi kuni ertalab soat 5-6 larda urug’dan qurtlar qiylos chiqa boshlaydi. Odatda qurtlarning ko’pchilik qismi tuxumdan ertalab soat 6 dan 10 gacha chiqadi, shuning uchun qurtlarni qutichadan ko’tarib olish va ularni massasini aniqlash soat 10 dan keyin boshlanadi. Birinchi kuni ertalab jonlangan qurtlarni massasini aniqlash uchun so’kchakdagi 1-qutichani olib tarozi yoniga keltiriladi, so’ngra quticha ichidagi vaqtinchalik s’yomnik qurtlari bilan qo’tarib olinib, bo’sh qog’oz kuticha ichiga solinadi. Keyin 1-quticha taroziga qo’yiladi va massasi aniqlanadi. Bunga quyidagilarning massasi kiradi: quticha\xali jonlanmagan urug’\jonlangan urug’larning qobili (po’sti)\doimiy s’yomnik (misol uchun shularni massasi 75 g keldi. Bu massa inkubatsiya vedomostiga yoziladi, so’ngra kontrol tortgandagi massa bilan (96 g) keyingi massasi 75 g) orasidagi farq aniqlanadi (96 g-75 – 21 g). Natijada hosil bo’lgan farq (21 g) jonlangan qurtlarning massasi hisoblanadi va uni inkubatsiya vedomostiga hamda jonlangan qurtlar (vaqtinchalik s’yomnigi bilan) solib qo’yilgan qog’oz quticha chetiga ham yoziladi. So’ngra jonlanmay qolgan urug’ri bor 1-quticha so’kchakka, o’z o’rniga qo’yiladi, jonlangan qurtlar solingan quticha esa inkubatoriyaning boshqa (qurtlar saqlanadigan) xonasiga chiqarilib maxsus tayyorlangan so’kchaklarga joylanadi. SHundan keyingina 2-quticha olinib, shu bajarilgan ishlar yana takrorlanadi, so’ngra uchinchi, to’rtinchi va boshqa qutichalar bilan ham shunday qilinadi.
Ertalab jonlangan qurtlari ko’tarib olingandan keyin qutichalardagi urug’lardan kunning ikkinchi yarmida yana qurtlar chiqsa, ularni ikkinchi marta ko’tarib olinadi.
Bir kun mobaynida qutidan ikkinchi marta ham qurt olishga to’lri kelgan hollarda qutichani massasi vaqtinchalik s’yomniklar qo’yishdan oldin tortilmaydi. Vaqtinchalik s’yomnik yordamida qurtlar ko’tarib olingandan keyingina quticha tortiladi va massasi aniqlanib inkubatsiya vedomostiga yoziladi. Bu massa oldin aniqlangan massadan ayirib tashlanadi. Oradagi farq kunni ikkinchi yarmida jonlangan qurtning massasini ko’rsatadi. Qolgan ishlar kunning birinchi yarimidagidek amalga oshiriladi. Ikkinchi va uchinchi kunlari jonlangan qurtlarning massasini aiqlashda vaqtichalik s’yomik qo’yishda oldi qutilari albatta tarozida tortish lozim.
Urug’ni jonlantirishning birinchi kuni qurtilarni tarozida tortish va chiqqan qurtlarni ko’tarib olish natijasida qurt solingan bir necha qog’oz quti paydo bo’ladi, ulardan qurtlarning massasi shu qutilarga ham, inkubatsiya vedomostiga ham yozilgan bo’ladi.
Birinchi kuni jonlangan qurtlar bir necha yangi guruhga birlashtiriladi, bu yangi guruhlarning vazni har bir pillachilik zvenosiga yoki ayrim pillachilarga ularning qurtxonalari maydoiga qarab, rejaga muvofiq berilishi lozim bo’lgan kuti yoki qurt miqdoriga mos kelishi lozim. Urug’ni jonlantirishning ikkinchi va uchinchi kunlari ham xuddi shunday qilinadi.
Inkubatoriyada qurt chiqishidan bir necha kun oldin xo’jalikning pillachilik agronomi yoki brigadiri qurt boquvchi zvenolarning ro’yxatini va ularning har biri necha quti yoki necha gramm qurt olishligini ko’rsatuvchi ma’lumotni bosh inkubistga berishi lozim. Bundan tashqari, xabarchi qurtlar chiqqan kuni esa ro’yxatdagi zvenolarning qaysi birlari birinchi kuni, kimlar ikkinchi va uchinchi kunlari qurt olishini inkubistga ham, qurt oluvchi zvenoga ham aytib qo’yishi kerak. SHunday qilinmasa, birinchi kuni mo’ljaldan ortiqcha qurt oluvchilar kelib inkubatoriyadan qurt ololmasa inkubistlardan norozi bo’lib ketishlari mumkin.
Inkubistlar ro’yxatda ko’rsatilgan zaruriy massalarga qarab birinchi kuni jonlangan qurtlardan mavjud guruhlarni qo’shib, talab qilingan massadagi guruhlarni tashkil etadi. Masalan, birinchi kuni jonlangan qurtlarning guruhlari quyidagi massalarni (g xisobida) 9, 5, 10, 25, 13,4, 16, 16,25, 17, 18, 19, 19, 25, 20, 21 g ni tashkil etgan bo’lsa, pillachilarni talabiga binoan yarim quti – 9,5 g, bir quti – 19 g, bitta chorak – 23,75 g, bir yarim – quti –28,5 g, chorak kam ikkita – 33,25 g, ikki quti – 38 g va xokazo tayyorlash kerak. Buning uchun mavjud massadagi qurtlarni massasiga qarab avvalo talabga to’lri keladiganlari ajratib olinadi (masalan 9,5, 19 va hokazo), so’ngra qolganlarini bir-biriga qo’shish yo’li bilan zaruriy massalar hosil qilinadi. Masalan, bitta chorak uchun 13,5 g bilan 10,25 g ni, bir yarimta quti uchun 16 g bilan 12,5 g ni, chorak kam ikki quti uchun 17 g bilan 16,25 g ni, ikki quti uchun 20 g bilan 18 g ni bir-biriga qo’shiladi.
Qurtlarning guruhlarini birlashtirish vaqtida belgilab qo’yilgan ikki yoki uchta qutining qurtlari bitta qutiga bo’shatiladi, so’ngra qutining chetiga birlashtirilgan guruhlarning yangi xosil bo’lgan massasi yozib qo’yiladi. Ba’zan shunday bo’lishi ham mumkinki, guruhlar birlashtirilgandan keyin qolgan qurtlardan talab qilinayotgan masadagi guruhni hosil qilib bo’lmaydi. Bunday xollarda xo’jalikning pillachi zvenolariga massasi rejada ko’rsatilgan massaga yaqinroq bo’lgan qurtlar guruhi berilgani ma’qul. Masalan, qurt boquvchiga bitta chorak quti qurt berilishi lozim edi, biroq guruh tashkil qilingandan qolgan qurtlarning massasi 12,5 g, 14,5 g. 11 g, 16 g, 13 g ga teng ekan. SHunda rejadagi massani hosil qilish uchun 12,5 g bilan 11 g ni qo’shilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yangi hosil qilingan barcha guruhlardagi qurtlar inkubatoriyaning ikkinchi xonasida, ya’ni jonlangan qurtlar turadigan (qurtlarni bir-biriga qo’shgunga qadar saqlangan) xonadagi so’kchaklarga tartibli qilib, massasini bildiruvchi raqamlarni ko’rinadigan qilib joylashtiriladi, so’ngra ularni maydalab, qirqilgan barg bilan oz-ozdan boqib turiladi.(18-rasm). Bu xonadagi havoning harorati 260 daraja, namligi esa 65-75% foiz bo’lishi kerak.
Ikubatoriyada jolaga qurtlari tortib, ularda zaruriy guruhlar tashkil etilib bo’lish vaqtida mo’ljallaga miqdordagi qurt oluvchi zveolar kelib turishlari kerak.Pillachilarga qurt faqat ertalab yoki kechqurun tarqatiladi. Ularga bir vaqtda jonlangan qurtlar beriladi. Ertalab jonlangan qurtlarni kunning ikkinchi yarmida jonlangan qurt bilan, birinchi kun jonlangan qurtni ikkinchi kuni jonlangani bilan qo’shish kat’iyan man etiladi. Bundan tashqari, jonlangan qurtlarni inkubatoriyada uzoq vaqt qolib ketishiga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.
Qurt boquvchi zvenolarga beriladigan qurtlarning massasi, zoti yoki duragayi va qurt berilgan vaqti (yili, oyi va kunlari) hamda pillakorni yashash joyi va qurt bilan birga olgan narsalarini mahsus qurt tarqatish vedomostiga yozmb qo’yiladi.
Inkubatoriyada jonlangan qurtlarni ko’tarib olishda vaqtinchalik s’yomnik o’rniga oddiy oq qog’ozdan ham foydalansa bo’ladi. Buning uchun oq qog’ozni quticha ichining kattaligida qirqib uni bir tomoniga tut bargi surtiladi(ishqalanadi), so’ngra qog’ozni shu tomoni bilan qutichadagi doimiy s’yomnik ustiga qo’yiladi. Barg xidini sezgan qurtlar doimiy sqyomnikdan qog’ozni ostki tomoniga yopishib oladi, keyin qog’oz qurti bilan ko’tarib olnadi. Jolaga qurtlarig massasii aiqlashda yuqorida bayo etilgan birinchi usulda tortish o’tkazish mumkin yoki qog’ozga barg surtlganda keyin tarozida tortiladi va massasi aniqlanadi. So’ngra qog’oz qutichaga qo’yilib, unga qurt yopishgach ko’tarib olinib tarozida yana tortiladi. SHundan keyin ikkinchi massadan birinchi massa ayirib tashlansa, jonlangan qurtning massasi chiqadi. Bu usulni kam chiligi shundan iboratki, qog’oz doimiy s’yomnik ustiga yopib qo’yilib, toki unga jonlangan qurtlar yopishguncha bir oz vaqt yotadi, natijada shu vaqt davomida quticha usti yopilib turadi va undagi jonlanmagan urug’lar hamda jonlangan qurtlarni nafas olishi biroz qiyinlashadi.
Qurtlarni inkubatoriyadan pillachilik zvenolarining qurt boqish xonalariga oldindan solib qo’yilgan qog’oz qutichalarda olib boradilar. Tashigan vaqtda qutichalarni yassi savatlar yoki past devorchali qutichalarga joylab, quyosh tushmasligi uchun ustiga yupqa mato yopiladi.
Dostları ilə paylaş: |